)kamayadi B)oshadi C)o‘zgarmaydi
D)oshishi ham, kamayishi ham mumkin
15. Ushbu siklning qaysi nuqtasida hajm eng
kichik qiymatga ega?
A)B–C oraliqda B)C nuqtada
C)A–D oraliqda D)A nuqtada
16. Ballondagi ideal gaz temperaturasi 300 K ga ko‘tarilganda,
bosim 3 marta ortgan bo‘lsa, uning dastlabki temperaturasini
aniqlang (K).
A)300 B)250 C)200 D)150
17. Quyidagi rasmda ko‘rsatilgan siklning 1–2, 2–3
va 3–1 qismlari qanday jarayonlarga mos keladi?
A)izobarik, izoxorik, izotermik
B)izoxorik, izobarik, izotermik
C)izotermik, izobarik, izoxorik
D)izoxorik, izotermik, izobarik
18. Chizmadagi diagrammada nechta izoxora bor
va u qaysi qismlarga mos keladi?
A)bitta; 1 B)ikkita; 1 va 3
C)ikkita; 2 va 4 D)bitta; 3
19. Yopiq idishdagi gaz 200 K ga qizdirilganda, bosim 1,5 marta
ortgan bo‘lsa, uning dastlabki temperaturasi qanday bo‘lgan (K)?
A)200 B)300 C)400 D)500
20. Ballonda 27 ºC temperaturali gaz 40 atm bosim hosil qiladi.
Gazning yarmi chiqarib yuborilganda, temperatura 12 ºC bo‘lib
qolgan bo‘lsa, qaror topgan bosim qanchaga teng bo‘ladi (atm)?
A)20 B)19 C)18 D)16
21. Kislorod solinib ishlatiluvchi maxsus siklda gazning massasi ish
davomida 20 % ga kamaygan bo‘lsa, uning bosimi dastlabki
bosimga nisbatan necha marta kamaygan bo‘ladi? T=const
A)1,2 B)1,25 C)1,5 D)2
22. Ballondagi ideal gazning massasi 16 marta oshirilib, harorati 4
marta kamaytirilsa, uning bosimi qanday o‘zgaradi?
A)o‘zgarmaydi B)4 marta ortadi
C)4 marta kamayadi D)16 marta ortadi
23. Ballon vintelining nosozligi tufayli gaz chiqaradi. Agar ballon
ichidagi m massali gazning bosimi ikki marta kamaygan bo‘lsa,
undan qancha gaz chiqib ketgan? T=const
A)m/2 B)m/4 C)m/3 D)m/5
24. Ballondagi ideal gazning qancha qismi chiqib ketganda, uning
bosimi 3 marta, temperaturasi 2 marta kamayadi?
A)2/3 B)0,5 C)0,4 D)1/3
25. Maxsus idishda 4,8 atm bosim ostida gaz bor. Agar idishdagi
gazning 3/8 qismi chiqarib yuborilsa, unda qanday bosim (atm)
qaror topadi? T=const
A)3 B)1,8 C)2 D)3,8
26. Ballondagi gazning bir qismi chiqib ketishi natijasida bosim 2,1
marta, temperatura 1,4 marta pasaygan bo‘lsa, ballondagi gaz
massasi necha marta kamaygan bo‘ladi?
A)2,1 B)1,4 C)2,94 D)1,5
27. Temperaturasi 0 ºC bo‘lgan gazning bosimini n marta orttirish
uchun uni qanday temperaturagacha o‘zgarmas hajmda qizdirish
kerak (ºC)?
A)273(n+1) B)373n C)273(n–1) D)273n