B. A. Nazarbayeva


Amaliy mashg‘ulotlar uchun topshiriqlar



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

 
Amaliy mashg‘ulotlar uchun topshiriqlar 
1.
Datchiklarning asosiy tavsiflarini o‘rganish. 
2.
Elektromagnit o‘zgartkichlar konstruksiyalarini loyihalash 
3.
Optoelektron o‘zgartkichlar konstruksiyalarini loyihalash 
4.
Issiqlik o‘zgartkichlari konstruksiyalarini loyihalash 
5.
Termoelektrik termometr asosidagi datchiklarni loyixalash. 
6.
Qarshilik termometri asosidagi datchiklarni loyixalash. 
 
Mustaqil ish mavzulari

1.
Termosezgir elementlar 
2.
Yarimo‘tkazgichli sezgir elementlar 
 
 
 
 
 
 
 


249 
5-Bob. Datchik turlari va ularning hususiyatlari 

5.1. Mavjudlik va harakat datchiklarining tiplari
 
 
Mavjud bo‘lish 
datchiklari odamlarning (ba’zan esa hayvonlarning ham) 
nazorat qilinadigan zonada bo‘lishini detektirlaydi, 
harakat detektorlari 
esa 
faqatgina obyektlarning ko‘chishiga reaksiya ko‘rsatadi. Ularning asosiy farqi shu 
bo‘lib hisoblanadiki, mavjud bo‘lish datchiklari obyekt qotib turishi yoki harakatda 
bo‘lishidan qat’iy nazar chiqish signallarini ishlab chiqaradi, harakat detektorining 
chiqishida esa signal faqatgina obyekt ko‘chgan holatda paydo bo‘ladi. Bunday 
datchiklar kuzatish va qo‘riqlash tizimlarida, energiyani boshqaruvchi qurilmalarda 
(masalan, elektr chirog‘ini yoqishni/o‘chirishni boshqarish uchun), interfaol 
o‘yinchoqlar va hokazolarda qo‘llaniladi. Odamning mavjud bo‘lishini konkret 
vaziyatga bog‘liq ravishda uning tanasining ba’zi bir parametrlari yoki o‘zini 
qanday tutish tavsiflari bo‘yicha aniqlash mumkin. Masalan, datchik odamning 
og‘irligiga, uning tanasidan tarqalayotgan issiqlikka, tovushlarga, dielektrik 
singdiruvchanlikning o‘zgarishi va hokazolarga reaksiya ko‘rsatishi mumkin. 
Hozirgi kunda odamlarning mavjud bo‘lishi va harakatlarini aniqlash uchun 
quyidagi tipdagi datchiklar qo‘llaniladi: 

Havo bosimi datchiklari: 
eshiklar va derazalar ochilganda havo bosimining 
vujudga keladigan o‘zgarishlariga reaksiya ko‘rsatadigan detektorlar. 

Sig‘im datchiklari: 
odam tanasi sig‘imining o‘zgarishiga reaksiya 
ko‘rsatadigan detektorlar. 

Akustik datchiklar: 
odamlar tomonidan chiqariladigan tovushlarga reaksiya 
ko‘rsatadigan detektorlar. 

Fotoelektrik datchiklar: 
harakatlanayotgan obyektlar yorug‘lik nurini kesib 
o‘tishiga reaksiya ko‘rsatadigan detektorlar. 

Optoelektron datchiklar: 
qo‘riqlanadigan zonada yoritilganlik darajasi yoki 
optik kontrastlik (uyg‘unlik) darajasiga reaksiya ko‘rsatadigan datchiklar. 


250 

Kuchlanish detektorlari:
pol, zinapoya va boshqa konstruktiv elementlarga 
kiritilgan deformatsiya datchiklari. 

Ochilish detektorlari:
eshik va derazalarga o‘rnatilgan elektr kontaktlari. 

Magnitik ochilish detektorlari:
ochilish detektorlarining kontaktsiz 
ko‘rinishi. 

Vibratsiya 
detektorlari: 
binolarning 
devorlari 
yoki 
boshqa 
konstruksiyalarining vibratsiyasiga reaksiya ko‘rsatuvchi qurilmalar, bunday 
elementlar obyektlarning harakatini aniqlash uchun eshiklar va derazalarga ham 
o‘rnatilishi mumkin. 

Infraqizil (IQ) harakat detektorlari: 
issiq yoki sovuq harakatlanuvchi 
obyektlar tomonidan chiqariladigan issiqlik to‘lqinlariga reaksiya ko‘rsatuvchi 
qurilmalar. 

O‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh) detektorlar (mikroto‘lqinli datchiklar): 
obyektlardan qaytgan o‘ta yuqori chastotali elektromagnitik to‘lqinlarga reaksiya 
ko‘rsatuvchi faol qurilmalar. 

Ultratovush 
datchiklari: 
O‘YuCh datchiklarga o‘xshash bo‘lgan 
qurilmalar, faqat ularda elektromagnitik to‘lqinlar o‘rniga ulьtratovush 
tebranishlaridan foydalaniladi. 

Yangi obyektlar paydo bo‘lishining videodetektorlari: 
qo‘riqlanadigan 
zonaning joriy tasvirini xotiraga yozilgan etalon tasvir bilan solishtiradigan 
videoqurilmalar.

Videotanish 
tizimlari:
odamlarning 
aft-basharasining 
xarakterli 
xususiyatlarini ma’lumotlar bazasida saqlanadigan suratlar bilan solishtiradigan 
tasvir analizatorlari. 

Lazer detektorlari:
fotoelektrik detektorlarga o‘xshash bo‘lgan qurilmalar, 
ularning farqi shundaki, ular tor yorug‘lik nurlari va qaytargichlar 
kombinatsiyalaridan foydalanadi. 

Elektrostatik detektorlar:
harakatlanuvchi obyektlar tomonidan olib 
o‘tiladigan statik elektr zaryadlarini detektirlashga qodir bo‘lgan datchiklar. 


251 
Odamlarning borligini aniqlaydigan detektorlarning kamchiliklaridan biri 
ularning yolg‘ondan ishga tushishi bo‘lib hisoblanadi. Yolg‘ondan ishga tushish 
deganda tizim aslida u erda mavjud bo‘lmagan obyektlarni ko‘rsatadigan vaziyat 
tushuniladi. Ba’zi bir hollarda, masalan, yorug‘lik bilan boshqariladigan 
o‘yinchoqlar yoki qurilmalarda yolg‘ondan ishga tushish katta muammolarni 
tug‘dirmaydi. Biroq qo‘riqlash tizimlari va harbiy tizimlarda yolg‘ondan ishga 
tushish ham, begonalarning qo‘riqlanadigan zonaga bostirib kirishi ham bir xil 
xavfli vaziyatlar bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli bunday qo‘llashlar uchun 
datchiklarni tanlashda ularning ishonchliligi, tanlovchanligi va xalaqit 
beruvchilardan himoyalanganligiga e’tibor qaratish zarur bo‘ladi. Qo‘riqlash 
tizimlarining ishonchliligini oshirish uchun ko‘pincha o‘zlarining interfeysli 
sxemalariga ega bo‘lgan, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlaydigan bir nechta 
datchiklardan foydalaniladi. Begonalarning bostirib kirishini aniqlashda xatolarni 
kamaytirishning boshqa bir usuli turli fizikaviy tamoyillarga asoslanadigan bir 
nechta datchiklarni qo‘llash bo‘lib hisoblanadi (masalan, sig‘im va IQ 
detektorlarining kombinatsiyasi juda samarali bo‘ladi, chunki ular uchun 
kiritiladigan xalaqit beruvchilarning har xil turlari kritik bo‘lib hisoblanadi).

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin