262
bo‘lishi lozim, shundan kelib chiqqan holda, ekranga elektrodning kuchlanishiga
teng bo‘lgan kuchlanishni berish lozim (shu sababli bunday ekran ko‘pincha
boshqariluvchan ekran deb ataladi). Bu shart bajarilganda ekran bilan elektrod
o‘rtasida hech qanday elektr maydoni bo‘lmaydi, ekran bilan robotning qo‘li
o‘rtasida esa kuchli elektr maydoni vujudga keladi. Bunda elektrod bilan obyekt
o‘rtasida ham etarlicha kuchli elektr maydoni shakllanadi. 5.7- rasmda to‘g‘ri
burchakli impulьslar generatorining soddalashtirilgan sxemasi ko‘rsatilgan, uning
chastotasi kirish sig‘imining qiymatlariga bog‘liq bo‘ladi, kirish sig‘imi quyidagi
sig‘imlardan tashkil topadi:
S
sg
(datchik bilan yer o‘rtasida),
S
s0
(datchik bilan
obyekt o‘rtasida),
S
0g
(obyekt bilan yer o‘rtasida). Elektrod ekran bilan
kuchlanishni takrorlagich orqali ulangan. Chastotali-modullangan signal robotning
qo‘lining harakatini boshqaradigan kompyuterga kelib tushadi. Bunday qurilma
qo‘shni obyektlarni 30 sm masofada detektirlash imkonini beradi.
5.7 -rasm. Kirish sig‘imlari bilan boshqariladigan chastota modulyatorining
soddalashtirilgan sxemasi
Dostları ilə paylaş: