B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

5.4.
 
Harakatni elektrostatik detektorlari

 
Har qanday obyekt o‘zining yuzasida statik elektr zaryadlarini to‘plashi 
mumkin. Zaryadlar yuzada elektrostatik hodisalar oqibatida (ya’ni obyektlar 


263 
harakatlanganda, matolar biri-biriga ishqalanganda, havoning turbulentligi va 
hokazolar tufayli zaryadlarning ajralib chiqishi) paydo bo‘ladi. Odatda havoda 
yoki musbat, yoki manfiy ionlar bo‘ladi, ular odam tanasiga tushganda uning 
zaryadini o‘zgartiradi. Ideal statik sharoitlarda hamma obyektlar zaryadlanmagan 
bo‘ladi, ularning hajmiy zaryadlari nolga teng bo‘ladi. Biroq real sharoitlarda 
erdan aqalli vaqtinchalik izolyasiyalangan har qanday obyektda hajmiy zaryadning 
nomuvozanati vujudga kelishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda u elektr 
zaryadlarini eltuvchiga aylanib qoladi. 
Har qanday elektron sxema o‘zida o‘tkazgichlar va dielektriklar 
jamlanmasini taqdim qiladi. Agar sxema ekranlanmagan bo‘lsa, uning barcha 
tarkibiy qismlari qurshab turuvchi obyektlar bilan sig‘imli bog‘lanishlarga ega 
bo‘ladi. Amaliyotda o‘tuvchan sig‘imlar juda kichik – 1 pF va hatto undan ham 
kichik bo‘lishi mumkin. Sxemaning qurshab turuvchi obyektlar bilan bog‘lanishini 
kuchaytirish uchun ba’zan uning kirishiga oldingi bo‘limda ko‘rib chiqilgan 
sig‘imli detektorlarda qo‘llaniladigan sezgir elektrod o‘rnatiladi. Elektrod erdan 
ishonchli izolyasiyalangan o‘tkazuvchan plastinka shaklida ishlangan bo‘lishi 
mumkin. 
Elektrod bilan qurshab turuvchi obyektlar o‘rtasida, ulardan aqalli bittasi 
zaryad eltuvchi bo‘lib hisoblansa, har doim elektr maydoni qaror topadi. 
Boshqacha qilib aytganda, elektrod bilan qo‘shni obyektlar o‘rtasida shakllangan 
barcha kondensatorlar statik yoki kuchsiz o‘zgaradigan elektr maydonlari bilan 
zaryadlanadi. Elektrodning yaqinida harakatlanayotgan obyekt bo‘lmaganda u erda 
elektr maydoni yoki statsionar bo‘ladi, yoki nisbatan sekin o‘zgaradi. 
Agar zaryad eltuvchi (odam yoki hayvon) o‘zining holatini o‘zgartirsa 
(yaqinlashsa, uzoqlashsa yoki elektrodning atrofida yangi obyekt – zaryad eltuvchi 
paydo bo‘lsa) statik elektr maydoni buziladi. Bu zaryadlarning kondensatorlar 
o‘rtasida qayta taqsimlanishiga olib keladi, elektrod bilan obyektlar o‘rtasida 
shakllangan kondensatorlar ham shu hisobga kiradi. Obyektlarning yuzasidagi 
zaryadlarning kattaligi ularning tabiati va atmosfera shart-sharoitlariga bog‘liq 
bo‘ladi. Masalan, quruq kiyimda gilam ustida yurgan odam xonaga yomg‘irdan 


264 
keyin ho‘l kiyimda kirgan odamga qaraganda millionlab marta ko‘p zaryadlarni 
tashiydi. Elektron sxema o‘zi ishlaydigan konkret sharoitlarga moslashtirilgan 
bo‘lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, mazkur tizimning mo‘ljallanishi 
kirishlardagi induksiyalangan o‘zgaruvchan zaryadlarni elektr signallariga 
aylantirishdan iborat bo‘ladi, bu signallar keyinchalik kuchaytiriladi va 
ma’lumotlarga ishlov beradigan qurilmaga kelib tushadi. SHunday qilib, odatdagi 
fizikaviy voqe’lik bo‘lib hisoblanadigan statik elektr maydonidan obyektlarning 
harakatini detektirlash mumkin bo‘ladigan o‘zgaruvchan elektr signallarini 
shakllantirish uchun foydalanish mumkin.
5.8-rasmda bir qutbli elektrostatik harakat detektori ko‘rsatilgan. U 
Q
tranzistor impedansining analogli qayta shakllantirgichining kirishiga ulangan 
o‘tkazuvchan elektrod, 
R

siljish rezistori, 
S
0
kirish kondensatori, kuchaytirgich va 
deraza komparatoridan tashkil topadi. Butun sxema, elektroddan tashqari, 
ekranlanadi. Elektrod esa qurshab turuvchi muhitning ta’siriga tortiladi va tashqi 
obyektlar bilan sig‘imli bog‘lanishlarni hosil qiladi. 5.8-rasmda statik elektr 
manbai sifatida uning yuzasida musbat zaryadlar taqsimlangan odam tanasi 
chiqadi. Tana zaryad eltuvchi bo‘lib hisoblanish bilan 
E
kuchlanganlikka ega 
bo‘lgan elektr maydonini shakllantiradi. Bu maydon elektrodda manfiy zaryadlarni 
induksiyalaydi. Odam harakatsiz bo‘ladigan statsionar sharoitlarda maydonning 
kuchlanganligi o‘zgarmaydi, 
S
0
kirish sig‘imi esa 
R
1
rezistor orqali zaryadsizlanadi. 
Sxema yuqori sezgirlikka ega bo‘lishi uchun 
R

rezistorning qarshiligi juda katta – 
10
10 
Ώ atrofida va hatto undan ham yuqori bo‘lishi lozim.
Odam harakatlanganda elektr maydonining kuchlanganligi o‘zgaradi. Bu 
S

kirish kondensatorida elektr zaryadining paydo bo‘lishiga olib keladi, bu 
R

rezistordagi kuchlanish kattaligiga ta’sir ko‘rsatadi, bu kuchlanish ajratuvchi 
kondensator orqali kuchaytirgichga va so‘ngra komparatorga kelib tushadi. 
Komparator kelgan signalni ikkita ostona darajalar bilan solishtiradi. Shuni 
qayd qilish lozimki, faol qurilmalar bo‘lib hisoblanadigan sig‘imli datchiklardan 
farqli o‘laroq, elektrostatik datchiklar passiv sxemalarga kiradi. 


265 
5.8- rasm. Bir qutbli elektrostatik harakat detektori 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin