B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Gravitatsion datchiklar. 
Yaxshi ma’lum bo‘lgan gravitatsion sath 
detektorlariga sathni o‘lchashda foydalaniladigan datchiklar kiradi. Bunday qayta 
shakllantirgichlarning asosiy elementi suvga qaraganda kichikroq zichlikka ega 


269 
bo‘lgan qalqovuch bo‘lib hisoblanadi. Aksariyat hollarda qalqovuch to‘g‘ridan-
to‘g‘ri suv kraniga ulanadi va suvning sathiga bog‘liq ravishda uni ochadi yoki 
yopadi. Qalqovuch, mohiyatiga ko‘ra, suv yuzasi holatining detektori bo‘lib 
hisoblanadi. Agar suv sathini faqatgina kuzatib borish emas, balki o‘lchash ham 
zarur bo‘lsa, holatni qayta shakllantirgichni – potensiometrik, magnitik, sig‘imli 
qayta shakllantirgichni yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qiladigan boshqa biror 
datchikni ulash mumkin. Shuni qayd qilish lozimki, gravitatsion datchiklar 
ularning manbalari ishqalanish va tezlanish bo‘lib hisoblanadigan xalaqit 
beruvchilarga nisbatan juda ta’sirchan bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, bunday 
datchiklar gravitatsiya kuchlari bo‘lmagan sharoitlarda yoki o‘zgaruvchan 
gravitatsiya sharoitlarida, masalan, fazoviy stansiyalar va reaktiv samoletlarda 
ishlay olmaydi.
Erning og‘irlik markazining yo‘nalishiga nisbatan obyektning egilish 
burchagini aniqlaydigan 
sath o‘lchagichlardan 
yo‘l qurilishida, inersion 
navigatsiya tizimlarida, mexanik stanoklar va boshqa qurilmalarda foydalaniladi. 
Juda eski, biroq hozirgacha juda ommaviyligicha qolayotgan holat detektorlaridan 
biri simobli almashtirib ulagich (pereklyuchatel) bo‘lib hisoblanadi (5.10A va 
5.10B -rasmlar), u o‘tkazmaydigan trubka (ko‘pincha shishadan ishlangan), ikkita 
elektr kontaktlari va simob tomchisidan tarkib topadi. Datchik gravitatsion kuch 
vektoriga nisbatan bir tomonga qarab egilgan bo‘lganda simob tomchisi 
kontaktlardan qarama-qarshi yo‘nalishda ko‘chadi, almashtirib ulagich ajraladi. 
Qurilma 
holatining 
o‘zgarishi simobning kontaktlar tomonga qarab 
harakatlanishiga, ularni qisqa tutashuviga olib keladi, bunda almashtirib ulagich 
ham tutashadi. Simobli almashtirib ulagichlar maishiy termostatlarda qo‘llaniladi, 
bu erda ular sezuvchan element sifatida foydalaniladigan, qurshab turuvchi 
haroratning o‘zgarishiga reaksiya ko‘rsatadigan biometall g‘altakga o‘rnatiladi. 
Xona harorati ko‘tarilganda yoki pasayganda g‘altakning bukilishi o‘zgaradi, u 
almashtirib ulagichning holatini belgilaydi. Simobli kalit kontaktlarining tutashishi 
yoki ajralishi isitish yoki sovutish tizimlari tomonidan boshqariladi. Bunday 
tizimning yaqqol ko‘rinib turgan kamchiligi uning doimo yonib-o‘chib turishidir 


270 
(texnika tili bilan aytganda – ikki pozitsiyali boshqarishdir). Simobli almashtirib 
ulagich ostona qurilmasi bo‘lib hisoblanadi, u o‘zining burilish burchagi berilgan 
qiymatdan oshganda o‘zining holatini o‘zgartiradi. 
5.10-rasm. Gravitatsion datchiklar. A – simobli almashtirib ulagich ajralgan 
holatda; B – simobli almashtirib ulagich tutashgan holatda; D – elektrolitli egilish 
detektori 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin