294
datchiklar unchalik yuqori bo‘lmagan bosimlarda ko‘proq samarali ishlaydi.
Kremniy kristallaridan tayyorlangan monolit sig‘imli
bosim datchiklari ishchi
tavsiflarning maksimal barqarorligi bilan ajralib turadi. Diafragmaning siljishi
keng qiymatlar diapazonida sig‘imning 25% ga o‘zgarishini ta’minlashi mumkin,
bu o‘lchashlarning natijalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqamlashtirish imkonini beradi.
Pyezorezistiv datchiklarda foydalaniladigan diafragmalar
uchun chekkalarda
maksimal mexanik kuchlanganlikni ta’minlash zarur bo‘lgani holda, sig‘imli
datchiklardagi diafragmalar uchun ularning markaziy qismining siljishi ahamiyatli
bo‘ladi. Sig‘imli datchiklarda diafragmalar oshiqcha bosimdan diafragmaning har
ikkala tomonidan mexanik cheklagichlar yordamida himoya qilingan bo‘lishi
mumkin
(differensial
bosim
datchiklarida).
Pyezorezistiv
datchiklarda
siljishlarning unchalik katta bo‘lmasligi sababli
himoyalashning bunday usuli,
taassufki, etarlicha samarali bo‘lmaydi, shu sababli ular uchun uzilish bosimi
aniqlanadi, u maksimal o‘lchanadigan bosimdan 10 marta katta bo‘ladi,
mexanik
cheklagichlarga ega bo‘lgan sig‘imli datchiklar uchun bu kattalik 100 martaga
oshiq bo‘ladi. Bu ayniqsa past bosimlar sohasida ishlashda muhim bo‘ladi.
Sig‘imli datchiklarning yaxshi chiziqliligini ta’minlash
uchun diafragmalar
markaziy qismida tekis yuzaga ega bo‘lishi zarur. Sig‘imli datchiklar faqatgina
diafragmalarning siljishi ularning qalinligiga
qaraganda anchagina kichik
bo‘lganda chiziqlilikka ega bo‘ladi deb hisoblanadi. Chiziqlilikni yaxshilash
usullaridan biri mikrotexnologiyalar uslublari bilan
tayyorlangan gofrilangan
diafragmalardan foydalanish bo‘lib hisoblanadi. Planar diafragmalar odatda xudda
o‘sha o‘lcham va qalinlikdagi gofrilangan diafragmalarga qaraganda yaxshiroq
tenzosezgirlikkaega bo‘ladi. Biroq tizimda yassi cho‘zuvchi kuchlanishlar mavjud
bo‘lganda gofrilangan diafragmalarning bukilgan
joylari ularni anchagina
zaiflashtiradi. Bu bunday datchiklarning chiziqliligi va sezgirligining anchagina
yaxshilanishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: