320
xatolikni korrektirovkalash uchun foydalaniladi. Zamonaviy elektrokimyoviy
datchiklarda qalin plenkali elektrodlar trafaretli bosish uslubi bilan tayyorlanadi,
bu ularning ishonchliligini oshiradi va tayyorlash jarayonini osonlashtiradi.
5.39- rasm. Elektrokimyoviy datchikning sxemasi
Elektrolit – bu unda elektronlar emas, balki ionlar zaryad eltuvchilar bo‘lib
hisoblanadigan muhitdir. Bu shart tahlil qilinadigan kimyoviy reaksiyalarni
tanlashning birinchi kriteriysi bo‘lib hisoblanadi. Elektrodlar va elektrolitdan
tashkil topadigan detektor
elektrokimyoviy yacheyka
deb ataladi.
Qaysi elektr
parametrlari kuzatilishiga bog‘liq ravishda (qarshilik, kuchlanish, tok, sig‘im va
boshqalar) elektrokimyoviy yacheykaning turi o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: