B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Konstruksion materiallar. 
Konstruksion material talab qilinadigan mexanik 
va fizikaviy xususiyatlarni qanoatlantirishi, unga ishlov berish oson bo‘lishi, 
korroziyaga bardoshli bo‘lishi, arzon bo‘lishi, mustahkamlikning massaga 
maksimal nisbati va hokazolarga ega bo‘lishi lozim. Yuqorida aytib o‘tilganidek, 
har qanday EA ning asosi eltuvchi konstruksiya bo‘lib hisoblanadi. u uning 
konstruktiv yaxlitligini va uni mexanik ta’sirlardan himoyalashni ta’minlaydi. 
Eltuvchi konstruksiyalar murakkablikka bog‘liq ravishda yagona detalь 
ko‘rinishida, yoki ajraladigan yoki ajralmaydigan tutashmalar bilan yagona 
konstruksiyaga birlashtirilgan bir nechta detallarni o‘z ichiga oladigan tarkibli 
detalь ko‘rinishida ishlanadi. Konstruksion materiallarning asosiy mo‘ljallanishi – 
yuklamani ko‘tarish, kuchlarni uzatish, mahkamlash, ushlab turish, emirilishdan 
saqlash bo‘lib hisoblanadi. Konstruktorning vazifasi — erishish mumkin bo‘lgan 


340 
materiallardan konstruktiv talablarni eng yaxshi darajada qanoatlantiradiganlarini 
tanlashdan iborat bo‘ladi.
Massani minimallashtirish 
– ko‘tarib yuriladigan, ko‘chma va bort EA larni 
konstruksiyalashning eng muhim sharti bo‘lib hisoblanadi. Apparaturaning 
massasini kamaytirish gabaritlarni kichraytirish, material sarfini kamaytirish
ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilishga ketadigan xarajatlarni kamaytirish, 
tannarxni pasaytirish imkonini beradi.
Mikrominiatyurali apparaturada eltuvchi konstruksiyalarning massasi EA 
ning umumiy massasining 70% igacha etadi. Buyumlarning massasini 
kamaytirishning asosiy yo‘li – eltuvchi konstruksiyalarni engillashtirish bo‘lib 
hisoblanadi, bunda bir paytning o‘zida mustahkamlik va qattiqlik talablari ham 
qanoatlantirilishi lozim bo‘ladi. Buning uchun quyidagilar zarur bo‘ladi:
• eltuvchi konstruksiyalarning bir nechta mumkin bo‘lgan variantlaridan 
konstruksiyaning minimal massasini olish imkonini beradigan echimlarni tanlash; 
• detallarning materiallarini solishtirma mustahkamlik va solishtirma 
qattiqlikni hisobga olish bilan tanlash, engil qotishmalar va nometallardan 
foydalanish; 
• detallarga har bir kesimda teng mustahkamlikni berish; 
teshiklar, o‘yiqlar, qirqimlarni detallardan yuklama tushmaydigan 
materiallarni chiqarib tashlash bilan ochish; 
• qattiqlik qovurg‘alari, otbortovkalar, vidavkalarni kiritish.

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin