383
Tizim matematik modellarini va element matematik modelini yoki
fragmentlar makromodellarini hosil qilish uchun bir xil metodlardan foydalaniladi.
Element matematik modellarini va fragmentlar modellarini hosil qilish usullarida
ko‘p o‘xshashliklar mavjud, lekin ba’zi bir farqlar ham bor, ya’ni makromodellarni
tashkil qilishda, uni fragmentning to‘la, aniq modeli bilan taqqoslash imkoniyati
mavjuddir.
Baza elementlari to‘la matematik modellarni (EMM) va makromodellarni
hosil qilish metodikasida model strukturasi deyilganda tizimning matematik
ko‘rinishi (sonli qiymatlar bilan aniqlanmagan) tushuniladi.
EMM va makromodellarni hosil qilishdagi umumiy metodika quyidagi
protseduralardan tashkil topadi:
1.
Modelda ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan modellashtirilayotgan obyekt
xususiyatlari aniqlanadi. SHu o‘rinda u obyektlarning chiqish parametrlari tartibi
va q-tashqi parametrlari tartibi va obyekt haqidagi fikrlar aniqlanadi;
2.
Model strukturasi tanlanadi. Ko‘pincha bu struktura injinerlar qabul qila
olishlari uchun qulay bo‘lgan sxema ko‘rinishidagi modellarni matematik
munosabatli modellarga o‘zgartirishning aniq qoidasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
3.
Identifikatsiyalash masalasi echiladi, ya’ni modelning berilgan strukturasi
uchun model parametrlarining x-sonli qiymatlari hisoblanadi;
4.
Tanlangan test masalalari bo‘yicha modeldagi xatoliklar aniqlanadi. Agar
bu xatoliklar E ruxsat etilgan qiymatidan oshib ketsa, 2 va 3 punktlar, model
strukturasini qaytadan tanlash uchun takrorlanadi. Agar E ruxsat etilgan qiymatdan
kam yoki unga teng bo‘lsa, 5-punktlar o‘tiladi;
5.
q va q qiymatlar aniqlanadi. Bu metodika bo‘yicha 3 va 5 punkt
protseduralari formallashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: