B. A. Nazarbayeva


- vositalaridan imkoni boricha maksimal foydalanish



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

 
-
vositalaridan imkoni boricha maksimal foydalanish;
 
-
loyihalash natijalarini tasvirlashning oddiy va ko‘rinarli bo‘lishligi;
 


404 
-
loyihalashning bajarishni kuzatib borish imkoniyatining borligi va tuzatish 
kiritish kerak bo‘lganda operativ ta’sir ko‘rsatish mumkinligi;
 
-
loyihalash obyekti izohiga va uning hujjatlariga avtomatik o‘zgartirishlar 
kiritish.
 
Bundan tashqari foydalanuvchilardan ALT ta’minoti vositalari ichki 
strukturalari bo‘yicha hech qanday bilim talab qilinmaydi. 
ALT larda kiritilayotgan axborotlarni maksimal nazorat qilishni ta’minlovchi 
maxsus dastur vositasi bo‘lishi kerak. Tashkiliy jixatdan olib qaraganimizda, 
nazorat qilish ALT adminstratsiyasi vazifasi hisoblanadi. 
ALT lar DT ini yaratishda vaqtni iqtisod qilish uchun, ishlatilayotgan EXM 
tarkibiga kiruvchi umumiy dasturlardan foydalanish ham muhim hisoblanadi. 
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan talablarni qondirish murakkab masala hisoblanadi. 
SHuning uchun ALT DT tarkibida, funksional belgilash bo‘yicha bir kancha 
ierarxik komponentlar ajratiladi, ularga loyiha ma’lumotlarni o‘zgartirish 
operatsiyasini bajaruvchi amaliy DT modullari to‘plami, berilgan ketma-ketligida 
amaliy DT modullarini bajarilishini tashkil etuvchi boshqaruvchi dastur, 
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi va ALT ni boshqaruvchi muloqatli, 
boshqaruvchi va ALT administratsiyasi va loyihalovchi o‘rtasidagi aloqani qo‘llab 
– quvvatlovchi dasturlar kiradi (7.7- rasm). 
loyihalovchi administrator 
7.7- rasm. ALT DT yaratish sxemasi 
ALT ni boshqaruvchi dastur vositasi 
Boshqaruvchi dastur 
Amaliy DT modullari 
Malumotlar bazasi 
Malumotlar bazasini 
Boshqarish tizimi 
EHM matematik ta’minoti 


405 
DT ning barcha komponentlari EHM matematik ta’minoti vositalariga 
asoslanadi, shuning uchun ular ALT DT ning hamma talabalariga to‘la javob 
beradi, bu esa uni yaratish va undan foydalanishni osonlashtiradi. MT dan keyingi 
darajada ALT ma’lumotlari bazasiga kiritilgan amaliy DT dastur modullari turadi. 
Biror bir ierarxik darajada joylashgan komponentlar, boshqa darajadagi 
komponetlar bilan amaliy DT modullari yoki ularning natijalari uchun kerakli 
bo‘lgan ma’lumotlar bilan muloqat qiladi. Eng yuqori ierarxik darjadagi ALT larni 
boshqaruvchi dastur vositalari tashkil etadi. Bunday boshqarish faqatgina 
loyihalovchilar uchun bir loyihalash bosqichidan ikkinchi loyihalash boskichiga 
o‘tish uchun kerak bo‘lmay, balki tizim komponentlarini to‘g‘ri ishlashini 
tekshirish va kerakli o‘zgartirishlarni dastur modullariga va ma’lumotlar bazasiga 
kiritish kabi masalalarini hal qiluvchi ALT administratorlari uchun ham kerakli 
bo‘ladi. SHuning uchun ALT larni boshqaruvchi dastur vositalari tarkibiga 
loyihalovchilar va ALT administratori uchun alohida komponentlar kiritilishi 
mumkin. 
Ko‘rib o‘tilgan ALT DT strukturasining (7.8-rasm) prinsipial xususiyati 
bo‘lib, ma’lumotlar bazasida saqlanadigan ma’lumotlarni yoki unga kiritilgan 
ma’lumotlarni ALT boshqarish vositalari va ma’lumotlari bazasini bo‘lmagan 
holda qayta ishlash imkoniyatining borligi hisoblanadi. Bunday xarakatlar, 
ma’lumotlar bazasini yaratishda yoki unga tuzatishlar kiritishda, undan tashqari 
loyihalovchi yoki administratsiya so‘rovi bo‘yicha ma’lumotnoma axborotlarni 
olishdan kerakli bo‘lib hisoblanishi mumkin. 
ALT larda, ulardan foydalanuvchilarni va ularni yaratuvchilarni uchta 
kategoriyalarini ko‘rsatish mumkin. 
1.
ALT yaratuvchilar EHM ni ishlatish sohasidagi mutaxassislar bo‘lib, ular 
ALT larning bazali metodlarini, vositalarini va jihozlarini umumiy DT ni, 
loyihalashning instrumental va texnologik vositalarini yaratuvchilari, ALT larni 
konkret ishlash sharoitida generatsiya qiluvchi yoki sozlovchilar bo‘lib 
xisoblanadilar. 


406 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin