B. A. Nazarbayeva


Sanoat namunasi va tovar belgilari sanoat mulki sifatida



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Sanoat namunasi va tovar belgilari sanoat mulki sifatida
. Sanoat 
namunasi inson ijodiy faoliyati yo‘nalishining amalga oshishi bo‘lib, aniq maqsad 
va iste’molchilar doirasiga ega. 
Ta’rifiga ko‘ra 
sanoat namunalariga qandaydir bir obyekt tashqi 
ko‘rinishining badiiy-konstruktorlik (dizayn) echimi kiradi.
Sanoat namunalari hajmiy (modellar), yassi (rasmlar) yoki ularning aralash 
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sanoat namunasining 
yangiligi, o‘ziga xosligi va sanoatda qo‘llanilishi uning patentga layoqatlilik 
shartlari hisoblanadi. 
Agar sanoat namunasining buyumning estetik va (yoki) ergonomik 
hususiyatlarini belgilovchi muhim belgilari (alomatlari) majmui uning ustuvorlik 
sanasidan oldin jahondagi nufuzli axborot manbalari orqali barchaga ma’lum 
bo‘lmagan bo‘lsa yangi deb tan olinadi.
Sanoat namunasining muhim belgilari majmui buyum estetik hususiyatlarning 
ijodiy xarakteri bilan bog‘liq bo‘lsa u o‘ziga xos deb tan olinadi. 
Sanoat namunasi ko‘p karra qayta ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan 
bo‘lsa sanoatda qo‘llaniladigan deb tan olinadi. 
Sanoat namunasining mohiyati va uning huquqiy muhofazalash hajmi eng 
avval, uning muhim belgilari majmui bilan ifodalanadi, bu belgilar namuna 
fotosuratlarida aks ettiriladi va buyumning tashqi ko‘rinishi va o‘ziga xos 


90 
xususiyatlarini belgilab beradi. 
Muhim belgilarni so‘zlar bilan tavsiflash tasviriy 
axborotni tushuntirib berishni ta’minlaydi.
Odatda, sanoat namunalarining turlarini 
tavsiflash uchun quyidagi belgilardan foydalaniladi: 
1. Murakkab kompozitsiyali, asosi keng hajmiy fazoviy tuzilishga ega bo‘lgan 
buyumlar (masalan, dastgoh, qishloq xo‘jalik mashinasi, mototsikl va hokazo) 
quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: 

Kompozitsiya elementlarining mavjudligi; 

Elementlarning o‘zaro joylashishi; 

Kompozitsiya elementlarining shakli. 
2. Yakka blokli kompozitsiyaga ega buyumlar (masalan, televizor, 
radiopremnik, shchit priborlari, qutichalar), shuningdek elementar geometrik 
hajmlar nisbati asosida qurilgan (masalan, mebel seksiyasi bloklari) badiiy 
konstruktorlik yechimlari quyidagi belgilar bilan tavsiflanadi: 

kompozitsiya elementlarining tarkibi va taqsimlanishi; 

buyumlarning, odatda, frontal yuzasida bo‘ladigan bu elementlrning 
plastik, grafik, rangli va faktura echimlari va yana boshqa belgilar. 
Endi patent ekspertizasi patentga layoqatlilikni baholashda sanoat 
namunalariga qo‘yadigan asosiy talablarni ko‘rib chiqamiz. 
Ixtirolarni pantent ekspertizasidan o‘tkazishdagi kabi, bu erda ham birinchi 
navbatda sanoat namunasining sanoatda qo‘llanishi tekshiriladi. Bu shartga 
muvofiq bo‘lishi uchun sanoat namunasini tavsifida sanoat namunasida bajarilgan 
buyumning maqsadi va vazifasi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. SHuningdek, bu 
buyumni noyob yoki sanoat namunasining ustuvorlik sanasigacha ma’lum 
bo‘lmagan va tavsifnomada bayon etilmagan vosita va usullardan foydalanmay 
tayorlash imkoniyati ham tekshirib ko‘riladi. Shunga e’tiborni qaratamizki, faqat 
bir marta amalga oshiriladigan bo‘lsa ham sanoatda qo‘llaniladi, deb tan olinadigan 
ixtirolardan (masalan, cho‘kib ketgan nodir kemani suv tubidan ko‘tarib olish) 
farqli ravishda, 
sanoat namunasi bir necha marotaba qayta ishlab chiqariladigan 
yoki hosil qilinadigan bo‘lishi zarur.
Sanoatda qo‘llanilishi tekshirilgandan so‘ng sanoat namunasining yangilik 


91 
shartlariga muvofiqligi tekshiriladi. 
Agar sanoat namunasi belgilari bilan bir xil bo‘lgan badiiy-konstruktorlik 
echimi ochib berilgan axborot manbai aniqlansa sanoat namunasini ushbu 
shartlarga muaofiq emas deb topiladi. 
Sanoat namunasi yangiligini belgilashda barcha ma’lum va barcha 
foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar (ya’ni chop etilgan manbalar)dan 
tashqari ustuvorlik sanasi bo‘yicha ilgari berilgan va qaytarib olinmagan 
talabnomalar ham hisobga olinadi. 
Keyin sanoat namunasining o‘ziga xosligi tekshiriladi. Sanoat namunasining 
o‘ziga xosligini ekspertizadan o‘tkazishda ko‘pincha ixtironing ixtiro darajasini 
baholashda foydalanadigan “salbiy” belgilarni aniqlash usuliga o‘xshash 
yondoshuvlardan foydalaniladi. Masalan, kuyidagilarda mujassamlashgan sanoat 
namunasining o‘ziga xoslik shartlariga muvofiq deb tan olinmaydi: 

yaqin analogidan talabnoma beruvchi tomonidan muhim belgilar ro‘yxatiga 
kiritilgan belgisi (belgilari) bilan farqlanadigan, lekin bu belgining talabnoma 
beruvchi ko‘rsatgan buyumning estetik xususiyatlariga ta’siri tasdiqlanmagan 
buyumlar; 

ilgaridan ma’lum buyumga nisbatan faqat o‘lchami o‘zgartirilgan, 
elementlari soni ko‘paytirilgan yoki rangi o‘zgartirilgan (lekin yangi koloristik 
yechim emas) buyumlar; 

alohida olingan oddiy geometrik hajm (prizmasimon, sferik, konussimon) 
shakldagi buyumlar yoki alohida olingan oddiy geometrik shakllar; 

haqiqiy mavjud obyektning (ham soddalashtirilgan, ham masshtabga rioya 
qilingan holdagi) kichiraytirilgan yoki kattalashtirilgan nusxalaridan iborat 
buyumlar (masalan, o‘yinchoqlar, suvenirlar); 

muayyan maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlarga xos shaklni takrorlovchi, 
lekin boshqa texnik asosda bajarilgan (masalan, odatda yog‘ochdan ishlanadigan 
buyumga o‘xshatib polimer materialdan tayorlangan) buyumlar; 

turli maqsadlarga mo‘ljallangan va tashqi ko‘rinishi o‘xshash bo‘lgan
ikkita obyekt ma’lumligida tashqi ko‘rinishi shu ma’lum obyektlardan olingan 


92 
buyumlar; 

tashqi ko‘rinishi o‘zgarmagan holda ilgari malum bo‘lgan alohida 
buyumlardan tuzilgan to‘plamlar. 
Xulosada shuni qayd etamizki, 
buyumning o‘ziga xos, estetik jihatdan 
ko‘rkam va ergonomik tashqi ko‘rinishi iste’molchilarning tovarga ehtiyojini 
belgilovchi bosh omillardan biridir. Shuning uchun sanoat namunasini to‘g‘ri va 
savodli huquqiy muhofazalash bozordagi muvoffaqiyatning garovi, raqobat 
kurashida esa ustunlikning omilidir. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin