8
O‘lchash vositasi
deb o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan
metrologik tavsiflarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi.
O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi
katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari me’yorlangan metrologik
tavsiflarga ega bo‘lishlari lozim va bu metrologik
xossalar davriy ravishda
tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri
aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga
bog‘liq. O‘lchash vositalarining namoyondalari 1.1-rasmda keltirilgan.
O‘lchovlar - keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi.
1.1-rasm. O‘lchash vositalarining turlari
O‘lchov
deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan,
saqlaydigan
o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va
shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin.
O‘lchovlarning ham turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy
moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan.
Standart namuna -
modda va materiallarning xossalarini
va xususiyatlarini
tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov sanaladi.
Masalan, g‘adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari.
9
Namunaviy modda
esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo‘ladigan va
aniq xossalarga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va
hokazolar. "Toza rux" 420
0
S haroratni hosil qilishda ishlatiladi.
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan
chizg‘ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga
bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi.
Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda
tutishimiz lozim bo‘ladi: ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari,
ishchi etalon, solishtirish etaloni,
nusxa etalon, ikkilamchi etalon,
maxsus etalon,
birlamchi etalon va davlat etaloni.
Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy
o‘lchovlar
etalonlar
deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga
bo‘linadi. Davlat etalonlari namunaviy o‘lchov
va asboblarni tekshirishda
qo‘llaniladi va Davlat standartlashtirish idoralarida saqlanadi.
Aksariyat o‘lchashlarda biror signalni boshqa turga o‘zgartirish lozim bo‘ladi.
Ushbu vazifani odatda o‘lchash o‘zgartkichlari bajaradi.
Dostları ilə paylaş: