B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

3.5.6
 
Kalibrlash xatoligi 
Kalibrlash xatoligi – 
bu ishlab chiqaruvchi tomonidan datchikni zavodda 
kalibrlash paytida yo‘l qo‘yilgan xatolikdir. Bu xatolik tizimli tavsifga ega bo‘ladi, 
va demak, barcha real uzatish funksiyalariga qo‘shiladi.
Kalibrlash xatoligi datchikning qayta shakllantirish tavsifini har bir nuqtada 
ma’lum bir kattalikka siljitadi. U butun o‘lchashlar diapazonida bir tekis bo‘lishi 
shart emas va kalibrlash jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatoning tipiga bog‘liq bo‘lishi 
mumkin. Misol sifatida 3.3- rasmda qalin chiziq bilan ko‘rsatilgan real uzatish 
funksiyasini ikkita nuqtada kalibrlashni ko‘rib chiqamiz. Egilish va funksiyaning 
boshlang‘ich siljishini aniqlash uchun datchikka ketma-ket ikkita 
s
1
va 
s
2
tashqi 
ta’sirlarni beramiz va mos keluvchi ikkita 
A
1
va 
A
2
chiqish signallarini qayd 


116 
qilamiz. Birinchi signal mutlaqo aniq o‘lchangan, biroq ikkinchi signalni 
aniqlashda ∆ xatolikka yo‘l qo‘yilgan, bu 
a
va 
b
koeffitsiyentlarni aniqlashda 
xatolarga olib kelgan. 
3.3.-rasm. Kalibrlash xatoligi 
Boshlang‘ich siljishning olingan 
a
1
qiymati 
a
real qiymatdan quyidagi 
kattalikka farq qiladi: 
δ

= a

– a = 

(3.14) 
Egilish esa quyidagi xatolik bilan aniqlanadi: 
δ

= - 

(3.15) 
3.5.7
 
Gisterezis 
Gisterezis – 
bu huddi o‘sha bitta kirish signali uchun uning ortishida va 
kamayishida olingan chiqish signallari qiymatlarining farqidir (3.4- rasm). 


117 
Masalan, aytaylik siljishlar datchigining ko‘rsatishlari obyekt chapdan o‘ngga 
qarab harakatlanganda obyektning xuddi o‘sha nuqtada o‘ngdan chapga qarab 
harakatlangandagi qiymatidan 
20 mV
ga farq qilsin. Agar datchikning sezgirligi 
10 
mV/mm
ni tashkil qilsa, gisterezis xatosi siljish birliklarida 2 
mm
ni tashkil qiladi. 
Gisterezis vujudga kelishining tipik sababi ishqalanish va materialdagi strukturaviy 
o‘zgarishlar bo‘lib hisoblanadi. 
3.4-rasm. Gisterezisga ega bo‘lgan uzatish funksiyasi 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin