B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

3.6
 
Maxsus tavsiflar 
 
Ba’zi bir datchiklar uchun 
kirish signallarining maxsus tavsiflarini 
ko‘rsatish 
zarur bo‘ladi. Masalan yoritilganlik detektorlari uchun uning chegaralangan optik 
polosa oralig‘ida sezgirligi shunday tavsif bo‘lib hisoblanadi. Shundan kelib 
chiqqan holda, bunday datchiklar uchun spektral tavsiflarni aniqlash zarur bo‘ladi. 
Chiqish impedansi. Z
out 
chiqish impedansi 
datchik elektron sxema bilan 
qanchalik oson muvofiqlasha olishini ko‘rsatuvchi tavsif bo‘lib hisoblanadi. 
Datchikning chiqish impedansiga mos keladigan qarshilik elektron sxemaning 
Z
in 
kirish impedansini tavsiflaydigan qarshilikka parallel qilib (potensial ulanish), yoki 
u bilan ketma-ket (tokli ulanish) ulanadi. Har ikkala ulash varianti 3.8- rasmda 


123 
ko‘rsatilgan. Odatda kirish va chiqish impedanslari majmuaviy ko‘rinishda taqdim 
qilinadi, chunki ular, qoidaga ko‘ra, aktiv va reaktiv tarkibiy qismlarni o‘z ichiga 
oladi. Datchikning chiqish signalining og‘ishini minimallashtirish uchun tokli 
chiqishga ega bo‘lgan datchik (3.8B- rasm) maksimal mumkin bo‘lgan chiqish 
impedansiga, uning interfeys sxemasi esa – minimal kirish impedansiga ega 
bo‘lishi lozim. Potensial ulash holatida (3.8A-rasm) datchik past chiqish 
impedansiga, interfeys sxemasi esa – yuqori kirish impedansiga ega bo‘lishi lozim. 
3.8-rasm. Datchikning interfeys sxemasi bilan ulanishi. A – kuchlanish 
ko‘rinishidagi chiqish signaliga ega bo‘lgan datchik, B – tokli chiqish signaliga ega 
bo‘lgan datchik 
 
Qo‘zg‘atish signali. Qo‘zg‘atish signali – 
bu aktiv datchikka ishlash uchun 
zarur bo‘ladigan elektr signalidir. Qo‘zg‘atish signali kuchlanish va/yoki tok 
intervali bilan tasvirlanadi. Datchiklarning ba’zi bir tiplari uchun qo‘zg‘atish 
signalining chastotasi va uning turg‘unligini ko‘rsatish zarur bo‘ladi. Qo‘zg‘atish 
signalining ko‘rsatilgan chegaralardan tashqariga chiqishi datchikning uzatish 
funksiyasining o‘zgarishiga, va shundan kelib chiqqan holda chiqish signalining 
og‘ishiga olib kelishi mumkin. Qo‘zg‘atish signalini tasvirlashga misol keltiramiz: 
Termistor orqali oqib o‘tadigan maksimal tok: 
Qarshiliksiz havoda .....– 50 mkA; 
Suvda ................................- 200 mkA. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin