B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

O‘lchash o‘zgartkichi
deb o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqish, 
uzatish, keyinchalik o‘zgartirish, ishlov berish va yoki saqlashga mo‘ljallangan, 
lekin kuzatuvchining ko‘rishi uchun moslanmagan o‘lchash vositasiga aytiladi. 
O‘lchash o‘zgartkichlarining turlari juda ko‘p. Odatda o‘lchash zanjirida 
birinchi bo‘lgan, ya’ni o‘lchanayotgan kattalik signalini qabul qiladigan o‘lchash 
o‘zgartkichiga 
birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi
deyiladi. Undan keyingi 
joylashgan o‘lchash o‘zgartkichlariga esa 
oraliq o‘zgartkichlar
nomi berilgan. 
O‘lchash o‘zgartkichlarining keng tarqalgan turlariga masshtabli va 
parametrik o‘lchash o‘zgartkichlari kiradi. 
Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichlari
o‘lchash signalini shu turdagi, faqat 
boshqa qiymatdagi signalga masshtabli (aniq) tarzda aylantirib beradi. Masalan, 
elektr tokining masshtabli o‘lchash o‘zgartkichlariga shuntlar, kuchlanishnikiga 
esa bo‘luvchilar nomi berilgan. 


10 
Parametrik o‘lchash o‘zgartkichlari
da kirishdagi signal turlicha (mexanik 
siljish yoki ko‘chish, bosim, og‘irlik kabilar) bo‘lib, chiqishdagisi esa faqat elektr 
signali (elektr qarshiligi, elektr sig‘imi kabi) bo‘ladi. 
O‘lchash asbobi 
deb kuzatish (kuzatuvchi) uchun qulay ko‘rinishli shaklda 
o‘lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqishga mo‘ljallangan o‘lchash vositasiga 
aytiladi. 
Ma’lumotni tavsif etishiga qarab o‘lchash vositalari quyidagilarga bo‘linadi: 
shkalali o‘lchash vositalari; raqamli o‘lchash vositalari; o‘ziyozar o‘lchash 
vositalari.
Bevosita ko‘rsatuvchi elektr o‘lchash asboblari, (xususan elektromexanik 
asboblari) ikki asosiy qismdan, ya’ni o‘lchash zanjiri va o‘lchash mexanizmidan 
iborat deb qarash mumkin. 
O‘lchash zanjiri
o‘lchanadigan elektr kattalikni (kuchlanish, quvvat, chastota 
va xokazoni) unga proporsional bo‘lgan va o‘lchash mexanizmiga ta’sir qiluvchi 
kattalikka o‘zgartirib beradi. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin