B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Plastmassalar.
Plastmassalar – bu monomerlardan shakllantirilgan 
sintetik materiallardir. Monomerlar (masalan, etilen) boshqa monomerlar bilan 
reaksiyaga kirishganda takrorlanuvchi etilen zvenolarining polietilenning polimeri 
bo‘lib hisoblanadigan uzun zanjirini hosil qiladi. Huddi shunday yo‘l bilan stirol 
monomerlaridan polistirol polimeri shakllantiriladi. Polimerlar boshqa elementlar 
bilan bog‘langan uglerod atomlaridan tashkil topadi. Polimerlar tarkibida asosan 


227 
faqatgina sakkizta element – uglerod, vodorod, kislorod, azot, kremniy, 
oltingugurt, xlor va ftordan foydalaniladi, biroq bu turli plastmassalarning minglab 
variantlarini yaratish imkonini beradi (4.38- rasm). 
4.36- rasm. Bor bilan legirlangan kremniyning solishtirma qarshiligi (A); 
legirlaydigan aralashmalarning turli konsentratsiyalari uchun kremniy 
qarshiligining harorat koeffitsiyenti (B) 
4.37- rasm. Harorat koeffitsiyentining legirlaydigan aralashmalarning 
konsentratsiyasiga bog‘liqligi (A), kremniyning pyezorezistiv sezgirligi (B) 


228 
4.38- rasm. Polimerlarni qurish uchun foydalaniladigan atomlar 
Har bir atom boshqa atomlar bilan bog‘lanish uchun energetik (valent) 
bog‘lanishlarning cheklangan soniga ega bo‘ladi, va modda barqaror bo‘lishi 
uchun har bir atom molekulaning ichida o‘zining barcha bog‘lanishlaridan 
foydalanishi lozim bo‘ladi. Masalan, vodorod faqatgina bitta boshqa atom bilan 
bog‘lanishi mumkin, uglerod va kremniy esa o‘ziga boshqa to‘rtta atomlarni 
biriktirib olishi mumkin. Shunday qilib, N-N va N-G‘ molekulalar barqaror 
molekulalar, S-N va Si-Cl esa barqaror bo‘lmagan molekulalar bo‘lib hisoblanadi.
Polimer zanjiriga katta miqdordagi uglerod atomlarini qo‘shish birikkan 
vodorod atomlari sonining ortishiga olib keladi, bu molekulalarni og‘irroq qilib 
qo‘yadi. Masalan etan (S
2
N
6
) qo‘shimcha uglerod atomi va ikkita vodorod atomini 
o‘z tarkibiga olganligi sababli metanga qaraganda og‘irroq bo‘lib hisoblanadi. 
Uning molekulyar og‘irligi 30 ga teng. Ko‘rinib turibdiki, polimerning molekulyar 
og‘irligi to u pentanga (S
5
N
12
) aylanguncha har gal 14 birlikka ortadi (bitta uglerod 
va ikkita vodorod atomlarining og‘irligiga). Pentan juda og‘ir bo‘lganligi uchun 
xona haroratida u endilikda gaz emas, suyuqlik bo‘lib hisoblanadi. Keyinchalik 
SN

guruhlarni yana qo‘shish yanada og‘irroq polimer suyuqliklarning 


229 
shakllanishiga olib keladi. Tarkib S
18
N
38 
ga etganda polimer qattiq moddaga 
aylanadi (S
18
N
38 
– bu parafin mumi). Polimer molekulalari kattalashib borishi bilan 
mum yanada og‘irlashib boraveradi. 1402 molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan 
S
100
N
202
tarkibli polimer 
polietilen 
deb ataladi, u eng oddiy termoplastik bo‘lib 
hisoblanadi. SN

guruhlar soni yanada oshganda polimer materialning 
qattiqligining yanada ortishi sodir bo‘ladi. 1000-5000 diapazondagi molekulyar 
og‘irlikka ega bo‘lgan polimerlar o‘rtacha molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan 
polietilenlar deb, undan yuqorilari esa – yuqori molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan 
polietilenlar deb ataladi. Eng oddiy polimer bo‘lib hisoblanuvchi polietilen 
datchiklarni qurishda foydalaniladigan bir qator foydali xususiyatlarga ega. 
Masalan, polietilen spektral diapazonning o‘rtacha va uzoq IQ nurlari uchun 
shaffof, shu sababli deraza oynalari va linzalarni tayyorlash uchun qo‘llanilishi 
mumkin. 
Qizdirilganda, bosim ostida va katalizatorlar kiritilganda monomerlar juda 
uzun zanjirlar hosil qilishi mumkin. Bu jarayon polimerlanish deb ataladi. 
Zanjirning uzunligi (molekulyar og‘irlik) juda muhim tavsif bo‘lib hisoblanadi, 
chunki plastmassalarning ko‘pgina xususiyatlari aynan unga bog‘liq bo‘ladi. 
Og‘irlikning ortishi qattiqlik va mustahkamlikning ortishi, oquvchanlikning 
kamayishi, erish haroratining ortishi va erigan holatda yopishqoqlikning ortishi
shuningdek ishlov berish jarayonining murakkablashuviga olib keladi. 
Polimerlanish jarayoni tugagandan keyin olingan polimer zanjirlari bir-biri bilan 
bog‘lanmaydi. Bunday polimerlar 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin