B. A. Nazarbayeva


Kremniyga ishlov berish uslublari



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Kremniyga ishlov berish uslublari. 
Talab qilinadigan mikrostrukturalarni 
olish uchun kremniy taglikka qoplanadigan qatlamlarni shakllantirish va taglikning 
o‘ziga shakl berish uslublari mavjud (kremniyga hajmli ishlov berish). Shuningdek 
yupqa plenkalarni qoplash va shakllantirishning kremniy taglikning yuzasida 
etarlicha murakkab strukturalarni tayyorlash imkonini beradigan texnologiyalar 
ham ishlab chiqilgan (kremniyga yuzali ishlov berish). Bu texnologiyalarni 
takomillashtirish uchun ularga elektrokimyoviy eritish uslublari kiritiladi. 
Tagliklarni tutashtirishning yangi uslublari esa ko‘p qatlamli strukturalarni 
tayyorlash imkonini beradi.
 Yupqa plenkalarni qoplash. 
Kremniy (yoki qandaydir bir boshqa) taglikning 
yuzasiga turli materiallardan yupqa (bir necha mikron atrofida yoki undan ham 
yupqa) plenkalarni qoplash uchun fotolitografiya yoki eritish uslublaridan 
foydalaniladi. Eng keng tarqalgan materiallar quyidagilar bo‘lib hisoblanadi: 
kremniy dioksidi, kremniy nitridi, polikremniy va alyuminiy. Yupqa plenkalar 
ko‘rinishida boshqa materiallar – nodir metallar, masalan, oltin ham qoplanishi 
mumkin. Biroq nodir metallar elektron sxemalarga tushgandan keyin ularni ishdan 
chiqarishi mumkin, shu sababli tagliklarga bunday qoplamalarni qoplash elektron 
uzellarni shakllantirishdan oldin bajarilishi lozim. Nodir metallardan plenkalar 
quruq yoki suyuqlikli eritish texnologiyasi bo‘yicha emas, ko‘pincha trafaret 
bo‘yicha teskari litografiya uslubi bilan qoplanadi.
Ko‘pincha fotorezist eritish uslubi bilan ishlov berish uchun etarlicha 
mustahkam bo‘lmaydi. Bunday hollarda boshqa qattiqroq materiallardan (masalan, 
oksid yoki nitrid) yupqa qatlam qoplanadi, va keyinchalik plenkani shakllantirish 
esa fotolitografiya uslubi bilan olib boriladi. Pastda yotuvchi materialni eritish 
jarayonida oksid/nitrid niqob rolini o‘taydi. Pastda yotuvchi material to‘liq 
eritilgandan keyin bu niqoblaydigan qatlam chiqarib yuboriladi. 


246 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin