B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

ko‘rsatishlar diapazoni
deyiladi. O‘lchanayotgan 
kattalikning o‘lchash vositalari uchun yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarining 
me’yorlangan qiymatlar soxasi o‘lchash asbobi yoki o‘lchash o‘zgartkichining 
o‘lchash diapazoni
deyiladi. Texnik asboblarda, odatda, o‘lchash diapazoni bilan 


18 
ko‘rsatuvlar diapazoni moc keladi. O‘lchash diapazonining eng kichik va eng katta 
qiymatlari 
o‘lchash chegaralari
deyiladi. 
Shkaladan sanoq olishda shkala qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi 
mumkin. Shkalalarda belgilar to‘g‘ri chizik bo‘ylab yoki yassi yoxud silindrsimon 
sirtdagi aylana yoyi bo‘ylab joylashgan bo‘ladi. 1.4-rasmda o‘lchash asboblari 
shkalalarining eng ko‘p uchraydigan turlari ko‘rsatilgan. 
Asboblarning shkalalari bir tomonlama, ikki tomonlama va nolsiz bo‘lishi 
mumkin. 
Bir tomonlama shkala
larda o‘lchash asbobi chegaralaridan biri nolga 
teng bo‘ladi (masalan, ko‘rsatishlar chegarasi 0 dan 100°S gacha bo‘lgan simob 
termometri). Agar shkalada nolь belgisi uning boshlang‘ich va oxirgi chegarasi 
bilan ustma-ust tushmasa, u 
ikkitomonlama shkala
deyiladi (masalan, 
ko‘rsatishlarchegarasi —0,1 ... 0 .... 0,15 MPa bo‘lgan manometr). Agar shkala 
nolь belgisiga ega bo‘lmasa, u 
nolsiz shkala
deyiladi (masalan, ko‘rsatishlar 
chegarasi 200 dan 400° S gacha bo‘lgan termometr). 
1.4- rasm. Shkalalar: 
a
- to‘g‘ri chiziqli; 

- yoysimon (yoy burchagi 180° gacha); 

- yassi
; e
- yoysimon (yoy burchagi 180° dan yuqori), 

-silindrsimon 
Ko‘rsatkichning vaziyati uning shkala boshidan chiziqli yoki burchakli siljishi 
bilan aniqlanadi. Ko‘rsatkich vaziyati bilan sanoq orasidagi bog‘lanish 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin