B. A. Nazarbayeva


 Mikroto‘lqinli harakat detektorlari



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

5.2. Mikroto‘lqinli harakat detektorlari 
 
 
Katta maydonlarni nazorat qilish va kuchli shovqin-suron sharoitlarida – 
shamolda, kuchli xalaqit beruvchilar mavjud bo‘lganda, tumanda, chang-to‘zonda, 
namlik va hokazolarda keng haroratlar diapazonida ishlash talab qilinganda 
O‘YuCh detektorlar boshqa datchiklarga ajoyib alternativa bo‘lib hisoblanadi. 
O‘YuCh detektorlarning harakat tamoyili qo‘riqlanadigan zona tomonga 
elektromagnitik radiochastotali to‘lqinlarni nurlatishga asoslanadi. 10.525 GHz (X-
diapazon) va 24.125 GHz (K-diapazon) chastotalar eng keng tarqalgan chastotalar 
bo‘lib hisoblanadi. Nurlatish quvvati odamlarning salomatligiga ziyon etkazmaslik 
uchun etarlicha past bo‘lishi, nurlatiladigan to‘lqinlarning uzunligi havoni 
ifloslantiradigan aksariyat zarrachalar orasidan bemalol o‘tish uchun etarlicha katta 


252 
bo‘lishi (X-diapazon uchun λ=3 sm) va katta obyektlardan qaytishi uchun etarlicha 
qisqa bo‘lishi lozim.
Detektorlarning mikroto‘lqinli qismi Gann generatori, antenna va 
aralashtiruvchi dioddan tashkil topadi. Gann generatori o‘zida kichik pretsizion 
bo‘shliqqa o‘rnatilgan diodni taqdim qiladi, unga oziqlantiruvchi kuchlanish 
berilganda u O‘YuCh tebranishlarni ishlab chiqara boshlaydi. Bu elektromagnitik 
to‘lqinlarning 
f
0
chastotaga ega bo‘lgan bir qismi diafragma va volnovod orqali 
o‘tadi va ularni obyekt tomonga qarab yo‘naltiradigan antennaga kelib tushadi. 
Qo‘llanilishga bog‘liq ravishda antennaning turlicha fokuslaydigan tavsiflari 
tanlanadi. Asosiy qoida quyidagicha: antennaning yo‘naltirilganlik diagrammasi 
qanchalik tor bo‘lsa, u shunchalik katta sezgirlikka ega bo‘ladi (ya’ni uning 
kuchaytirish koeffitsiyenti shunchalik katta bo‘ladi). Boshqa bir muhim xususiyat 
quyidagidan iborat: tor (ignasimon) yo‘naltirilganlik diagrammasiga ega bo‘lgan 
antennalar etarlicha kichik bo‘lishi mumkin bo‘lgan keng burchakli antennalarga 
qaraganda katta o‘lchamlarga ega bo‘ladi. Uzatgichning tiplashgan quvvati 10-20 
mWt ni tashkil qiladi. Gann generatorlarining barqarorligi qo‘yilgan kuchlanishga 
bog‘liq bo‘ladi, shu sababli generatorlarni oziqlantirish uchun yuqori sifatli 
kuchlanish regulyatorlaridan (rostlagichlaridan) foydalanish juda muhim bo‘ladi. 
Generator yoki uzluksiz, yoki davriy ravishda ishlashi mumkin. Impulьsli rejimda 
ishlashda oziqlantirish manbaidan iste’mol qilinadigan quvvat keskin kamayadi.
Nurlatiladigan to‘lqinlarning kamroq qismi Shotka aralashtiruvchi diodiga 
kelib tushadi va etalon signal sifatida foydalaniladi (5.1A- rasm). Ko‘pincha 
signallar priemnigi va peredatchigi (qabul qilgich va uzatgich) priemoperedatchik 
yoki transiver deb ataladigan bitta modulda joylashadi. Obyektdan qaytarilgan 
to‘lqinlarning bir qismi antennaga qaytadi, u ularni aralashtiruvchi diodga 
yo‘llaydi. Dioddagi tok o‘zida uning chastotasi nurlatilgan va qaytarilgan 
to‘lqinlarning obyektgacha bo‘lgan masofaga to‘g‘ri proporsional bo‘lgan faza 
farqi bilan belgilanadigan garmolnik signalni taqdim qiladi. Bunday 
faza sezgir 
detektor yordamida obyektgacha bo‘lgan masofani aniqlash mumkin, biroq 
masofani emas, balki obyektning qo‘riqlanadigan zonada harakatlanish faktini 


253 
aniqlash talab qilinadi. Mavjud bo‘lish va harakat detektorlari ko‘pincha Dopler 
hodisasi asosida amalga oshiriladi. Amalda barcha O‘YuCh va ulьtratovush 
detektorlari shu tamoyil asosida ishlaydi. Shuni qayd qilish lozimki, Dopler 
datchiklari mavjud bo‘lish detektorlari emas, balki harakat detektorlari bo‘lib 
hisoblanadi, chunki faqatgina harakatlanayotgan obyektlarga reaksiya ko‘rsatadi. 
Endi ular qanday ishlashini tushuntiramiz. 
5.1- rasm. O‘YuCh mavjud bo‘lish detektori: A – Dopler chastotasini o‘lchash 
uchun sxema; B – ostona detektoriga ega bo‘lgan sxema 
Antenna 
f

chastota bilan nurlatadi, bu chastota λ

to‘lqin uzunligi bilan 
belgilanadi: 
f

=
(5.1) 
bunda - yorug‘lik tezligi. 
Agar obyekt antennaga qarab harakatlansa yoki undan uzoqlashsa, 
qaytarilgan nurning chastotasi o‘zgaradi. Obyekt antennadan 
v
tezlik bilan 
harakatlanganda qaytarilgan signalning chastotasi kamayadi, obyekt antennaga 
yaqinlashganda esa – ortadi. Bu hodisa 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin