B. A. Nazarbayeva


shkala  19  tavsifi



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

shkala 


19 
tavsifi
deyiladi. Ko‘rsatkichi burchakli siljiydigan asboblarning shkala tavsifi 
quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 

 ,
(1.1) 
bunda 
φ
— ko‘rsatkichning shkala boshidan, burilish burchagi. 
To‘g‘ri chiziqli shkalali asboblar uchun 

 ,
(1.2) 
bunda 
L
— ko‘rsatkichning shkala boshidan chiziqli siljishi. 
1.5-rasmda shkalali sanoq qurilmalari sxematik ko‘rsatilgan. 
Qayd qiluvchi o‘lchash asboblari qog‘oz lentalarga yoki diskda 
o‘lchanayotgan kattalikning hozirgi qiymatini vaqt bo‘yicha avtomatik yozib 
beruvchi moslama bilan ta’minlanadi. Bu holda qog‘oz lentada (diskda) uzluksiz 
chiziq pero bilan chiziladi, boshqa holda lentada davriy ravishda sanoqlarning sonli 
qiymatlari chop etiladi. Bitta qog‘oz lentada bir necha egri chiziq yozilishi 
(chizilishi) mumkin. Bu holda o‘lchash asbobining ichiga avtomatik uzgich-
ulagich o‘rnatiladi, u o‘lchashning bir necha nuqtalarida joylashgan birlamchi 
o‘zgartkichlardan birini o‘lchashtizimga navbat bilan ulaydi. 
1.5-rasm. Qayd qiluvchi qurilmalar: 
a-
qutb koordinatalarida;
b-
to‘g‘ri 
chiziqli koordinatalarda; 
d-
davriy qayd qiluvchi 
Qayd qiluvchi qurilmalarning tavsifi shkalali sanoq qurilmalari tavsifiga 
o‘xshash va (1.1), (1.2) tenglamalar bilan ifodalanadi. Qayd qiluvchi qurilmalar 


20 
uchun (1.5-rasm,
 a, b)
bu tenglamalarda φ va
 L
tegishli burilish burchagini hamda 
pero ushlagichning diagramma to‘g‘ri chizig‘ining nolli belgisidan siljishini,
 U
esa 
to‘r bo‘yicha olingan sanoqni anglatadi. Davriy chop etuvchi qayd qiluvchi 
qurilma uchun tavsif (1.5-rasm,
v)
(1.1) tenglama bilan tasvirlanadi, unda φ —
kirish valchasining burilish burchagi, 
U
— chop etilgan son (sanoq). 
Disksimon diagrammalar tekis va notekis bo‘linmali bo‘lishi mumkin. 
Lentasimon diagrammalar ham ikki turli bo‘ladi: o‘lchash asbobi perosi to‘g‘ri 
chiziqli harakat qiladigan va perosi aylana yoyi bo‘ylab harakat qiladigan. 
Ko‘rsatkichi kam kuch bilan siljitiladigan asboblarda (masalan, o‘zi yozar 
millivolьtmetrlarda) yozish yordamchi qurilma yordamida amalga oshiriladi. 
Ayrim o‘lchash vositalari va o‘lchash tizimlaridan tashqari murakkab 
axborot-o‘lchash tizimlari ham qo‘llaniladi. Ular ko‘plab nuqtalarda avtomatik 
o‘lchashni amalga oshiribgina qolmay (o‘lchash kanallari soni ming-minglab 
bo‘lishi mumkin), balki o‘lchash natijalarini berilgan algoritmlar bo‘yicha zarur 
qayta ishlashni ham bajaradi. Shu munosabat bilan o‘lchash o‘zgartkichlarining 
axborot-hisoblash mashinalarining va kirish qurilmalarining kirishiga keladigan 
signallarni unifikatsiyalashtirish (birxillashtirish) zarurati tug‘iladi. Signallarni 
unifikatsiyalashtirish o‘lchash asboblari turlarini minimumga keltirish imkonini 
beradi, o‘lchash vositalarining o‘zaro almashuvchanligini ta’minlaydi. 
O‘lchash vositalari o‘lchash jarayonidagi bajarayotgan vazifasi, roliga qarab 
ishchi, namunaviy va etalon o‘lchash asboblariga bo‘linadi. 
Ishchi o‘lchash vositalari xalq xo‘jaligining barcha tarmoklarida amaliy 
o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan. Namunaviy o‘lchash vositalari ishchi o‘lchash 
asboblarini tekshirish va ularni o‘zlari bo‘yicha darajalashga xizmat qiladi. 
Etalonlar fizik kattalik birliklarini qayta tiklash va saqlash, ularning 
o‘lchamlarini namunaviy o‘lchash asboblari orqali xalq xo‘jaligida qo‘llanadigan 
ishchi o‘lchash vositalariga o‘tkazishga xizmat qiladi. Fizik kattaliklarning 
birliklari o‘lchami shu usul bilan etalonlardan namunaviy o‘lchash asboblari 
yordamida boshqa o‘lchash asboblariga o‘tkaziladi. 


21 
Shkala bo‘linmalariga qabul qilingan o‘lchash birliklarida ifodalangan 
qiymatlar berishdan iborat operatsiya 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin