B. A. Nazarbayeva


Blokli – ierarxik loyihalash va matematik modellar



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Blokli – ierarxik loyihalash va matematik modellar. 
Loyihalash obyekti 
blokli – ierarxik tasvirlashda ham ularni matematik tasvirlashdan foydalaniladi, 
ya’ni har bir ierarxik darajada loyihalash obyekti o‘z matematik modeliga ega 
bo‘ladi. 


377 
Obyekt modelining murakkabligini, har bir ierarxik darajada kamaytirishga 
intilish, loyihalash obyekti haqidagi tasavurlarini bir qancha darajaga bo‘lishni 
taqazo etadi. Lekin bu holda turli darajalarda olingan natijalarni o‘zaro keltirishi 
masalasi murakkablashib ketadi. Konkret obyektni loyihalashda, foydalaniladigan 
ierarxik darajalar soni ALT larni tashkil qilishda qabul qilingan an’analarga, 
foydalaniladigan matematik va dasturli ta’minot imkoniyatlariga bog‘liq. 
Ko‘pgina texnik maxsulotlarni loyihalashda, makrodaraja (V daraja), 
mikrodaraja (B daraja), metadaraja (A daraja) ierarxik darajalilarida 
modellashtirish amalga oshiriladi.
Mikrodaraja modellashtirishda, fazoviy o‘zgaruvchilar, fazoviy koordinatalar 
va vaqtga tegishli bir qancha mustaqil o‘zgaruvchilar funksiyasi kabi bo‘lib, 
bunday xolda fazo ham vaqt ham uzluksiz deb ko‘riladi. Bu darajadagi matematik 
modellar, uch o‘lchovli muhitda yuz beradigan jarayonlarni tasvirlashi kerak. 
Mikrodaraja elementlari bo‘lib katta hajmdagi, strukturalarning uchastkalari 
xisoblanadi, masalan, integral sxemaning rezistiv soxasining burchakli uchastkasi 
bo‘lishi mumkin. Ichki parametrlari bo‘lib esa, rezistorning qarshiligi hisoblanadi.
Bu darajada obyektlarning tipli matematik modellari bo‘lib xususiy darajali 
differensial tenglamalar hisoblanadi. Ta’sir etish xarakteriga va fazoviy 
taqsimlangan fazoviy o‘zgaruvchilarga qarab, bunday modellarni taqsimlangan 
modellar deb ataladi. Xususiy darajali differensial tenglamalarni echish murakkab 
jarayon xisoblanadi. Taqsimlangan modellardan, kam sonli uchastkali obyektlar 
uchun foydalaniladi, uchastkalar soni va fazoviy sohalarning oshirib borishi, 
masalaning murakkablashib ketishi, keyingi ierarxik darajaga – mikrodarajaga 
o‘tish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Mikrodarajada 
diskret 
fazodagidek 
muhit 
haqidagi 
tasavvurlardan 
foydalaniladi. Bunday diskretlash taqsimlangan modeldan ma’lum bir obyektning 
aniqlashtirilgan modeliga o‘tishini anglatadi. Bu darajadagi elementlar bo‘lib, 
mikrodarajada tizim deb qaralgan obyektlar (radioelektron sxemalar rezistorlari, 
tranzistorlari kabilar) bo‘lishi
 
mumkin. Bu elementlar parametrlari, mikrodarajada 
chiqish parametrlari hisoblangan bo‘lsa, bu erda ichki parametr hisoblanadi. 


378 
Makrodarajada chiqish parametrlari bo‘lib, kuchaytirgichning kuchaytirish 
koeffitsiyenti, optik qurilmaning ruxsat etilagan xususiyati, dvigatel og‘irlik kuchi 
va boshqalar hisoblanadi. Ommaviy fazoviy o‘zgaruvchilar bo‘lib, elektrik 
tizimlaridagi tok va kuchlanish hisoblanadi.
Makrodarajada matematik modellar bo‘lib, oddiy differensial tenglamalar 
hisoblanadi. Xususiy hollarda statik masalalar algebraik tenglamalarga 
aylantiriladi. Lekin elementlar sonini ko‘payishi bilan tenglamalar tizimi darajalari 
oshib ketishi, makrodarajadagi matematik modellar asosida masalalarni echishni 
qiyinlashtirib yuboradi va keyingi ierarxik darajada tasvirlash zaruriyatini keltirib 
chiqaradi.
Megarajadagi tizimlar bo‘lib murakkab qurilmalar va komplekslar 
hisoblanadi. Masalan, axborotli va hisoblash tizimlari ishlashlarini diskret
tasavvur qilish, elementlar xolatlarini xarakterlovchi kattaliklar hisoblangan fazo 
o‘zgaruvchilarini diskretligini bildiradi.
Elementlar va ichki parametrlar vazifasini, oldingi ierarxik darajadagi tizimlar 
va chiqish parametrlari bajaradi. EHM elementlari bo‘lib, arifmetik qurilma, 
operativ xotira va kiritish qurilmalari hisoblanadi. Chiqish parametrlariga misol, 
qilib tizimiga kelib tushayotgan buyurtmalariga xizmat ko‘rsatish extimolligi, 
xizmat ko‘rsatishga navbat kutish vaqti, qurilma tezkorligini keltirishimiz mumkin. 
Megadarajada matematik modellarni yaratish uchun avtomatik boshqarish 
nazariyasi metodlar, eksperimentlarni rejalashtirish, mantiqiy matematik, ommaviy 
xizmat ko‘rsatish nazariyasi metodlaridan foydalaniladi. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin