B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Antropometrik talablar
- bu strukturaning o‘lchamlari qurilma bilan ishlash 
va uni ta’mirlashda korpusning o‘lchamlariga va operatorning ish yuritadigan 
holatiga mos kelishini ta’minlash uchun konstruksiyalash. 
Psixofiziologik 
talablar 
– bu mahsulotning insonning fiziologik 
xususiyatlariga muvofiqligi, mahsulot bilan eng qulay ish sharoitlarini ta’minlash 
uchun hissiy organlari va ruhiyatining o‘ziga xos xususiyatlariga mos keladigan 
talablar. 
• estetik talablar: strukturaning ko‘rinadigan elementlari uyg‘un munosabatda 
bo‘lishi kerak, umumiy fikrga bo‘ysunishi va bir xil uslubda hal qilinishi kerak.
Talablarning estetik kichik guruhi strukturaning paydo bo‘lishi uchun to‘rt 
asosiy talabni o‘z ichiga oladi: ifoda qilish, shaklning ratsionalligi, 
kompozitsiyaning yaxlitligi, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini mukammalligi. 
4.
 
Ishlab chiqarish - texnologik talablar


konstruksiyaning ishlab chiqaruvchanligi, ya’ni ishlab chiqaruvchanlik – 
bu ishlab chiqarish, qo‘llash va ta’mirlash davomida barcha turdagi resurslarning 
minimal sarflanishiga moslashtirilishi; 

birxillashtirish va standartlashtirish, ya’ni oldindan ishlab chiqilgan va 
ishlab chiqarilgan qismlar va mahsulotlarni yangi mahsulotlar, shuningdek, 
standart mahsulotda maksimal darajada ishlatilishini nazarda tutadi. 
5.
Iqtisodiy talablar
: eng arzon narx va minimal ekspluatatsion xarajatlarni 
ta’minlash. 
6. Patent - huquqiy talablar



38 

himoyaga loyiq konstruksiyalarga talablar: original texnik echimlar, sanoat 
namunalari va tovar belgilari milliy va xalqaro patentlar bilan himoya qilinishi 
kerak; 

patentning tozalik talablari: patent tozaligi ushbu texnik echimning 
patentlari foydalanilmayotgan mamlakat ta’siri ostida yo‘qotilishini tavsiflaydi. 
O‘lchash asbobi konstruksiyasiga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqaylik. 
Ular ikki xil bo‘ladi: umumiy va maxsus.
Umumiy talablarga quyidagilar kiradi: funksional vazifa; o‘lchash diapazoni; 
sezgirlik; xatolik; ishonchlilik; statik tavsifning chiziqliligi; tezkorlik; og‘irlik 
o‘lcham tavsiflari; klematik bajaruvchanlik; asbobning optimal (qulay) bajarilishi. 
Umumiy talablardan tashqari asbob konstruksiyasiga qo‘llash shartlariga 
bog‘liq xolda maxsus talablar qo‘yiladi. Masalan: yuqori bosim mavjudligida 
asbob konstruksiyasi shu bosimni xisobga olgan ishonchlilik bilan bajarilishi zarur. 
Xuddi shunday xol uchun yuqori xarorat yoki atrof - muxit namligi. Agressiv 
muxitda asbob elementlari shu muxitga chidamli materialdan tayyorlanishi zarur. 
Asbob ochiq xavoda, yopiq xonalarda, xamda sun’iy iqlimli xonalarda ishlatilishi 
mumkin. Asboblar ko‘chma yoki statsionar bo‘lishi mumkin, xamda uchuvchi 
qurilmalar, kema va er osti transportida o‘rnatilishi mumkin. Xamma xol uchun 
maxsus talablar ishlab chiqiladi. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin