B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

2.12.
 
Konstruksiyani strukturali va parametrik optimallashtirish 
masalalari

Optimallashtirish masalasini elektromagnit o‘zgartkich misolida ko‘rib 


chiqaylik. Yuqori metrologik tavsifli chiziqli va burchakli siljish elektromagnit 
o‘zgartgichlari (EMO‘) quyidagi optimallashtirish masalalar echimini talab qiladi: 
- asosiy elementlar birikmasining optimal strukturasini tanlash. Ular EMO‘ 
ning funksional vazifasini to‘liq amalga oshiradi. 
- elementlarning optimal o‘lchamlarini va ularni joylashtirish joyini tanlash. 
Birinchi masala EMO‘ ni strukturali optimallashtirish asosini tashkil qiladi. 
Ikkinchi masala esa - parametrik optimallashtirishdir. 
EMO‘ ni qurish tamoyillarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik 
konstruksiyalar quyidagi asosiy elementlardan iborat: magnit oqim manbai, magnit 
o‘tkazgichlar, magnitosezgir elementlar va kirish kattaligining ta’sirini qabul 
qiluvchi elementlar (2.9-2.11 jadvallar). 


72 
EMO‘ strukturasini tanlashni engillashtirish uchun EMO‘ ning ma’lum 
bo‘lgan asosiy elementlar bankini tuzish zarur, shunda berilgan talablarga to‘g‘ri 
keladigan EMO‘ning aniq strukturasini tanlash jarayonini ishlab chiqilgan 
strukturalar banki ichidan tanlashga keltirilgan bo‘ladi. Shu maqsadda EMO‘ning 
asosiy elementlarining morfologik jadvali ishlab chiqilgan. Bu jadvalda keng 
qo‘llaniladigan asosiy elementlarni texnik tadbiq etilishi berilgan. Asosiy 
elementlarni texnik tadbiq etish variantlari sifat ko‘rsatgichlari bo‘yicha 
taqsimlangan. Bunga quyidagi ko‘rsatkichlar kiritilgan: 1-sezgirlik; 2-narxi; 3-
ishonchlilik; 4-xatolik; 5-nochiziqlilik; 6-diapazon; 7-tezkorlik; 8-og‘irlik. 
Tavsiflar taqsimoti EMO‘ ni ishlab chiquvchi, ekspert-mutaxasislar 
tomonidan o‘tkazilgan. Berilgan talablar bo‘yicha EMO‘ strukturasini tanlash 2.5-
rasmda keltirilgan algoritm orqali amalga oshiriladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, 
alohida elementlarni taqsimlash asosida EMO‘ strukturasini tanlash va keyinchalik 
konstruksiya variantlarini taqsimlash EMO‘ ning yakuniy konstruksiyasini hali 
bermaydi. Chunki bu etapda ma’lum elementlarning mexanik bog‘lanishlari 
muhim o‘rin tutadi. Lekin shu etapning o‘zida EMO‘ konstruksiyasining birinchi 
5-10 variantlarini mavjud umumlashgan usullar bilan solishtirish uchun ajratib 
olish mumkin. Bu asosiy tavsiflarni yaxshilashga va EMO‘ ning zarur bo‘lgan 
konstruksiyasini olishga imkon beradi. EMO‘ konstruksiyasining kompanovkasi 
buyurtmachining texnologik, iqtisodiy, texnik dizayn va boshqa talablarini 
qondirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. EMO‘ konstruksiyasining kompanovkasi 
umumlashgan usullari bilan birgalikda - ijodiy jarayondir va bu erda muhandislik 
ijodining ma’lum hamma usullarini qo‘llash mumkin bo‘ladi. Kompanovkadan 
maqsad – bir-birini qaytaruvchi tugun va qismlarning ortiqchasini olib tashlash, bir 
necha elementlarni bitta elementda yoki konstruktiv tugunlarda joylashtirish. 
Mumkin bo‘lgan variantlar soni bir necha mingdan oshib ketishi mumkin bo‘lgani 
uchun, EMO‘ optimal strukturasini izlash EHM yordamida bajariladi.
EMO‘ strukturasi tanlanganidan keyin elementlar optimal o‘lchami va ularni 
joylashtirish o‘rnini tanlashga o‘tiladi. 


73 
EMO‘ ning hamma asosiy tavsiflari magnit o‘tkazgichning taqsimlangan 
magnit zanjiri bo‘ylab magnit oqimlar F
μ
(x) va magnit kuchlanish F
μ
(x) ni 
taqsimlanish qonuniga bevosita bog‘liq. O‘z navbatida F
μ
(x) va F
μ
(x) 
taqsimlanishi havoli bo‘shliqning g 
μ
(x) magnit o‘tkazuvchanligining uzunlik 
solishtirma birligi, magnit o‘tkazgich po‘latining magnit qarshiligi, magnit sezgir 
element tipini, rejimini va chiqish signalini qayta ishlash sxemasini xisobga olgan 
ma’lum qonun bo‘yicha o‘zgarishini parametrik optimallashtirish masalasida 
hisobga olinadi. Umumiy holda EMO‘ ni loyihalash 2 masaladan iborat. 
Taqsimlangan magnit zanjirini loyihalash va EMO‘ni kompleks loyihalash, ba’zi 
hollarda bu 2 masalani yagona masalaga birlashtirish mumkin, chunki 
magnitosezgir element sifatida ishlatilgan o‘lchash chulg‘ami, o‘lchash sxemasi 
bilan uyg‘unlashgan bo‘ladi.
2.9- jadval 
Elektromagnit siljishli o‘zgartkichi 
1. Magnit o‘tkazgichning formasi va tipi 
P - simon 
S – simon kesimli 
































Trubasimon 
T – simon ishchi uchastkali 
































B - simon 
















sezgirlik 
bahosi 
ishonchlilik 
xatolik 
nochiziqlilik 
diapazon 
tezkorlik 
og‘irlik 










74 
EMO‘ ni parametrik optimallashtirishni o‘ziga xosligi shuki, ularni 
loyihalashda qurish tamoyiliga bog‘liq holda magnit oqimlarni 2 tipini 
optimallashtirish zarur: birinchisi – bu po‘lat sterjen bo‘ylab magnit oqimi F
2
(x), 
ikkinchisi esa – bu yassi o‘lchash chulg‘amli o‘zgartgich ishchi uchastkalaridagi 
havoli bo‘shliqdan o‘tuvchi magnit oqim. 
2.10- jadval 
Elektromagnit siljishli o‘zgartkichi 
2. Qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami 
P - simon 
Sirtmoqli 
































Trubasimon 
Magnit ishchi uchastkali 
































B - simon 
















sezgirlik 
bahosi 
ishonchlilik 
xatolik 
nochiziqlilik 
diapazon 
tezkorlik 
og‘irlik 








Ko‘pchilik birinchi gurux EMO‘ uchun loyixalash masalasini quyidagicha 
ifodalash mumkin: magnit o‘tkazgich tipi, qo‘zg‘atish manbaining tipi berilgan. 
Quyidagi funksiyaning minimal qiymatini ta’minlash uchun parametrlarning 
optimal vektorini a(u)€D
a
topish talab qilinadi. 
N
i
x
f
Ax
B
y
a
x
I
i
N
i
i
i
,
0
),
(
min
)]
(
,
[
0
=


=

=
=
(2.1) 
yoki




75 


)
(
max
min
]
)'
(
,
[
опт
опт
x
f
Ax
B
y
a
x
I

=
(2.2) 
Optimallash natijasida oqim taqsimlanishining chiziqliligini ta’minlovchi 
magnit o‘tkazgichning geometrik parametrlari (eni b, qalinligi h
1
, havoli bo‘shliq 
balandligi h va boshqalar) aniqlanadi. Ikkinchi guruh
 
EMO‘ magnit 
o‘tkazgichining berilgan tipi uchun havoli bo‘shliqdagi magnit oqimning maksimal 
bir tekisligini ta’minlash zarur. Bu o‘z navbatida yuqori sezgirlik va EMO‘ statik 
tavsiflarning chiziqliligini ta’minlaydi. 




=
=

=
N
i
i
i
x
Ф
x
Ф
y
a
x
I
0
0
)
(
)
(
min
)]
(
,
[


Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin