B. A. Nazarbayeva



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/205
tarix10.12.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#139476
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   205
O\'lchash asboblarini konstruksiyalash

Issiqlik konveksiyasi. 
Issiqlik uzatishning boshqa bir usuli konveksiya bo‘lib 
hisoblanadi. buning uchun oraliq agent (suyuqlik yoki gaz) talab qilinadi, u issiq 
obyektdan issiqlikni oladi, uni sovuq obyektgacha eltadi, issiqlik energiyasini 
sovuq obyektga beradi va shundan keyin yangi issiqlik porsiyasi uchun issiq 
obyektga qaytib keladi (qaytib kelmasligi ham mumkin). Qattiq jismdan 
harakatlanuvchi agentga yoki harakatlanuvchi agentning ichida issiqlik uzatilishi 
konveksiya deb ataladi. Konveksiya tabiiy (og‘irlik kuchlarining ta’siri ostida) 
yoki sun’iy (mexanik yo‘l bilan amalga oshiriladigan) bo‘lishi mumkin. Havoning 
tabiiy konveksiyasida uning molekulalariga ikkita kuch – og‘irlik kuchi va 
itaruvchi kuch ta’sir ko‘rsatadi. Issiq havo o‘zi bilan issiq yuzalardan issiqlikni olib 
ketish bilan yuqoriga ko‘tariladi. Sovuqroq havo pastga, issiq obyektlarga qarab 
tushadi. Havoning sun’iy konveksiyasi fen yoki ventilyator yordamida amalga 
oshiriladi. U ham qurilmaning ichida haroratning talab qilinadigan darajasini 


201 
ushlab turish uchun suyuqlikli termostatlarda tashkil qilinadi. Konveksiya usuli 
bilan issiqlik uzatilishining samaradorligi oraliq agentning harakatlanish tezligi, 
harorat gradienti, obyekt yuzasining maydoni va qurshab turuvchi muhitning 
issiqlik hususiyatlari bilan belgilanadi. Uning harorati tashqi haroratdan farq 
qiladigan obyekt issiqlikni oladi yoki beradi, buni issiqlik o‘tkazuvchanlik 
mexanizmi bo‘yicha issiqlik uzatilishining ifodasiga o‘xshash bo‘lgan tenglama 
yordamida tasvirlash mumkin: 
N = aA (T

– T
2
)
(4.83) 
Bunda 
a
– oquvchi muhitning (suyuqlik yoki gaz) solishtirma issiqlik sig‘imi, 
uning yopishqoqligi va harakatlanish tezligi bilan belgilanadigan konveksiya 
koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyent faqatgina og‘irlik kuchiga bog‘liq bo‘lib 
qolmasdan, harorat gradientiga ham bog‘liq bo‘ladi. Havoda gorizontal joylashgan 
plastinka uchun 
a
ning qiymatini quyidagi formula yordamida baholash mumkin: 
a =
2,49


(4.84) 
Vertikal joylashgan plastinka uchun esa formula quyidagi ko‘rinishni oladi: 
a =
1,77 


(4.85) 
Shuni qayd qilish lozimki, bu ifodalar plastinkaning faqat bir tomoni uchun 
yaroqli bo‘ladi, bu erda plastinka o‘zida cheksiz issiqlik manbaining (ya’ni uning 
harorati issiqlik yo‘qolishiga bog‘liq bo‘lmaydigan) yuzasini taqdim qiladi, 
qurshab turuvchi muhit esa doimiy haroratga ega deb faraz qilinadi. Agar havoning 
hajmi kichik bo‘lsa, masalan, turlicha haroratga ega bo‘lgan ikkita plastinkaning 
orasidagi havo tiroqishi kichik bo‘lsa, gaz molekulalarining harakati juda 
cheklangan bo‘lib qoladi, shunda issiqlikning konvektiv uzatilishini hisobga 
olmaslik mumkin bo‘ladi. Bunday holda issiqlik uzatilishi havoning issiqlik 
o‘tkazuvchanligi va nurlanish orqali sodir bo‘ladi. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin