B safarov, T. Raxmanov


v) kichik biznes sub’ektlari tomonidan to‘lanadigan soliqlar



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/134
tarix10.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#139444
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   134
fd5afb65e672618ed0bd391a84ede2ad BUXGALTERIYA HISOBI

v) kichik biznes sub’ektlari tomonidan to‘lanadigan soliqlar
YAgona soliq to‘lovi hisobi. 
2005 yil 20 iyunda Prezidentning 
"Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-3620-sonli Farmoni qabul qilindi. U 
kichik biznes sub’ektlarining faoliyat ko‘rsatish shart-sharoitini yaxshilashga, 
ularni soliqqa tortishni soddalashtirishga yo‘naltirilgan va asosiy masalalar tartibga 
solinadi:
1) soliq solishning soddalashtirilgan tizimi tarkibining o‘zgarishi, 
birxillashtirilgan soliq to‘lovining joriy etilishi;
2) joriy etilgan birxillashtirilgan soliq to‘lovi to‘lovchilari uchun imtiyozlar va 
qo‘shimcha preferensiyalar berilishi. 
YAgona soliq to‘lovini to‘lovchilar uning summasini soliq solinadigan baza 
va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qiladilar. Bunda soliq 


327 
organlariga davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bo‘yicha hisob-
kitoblar alohida taqdim etilmaydi, shuningdek pensiya, yo‘l, ta’lim va tibbiyot 
muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash 
jamg‘armasi jamg‘armalariga majburiy ajratmalar summalarini alohida 
to‘lanmaydi. 
YAgona er solig‘i hisobi. 
YAgona er solig‘ini to‘lovchilar quyidagilardir: 

qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar; 

qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-
eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari. 
Bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq 
solish maqsadida qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi: 

er uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotini 
etishtirish va o‘zi etishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud er 
uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish 
asosiy faoliyat turi bo‘lgan yuridik shaxslar; 

qishloq xo‘jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari 
tomonidan o‘zlariga belgilangan tartibda berilgan er uchastkalariga ega bo‘lgan 
yuridik shaxslar; 

qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va o‘zi etishtirgan mazkur 
mahsulotni qayta ishlash ulushi realizatsiya qilish yoki qayta ishlash uchun olingan 
qishloq xo‘jaligi mahsulotini o‘z ichiga oluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini 
etishtirish va qayta ishlash umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan 
yuridik shaxslar. 
2017 yil 1 yanvardan boshlab, Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari 
uchun qishloq xo‘jaligi erlarining normativ qiymatidan kelib chiqib, yagona er 
solig‘ining stavkasi 6 foizligi saqlanib qolindi.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin