B safarov, T. Raxmanov



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/134
tarix10.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#139444
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   134
fd5afb65e672618ed0bd391a84ede2ad BUXGALTERIYA HISOBI

 
 


367 
15.3. Moslashuvchan va statik byudjet. Javobgarlik markazlari va 
xarajatlarning kelib chiqish joylarini nazorat qilish. 
Byudjetlar oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq, moslashuvchan va statik
turlarga ajratiladi. 
Statik byudjet korxonaning ishchan faolligini muayyan darajasida hisob-kitob
qilinadi.
54
Unda daromadlar va xarajatlar sotishlar darajasidan kelib chiqqan 
holda rejalashtiriladi. 
Statik byudjet korxona moliyaviy natijalarining haqiqiyligini ifodalaydi 
hamda pul va foiz nisbatlaridagi ko‘rsatkichlarning mutlaq raqamlarini 
taqqoslashga imkon beradi. 
Moslashuvchan byudjetda ishlab chiqarishning rejalashtirilgan hajmi tuzatish 
yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi. Unda sotish hajmini hisoblashning bir qancha 
muqobil variantlaridan foydalaniladi.
Korxonada javobgarlik markazlari bo‘yicha moslashuvchan byudjetlar tuzish 
xarajatlar va daromadlarni samarali boshqarishga, chetlanishlar bo‘yicha tezkor 
choralar qabul qilishga, ijobiy va salbiy chetlanishlarni rejalashtirilgan foyda 
summasiga mos ravishda tuzatib borishga imkon yaratadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda javobgarlik markazlari bo‘yicha boshqaruv 
hisobini tashkil etishda ushbu markazlarning turlari mohiyatiga alohida e’tibor 
qaratish zarur. 
Korxonada bo‘linmalar bo‘yicha boshqaruv hisobini samarali tashkil etish 
uchun ularni quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash lozim
55

vakolatlar va javobgarlik hajmiga ko‘ra; 
markaz bajaradigan funksiyalar bo‘yicha. 
Vakolatlar va javobgarlik hajmidan kelib chiqqan holda javobgarlik 
markazlarini xarajatlar, sotish, foyda va investitsiyalar markazlariga bo‘lish 
maqsadga muvofiqdir. 
54
Xasanov B.A., Xashimov A.A. Boshqaruv hisobi /Darslik–T.: YAngi nashr, 2012. - 182 bet. 
54
Xasanov B.A.,Xashimov A.A, Boshqaruv hisobi/Darslik –T.: YAngi nashr, 2012. - 41 bet.


368 
Xarajatlar markazi - bu faqat xarajatlarning maqsadli sarflanishiga mas’ul 
bo‘lgan korxonaning bo‘linmasidir (ishlab chiqarish sexi, konstruktorlik byurosi va 
h.k.).
Korxonani bunday markaz doirasida boshqarish maqsadida ishlab chiqarish 
xarajatlarini rejalashtirish, me’yorlashtirish va hisobini tashkil etish amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin