B safarov, T. Raxmanov


Tartibga soluvchi schyotlar



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/134
tarix10.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#139444
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   134
fd5afb65e672618ed0bd391a84ede2ad BUXGALTERIYA HISOBI

Tartibga soluvchi schyotlar 
Tartibga soluvchi schyotlar mablag‘larning baholanishi yoki mablag‘lar 
manbalarining summalarini tuzatish (korrektivlash) uchun mo‘ljallangan. Bu erda 
tuzatish joriy buxgalteriya hisobi tizimidagi asosiy schyotlardan tashqari u bilan 
bog‘langan alohpda echyot kiritish va uning summasini mazkur ob’ektning katta-
kichikligini topish maqsadida asosiy schyotning summasidan ayirish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. 
Tartibga soluvchi schyotlardan foydalanish hisob ob’ektlarini har tomonlama 
tavsiflovchi real hisob ma’lumotlarnni olish zaruriyatidan kelib chiqqan. 
Tartibga soluvchi schyotlar tegishli ob’ektlar bo‘yicha har bir ob’ektni ikki xil 
summada (baholanishda) aks ettiruvchi ikki ko‘rsatkichga ega bo‘lishlik imkoniyatini 
beradi. 
Tartibga soluvchi schyotlar kontrar, to‘ldiruvchi va kontrar-to‘ldiruvchi 
schyotlarga bo‘linadi. 
Kontrar schyotlar tartibga solinuvchi ob’ektlarning haqiqiy hajmini tartibga 
soluvchi summani ushbu ob’ektning dastlabki baholanishidan ayirib tashlash yo‘li 
bilan aniqlash uchun xizmat qiladi. Ularning ikki turi bo‘ladi: kontraktiv va 
kontrpassiv. Kontraktiv schyotlar asosiy aktiv schyotlarga qarama-qarshi qo‘yiladi va 
passiv hisoblanadi. Kontrpassiv schyotlar, aksincha, asosiy passiv schyotlarga 
qarama-qarshi qo‘yiladi va aktiv hisoblanadi. 
Kontraktiv schetga misol kilib «Asosiy vositalarning eskirishi» schyotini olish 
mumkin. Bu schyot yordamida olinadigan ko‘rsatkichlar xususiyatini aniqlash uchun 
u bilan bog‘liq bo‘lgan boshlang‘ich qoldiq summani «Asosiy vositalar» schyotini 
olamiz. 
Kontraktiv schyotlar ta’rifi 
Tartibga solinuvchi 
aktiv schyot 
Tartibga soluvchi 
passiv schyot 
D-t 
K-t 
D-t 
K-t 
qoldiq A 
qoldiq B 
A-B=V 


78 
SHartli belgilar: 
A - tartibga solinuvchi moddaning boshlang‘ich qiymati 
B - boshlang‘ich baholanishdan ayirib tashlanadigan tartibga soluvchi 
moddaning summasi 
V - tartibga solinadigan moddaning haqikiy summasi. 
Kontraktiv schyotlar tarkibiga 0200 «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga 
oluvchi schyotlar», 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi 
schyotlar», 2980 «Savdo ustamasi», 4910 «Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv» 
schyotlari kiradi. 
Kontrpassiv schyotlar katoriga yangi schyotlar rejasi bo‘yicha 8600 «Sotib olingan 
o‘z aksiyalari», 9040 «Sotilgan tovarni qaytarish» va 9050 «Xaridor va 
buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» schyotlari kiritilgan. 
Kontrpassiv schyotlarining tuzilishini 8600 «Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi 
schyotlari» misolida ko‘rib chihamiz. Bu schyot 8310 «Oddiy aksiyalar» va 8320 
«Imtiyozli aksiyalar» schyotlariga nisbatan kontrpassiv bo‘lib aksioner jamiyatining 
aksiyadorlik kapitalini kamayishini ko‘rsatadi va balansda ko‘rsatiladigan ustav 
kapitalining umumiy jamidan chegiriladigan summa hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin