B safarov, T. Raxmanov


 Investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar hisobi



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/134
tarix10.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#139444
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   134
fd5afb65e672618ed0bd391a84ede2ad BUXGALTERIYA HISOBI

6.2. Investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar hisobi 
Moliyaviy qo‘yilma bu korxonaning qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun 
qilgan xarajatlari, ya’ni pul mablag‘larini qo‘shma korxonalar, aksioner 
jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga 
qo‘shish shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan 
debitor qarzlardir. 
Muddatiga qarab moliyaviy qo‘yilmalar qisqa muddatli va uzoq muddatli 
bo‘ladi. Bundan tashqari, moliyaviy qo‘yilmalarni u yoki bu kategoriyaga 
o‘tkazish qimmatli qog‘ozlarni sotib olish maqsadiga bog‘liq. Masalan, bir yil 
ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish 
muddati bir yildan ortiq bo‘lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli 
qo‘yilmalarga kiradi. 
Moliyaviy qo‘yilmalar sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib olingan 
aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo‘yilmalar 
summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo‘yicha shartnomalar hisoblanadi. 


180 
Korxonaning amalga oshirgan qo‘yilmalariga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi 
hujjatlari olinmagan moliyaviy qo‘yilmalar mablag‘lari alohida hisobga olinadi. 
Qimmatli qog‘ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va 
berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to‘lov 
topshiriqlari kiradi. 
Moliyaviy qo‘yilmalar hisobi 5800 – «Qisqa muddatli investitsiyalarni 
hisobga oluvchi schyotlar» va 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga 
oluvchi schyotlar»da yuritiladi. 
Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini ko‘rib chiqamiz. 0600 – «Uzoq 
muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» aktiv, pulli, Debet saldosiga 
ega bo‘lib, u oy boshiga bo‘lgan moliyaviy qo‘yilmalar summasini ko‘rsatadi. Bu 
schyotning Debetida: qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, boshqa korxonalarga 
qilingan qo‘yilmalar, berilgan qarzlar summasi bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalar 
aks ettiriladi. Krediti bo‘yicha – qimmatli qog‘ozlarni qaytarish, sotish, qaytarilgan 
qarz summalar bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalar aks ettiriladi. 
0600–«Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» 
bo‘yicha quyidagi: 0610 - «Qimmatli qog‘ozlar”; 0620-«SHu’ba xo‘jalik 
jamiyatlariga 
investitsyalar»; 
0630 

«Qaram 
xo‘jalik 
jamiyatlariga 
investitsiyalar»; 0640 - «CHet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga 
investitsiyalar»; 0690 - «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotlar ochilishi 
mumkin. 
Aktivlarni investitsiyalarga o‘tkazish tartibi va ularning turlari: 12 –
“Moliyaviy investitsiyalar hisobi», 8-“Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va 
shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar» va 14 - «Qo‘shma faoliyatda 
qatnashish ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirish» buxgalteriya hisobi Milliy 
andazalari bilan tartibga solinadi. 
0610-“Qimmatli qog‘ozlar» schyotida davlat va mahalliy foizli zayom 
obligatsiyalari va shunga o‘xshagan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mavjud uzoq 
muddatli qo‘yilmalar harakati hisobga olinadi. 
0620-«SHu’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsyalar», 0630-«Qaram xo‘jalik 


181 
jamiyatlariga investitsiyalar» va 0640 - «CHet el kapitali mavjud bo‘lgan 
korxonalarga investitsiyalar» schyotlarida shu’ba, qo‘shma, uyushgan va qaram 
korxonalarga qo‘yilgan mavjud uzoq muddatli qo‘yilmalar hamda ularning 
harakati hisobga olinadi. 
0690-«Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotida kelajakda foyda olish 
maqsadida davlat korxonalari yoki xayriya, ekologik jamiyatlariga qo‘yilgan uzoq 
muddatli investitsiyalar hisobga olinadi. Bu schyotlarning Debeti 5110-«Hisob – 
kitob schyoti» 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi», 5210-«Mamlakat 
ichidagi valyuta schyotlari» va qimmatli qog‘ozlar sotib olish, boshqa 
korxonalarga qo‘yilgan investitsiya, berilgan qarzlar qaysi mablag‘lar hisobidan 
amalga oshirilishiga qarab, boshqa schyotlarning krediti bilan korrespondentlanadi. 
YUqorida keltirilgan schyotlar bo‘yicha analitik hisob dastlabki hujjatlarga asosan 
qo‘yilmalar, qimmatli qog‘ozlar turlari, qarzdor korxonalar bo‘yicha yuritiladi. 
Qimmatli qog‘ozlar bozorining mavjudligi, fond birjalarida qimmatli 
qog‘ozlarni oldi – sotdi muomalalarini amalga oshirilishi aksiya obligatsiyalarni 
nominal qiymatidan ortiq yoki kam baholarda sotib olinishini nazarda tutadi. 
Aksiyalar ularni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy xarajatlar summasida 
qabul qilinadi va hisobga olinadi. Fond birjasida aksiyalar kursini oshishi va 
kamayishiga va aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividendga qarab aksiyalarni sotish 
qiymati bilan nominal qiymati orasidagi farq yoki potensial foyda olishga yoki 
zarar qilishga olib keladi. 
Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga olish uchun 5800-«Qisqa 
muddatli investitsiyalar» schyotidan foydalaniladi. Bu schyot aktiv bo‘lib, Debet 
qoldig‘i oy boshiga qolgan bir yilgacha muddatga sotib olingan qimmatli qog‘ozlar 
yoki berilgan qarzlar summasini aks ettiradi. Debet oboroti hisobot oyida sotib 
olingan qimmatli qog‘ozlar, berilgan qisqa muddatli kreditlar va depozitga berilgan 
summani ko‘rsatadi. Kredit oborotida sotilgan aksiyalar, qaytarilgan obligatsiyalar 
yoki zayomlar va depozit summalar aks ettiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan qo‘yilmalar 
hisobi qo‘yilmalar turlari bo‘yicha quyidagi: 5810-«Qimmatli qog‘ozlar»; 5830-
«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» va 5890-«Boshqa joriy investitsiyalar» 


182 
schyotlarda yuritiladi. Bu schyotlar bo‘yicha muomalalar hujjatlari uzoq muddatli 
moliyaviy qo‘yilmalarga o‘xshagan, ularning analitik hisobining tuzilishi va 
yuritilishi ham shunday. 
Boshqa korxonalarga asosiy vositalarni qo‘yish yo‘li bilan uzoq va qisqa 
muddatli qo‘yilmalar qilinsa, 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti 
kreditlanib 0600 va 5800–schyotlarning tegishli schyotlari debetlanadi, Agar 
nomoddiy va boshqa aktivlar qo‘yilma qilinsa, 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib 
ketishi» schyoti kreditlanadi. Aksiyalar sotib olinsa, boshqa korxonalarning ustav 
kapitaliga moliyaviy qo‘yilmalar o‘tkazilsa, 5110, 5210 – schyotlari kreditlanib, 
0600 va 5800 – schyotlarning tegishli schyotlari debetlanadi. Sotilgan yoki 
qaytarilgan va o‘tkazib berilgan qimmatli qog‘ozlarning balans qiymatiga 9220 – 
schyot debetlanib 0600 va 5800 – schyotlarning tegishli schyotlari kreditlanadi. 
Depozit qo‘yilmalar va berilgan qarzlarning qaytarilishi 5110 va 5210 – 
schyotlarning debeti va 0600 va 5800– schyotlarning tegishli schyotlarini kreditida 
aks ettiriladi. 
Aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividendlar hisoblanganda 4840-«Olinadigan 
dividendlar» schyoti debetlanib 9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar» 
schyoti kreditlanadi. Obligatsiyalar bo‘yicha foizlar hisoblansa, 4830-«Olinadigan 
foizlar» schyoti debetlanib 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar» schyoti 
kreditlanadi. Ushbu dividend va foizlar olinsa, 5110 «Hisob-kitob schyoti» 
debetlanib 4840 va 4830 – schyotlari kreditlanadi. 
Korxonaning aktividagi aksioner jamiyatlaridan sotib olingan aksiya va 
obligatsiyalari turli sabablarga ko‘ra sotilishi mumkin: aksiyalar rejadagi foydani 
keltirmasligi; aksiya va obligatsiyalarni faqat uzoq vaqt ichida foyda olish uchun 
emas, balki ularni keyinchalik sotish yo‘li bilan foyda olish maqsadida sotib 
olinishi. 
Qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotishdan olingan natijani aniqlash uchun 
9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotidan foydalaniladi. Bu schyotga 
xo‘jalik muomalalarini yozish nomoddiy aktivlarni sotish hisobiga o‘xshagan. 


183 
Sotilgan yoki qaytarilgan qimmatli qog‘ozlarning balans qiymatiga 9220 -
schyoti debetlanib 0600 va 5800 - schyotlarning tegishli schyotlari kreditlanadi. 
Ushbu qiymatliklarni sotishdan foyda olinsa, 9220 - schyoti debetlanib, 9320 
«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti kreditlanadi. Zarar qilinsa -
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib, 9220 -schyoti 
kreditlanadi. Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan tushumga 5110 yoki 5210- 
schyoti debetlanib 9220 -schyoti kreditlanadi. 
Obligatsiyalarni sotib olishdan maqsad ularning nominal qiymatiga qarab foiz 
olish, shuningdek qaytarilgandan so‘ng obligatsiyalarning nominal qiymatini 
olishdir. SHu boisdan obligatsiyaning haqiqiy qiymati bilan nominal qiymati 
orasidagi farq shunday amortizatsiyalanishi kerakki, qaytarilish vaqtida haqiqiy 
qiymati obligatsiyaning nominal qiymatiga teng bo‘lsin. Bunda ikki variant 
mavjud: 
- obligatsiyani nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olinishi. Bunday 
hollarda obligatsiyalar bo‘yicha foizlar sotib olingan vaqtda olingan daromad 
hisobidan ularning qiymatlari orasidagi farqini qisman hisobdan chiqarish yo‘li 
bilan haqiqiy qiymati nominal qiymatiga etkazib qo‘yiladi; 
- obligatsiyani nominal qiymatidan kam summaga sotib olinishi. Bunday 
hollarda obligatsiyadan foydalanish muddati ichida undan olinadigan foiz 
daromadini ko‘paytirish yo‘li bilan obligatsiyani qaytarish muddatigacha uning 
sotib olish narxi nominal qiymatiga etkazib qo‘yiladi. 
Obligatsiyalarni haqiqiy sotib olish qiymati bilan nominal qiymati orasidagi 
farqi, ularning muomalada bo‘lish muddati ichida bir tekisda - xo‘jalik 
faoliyatining natijasiga o‘tkazib boriladi. Bunda ikki variant mavjud: 
- obligatsiya nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olinishi. Bunday 
hollarda obligatsiyaning haqiqiy qiymati har oyda qiymatlar orasidagi farqini 
zararga o‘tkazish yo‘li bilan nominal qiymatiga etkazib qo‘yiladi; 
- obligatsiyani nominal qiymatidan kam summaga sotib olinishi. Bunday 
hollarda obligatsiyani qaytarish muddati ichida farqini bir qismini har oyda 


184 
hisoblab, firmaning foydasiga o‘tkazish yo‘li bilan nominal qiymatiga etkazib 
qo‘yiladi. 
Qisqa muddatli obligatsiyalar va shunga o‘xshagan qimmatli qog‘ozlar 
bo‘yicha foiz summasini puli olingunga qadar foydaga o‘tkazsa bo‘ladi. Uzoq 
muddatli obligatsiyalar bo‘yicha foiz hisoblash mumkin emas, chunki 
moddiylashtirilmagan foyda hosil bo‘ladi. Ehtiyotkorlik prinsipiga binoan 
moliyaviy natijalarni aks ettirishda uzoq muddatli obligatsiyalar muomalalari 
bo‘yicha sodir bo‘lgan zararlarni foyda yoki zararlar schyotiga o‘tkazish mumkin, 
lekin hisobotda, buxgalteriya hisobi bo‘yicha amaldagi Nizom talab qilganidek, bu 
demak, olingan foyda miqdorini buzib ko‘rsatishdir. 
Uzoq muddatli obligatsiyalarni sotib olish xarajatlari ularning nominal 
qiymatidan ortiq bo‘lsa, uzoq muddatli obligatsiyalar muomalalari bo‘yicha 
zararlar obligatsiyalarni muomalada bo‘lish muddati ichida har oyda teng qismda 
korxonaning zarariga o‘tkazib boriladi. Lekin bunday muomalalarning foydasi 
yo‘q, shuning uchun ham ularga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Uzoq muddatli obligatsiyalar ko‘pincha qirqib olinadigan talonlari bilan 
chiqarilib, obligatsiyalarni muomalada bo‘lgan davri ichida vaqti - vaqti bilan ular 
bo‘yicha foizlar to‘lanadi. Bunday hollarda obligatsiyalarni sotib olish qiymati 
bilan nominal qiymati orasidaga farqi har gal korxonaga daromad hisoblaganda 
hisobdan chiqarib boriladi. Agar obligatsiyalarni sotib olish qiymati ularning 
nominal qiymatidan ortiq bo‘lsa, har gal foiz hisoblanganda obligatsiyalarning 
nominal qiymatidan ortiq summaning bir qismiga haqiqiy daromad kamaytirib 
boriladi. Schyotlarda quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi: Dt 4830-
«Olinadigan foizlar» – obligatsiyalar bo‘yicha olishga tegishli bo‘lgan foizlar 
summasiga, Kt 0610 «Qimmatli qog‘ozlar» – obligatsiyalarning nominal 
qiymatidan olingan haqiqiy qiymatining bir qismiga, 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi 
daromadlar» schyoti – olishga tegishli foizning qolgan qismiga, ya’ni 4830 va 
0610 – schyotlarga o‘tkazilgan summalar orasidagi farqiga. 
Xalqaro buxgalteriya hisobi andozasi konsepsiyalariga binoan, boshqa 
aktivlar kabi, investitsiyalar ham faqat o‘zlarida mujassamlangan foydani korxona 


185 
kelajakda olishga etarli darajada ishonchi bo‘lsagina buxgalteriya hisobida aktivlar 
tarkibida hisobga olishi mumkin. Ularni sotib olishi uchun birgina qilingan 
xarajatlar etarli emas. Bu xarajatlar kelajakda iqtisodiy naf keltirishi to‘g‘risidagi 
ishonchni tasdiqlash zarur. Basharti bunday ishonch bo‘lmasa, qilingan sarflar 
aktivlar emas xarajatlar deb hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin