248
- chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni
kuzatish va nazorat o‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va
kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish;
- ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baholash
va moliyaviy natijalarni
hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash;
- sub’ekt tarkibiy bo‘linmalari ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy
natijalarini aniqlash va baholash;
- uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyalarining
qoplanishi, bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha
rentabellik
darajasi, ularga qo‘yilgan kapitallarning samaradorligi va faoliyati bo‘yicha
boshqaruv hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyasiya moddalari bo‘yicha
ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning
vujudga kelish joylari, mahsulot turlari
bo‘yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni
hisobga olish hamda
mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va
sotish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z vaqtida, to‘laligicha va haqqoniy aniqlash, shu
bilan birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy tannarxini
hisoblash hamda korxona
resurslari va pul mablag‘larining ishlatilishi ustidan nazoratni o‘rnatishdir.
Dostları ilə paylaş: