324
b) mol-mulk va resurs soliqlar hisobi
YUridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq hisobi.
YUridik shaxslar
mol-mulkiga soliq solishning maqsadi keraksiz va ortiqcha uskunalar hamda boshqa
mulklarning korxonalarda me’yordan ortiqcha
saqlanishini bartaraf etishdan,
korxonalarda tovar oboroti jarayonini jadallashtirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, mustaqil balansga ega bo‘lgan,
mulkchilikning turli shakllariga asoslangan barcha yuridik shaxslar soliq to‘lovchilar
hisoblanadi.
SHuningdek korxonalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan,
mustaqil balansga ega bo‘lgan filial, vakolatxona yoki
boshqa shakldagi tarkibiy
qismlari ham mol-mulk uchun soliq to‘lovchilar sanaladi. Soliq solish stavkalari va
soliq solish ob’ektlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ushbu soliq korxonaning mol-mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan
olinadi. YUridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkasi quyidagicha:
Yil davomida mol-mulkning hisobot davridagi (yil choragi, yarim yillik, 9
oylik) qoldiq qiymati mol-mulkning birinchi oyining 1 kunidagi qoldiq qiymatining
yarmini hisobot davrida keyingi oyning 1 kunidagi
qoldiq qiymatining yarmiga
qo‘shilishidan hosil bo‘lgan summani, shuningdek mol-mulk qoldiq qiymatining
hisobot davridagi qolgan barcha oylarning 1 kunidagi summasini hisobot davridagi
oylar soniga bo‘lishdan hosil bo‘lgan xususiy hosila sifatida belgilanadi.
Soliq
solinadigan bazani belgilash uchun buxgalteriya hisobining balans aktivida aks
ettiriladigan quyidagi schyotlar bo‘yicha summalar qabul qilinadi:
Soliq solinadigan bazani aniqlash uchun eskirishni chegirib gashlagan holda
quyidagi buxgalteriya xisobi schyotlari bo‘yicha balansning
aktivida joylashgan
summalar qabul qilinadi:
0110-0199 - asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0310- «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar»;
0710-0720 - o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (me’yordagi
muddatlarda o‘rnagilmaganlari bo‘yicha);
325
0810-«Tugallanmagan qurilish» (belgilangan muddatlarda tugallanmaganlari
bo‘yicha).
Korxonaning mol-mulkiga 4,0%li stavka bo‘yicha soliq solinadi. Me’yordagi
muddatlarda o‘rnatilmagan va foydalanilmayottan mol-mulk uchun korxona va tashkilotlar
mol-mulk solig‘ini ikki karrali stavka bo‘yicha to‘laydilar.
Soliqning hisoblangan summasi davr xarajatlarida hisobga olinadi va quyidagicha
o‘tkazma bilan aks etti-riladi:
Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
Kredit 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)»;
- soliq byudjetga to‘langanda:
Debet 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)»
Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti» .
Dostları ilə paylaş: