364
15-MAVZU. BYUDJETLASHTIRISH VA XARAJATLARNI
NAZORAT QILISH
REJA
15.1. Byudjetlashtirish va uning texnologiya jarayonlari hamda ishlab
chiqarishni tashkil qilishda tutgan o‘rni.
15.2. Korxonalarning bosh byudjeti, uning tarkibi va tuzilish tartibi.
15.3. Moslashuvchan va statik byudjet. Javobgarlik markazlari va
xarajatlarning kelib chiqish joylarini nazorat qilish.
15.1. Byudjetlashtirish va uning texnologiya jarayonlari hamda ishlab
chiqarishni tashkil qilishda tutgan o‘rni.
«Byudjet» atamasi keng ma’noda, davlat miqyosida iqtisodiy siyosatni ishlab
chiqish, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash na-
tijasida hukumat ixtiyorida
markazlashgan pul fondlarining, korxonalar ixtiyorida
esa markazlashmagan pul fondlarining shakllanishi va ulardan oqilona
foydalanishni anglatadi.
52
Tor ma’noda esa, «byudjetlashtirish» atamasi
hali bizning iqtisodiy
adabiyotlarda atroflicha yoritilmagan, chunki korxonaning doimiy asosga
qo‘yilgan
kompleks rejalashtirish, nazorat va xo‘jalik faoliyati tahlili tizimi shu
paytgacha faqatgina biznes-rejalashtirish bilan cheklangan edi.
Taraqqiy etgan mamlakatlar boshqaruv hisobida rejalashtirish jarayonini
ta’riflash uchun «byudjetlashtirish» atamasidan keng foydalaniladi.
Byudjetlashtirish korxonaning ma’lum davrga mo‘ljallangan
moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish hisoblanadi.
Byudjetlashtirishning afzalligi korxona moddiy, mehnat va moliyaviy
resurslarini uzoq, qisqa va o‘rta
muddatli rejalashtirish, raqobatchilarning xatti-
harakati, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo‘lgan bozor talablarini o‘rganishda
52
Xasanоv B.A., XashimоvA.A. Bоshqaruv hisоbi/Darslik –T.: YAngi nashr, 2012. - 168bеt.
365
o‘z ifodasini topadi. Byudjetlashtirishda asosiy e’tibor mahsulot, ish va xizmatlarni
sotishdan olinadigan daromad (foyda) hajmini taxminlashga qaratiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z faoliyatlarini tashkil etishda turli xil
texnologik jarayonlardan foydalanadi. Ushbu
jarayonlarning har birida
byudjetlashtirishning amalga oshirilishi quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo
etadi hamda uni amalga oshirishda quyidagilarni nazarda tutadi:
-korxonaning maqsadlariga erishishini ta’minlovchi xo‘jalik muomalalarini
rejalashtirish;
-barcha darajadagi rahbarlarni o‘zlari javobgar markazlar bo‘yicha o‘z
maqsadiga erishishlarida rag‘batlantirish;
-turli xil bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bunda bo‘linmalar
xodimlarining manfaatlari e’tiborga olinadi;
-korxona joriy
faoliyatini nazorat qilish, belgilangan tartib-qoidalarga amal
qilinishini ta’minlash;
-javobgarlik markazlari va ular menejerlari oldiga qo‘yilgan rejalarning
bajarilishini baholashda asos vazifasini o‘tash;
-menejerlar malakasini oshirishda ko‘maklashish.
Dostları ilə paylaş: