366
tuzib chiqish hisoblanadi. Mazkur smeta quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘zida aks
ettiradi:
a)
mahsulotlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan olingan
daromadlar;
b) ishlab chiqarishga sarflanadigan xomashyo va materiallar xarajatlari;
v) asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan
xodimlarning mehnat haqi
xarajatlari;
g) ishlab chiqarish xususiyatidagi ustama xarajatlar;
d) sotilgan mahsulotlar tannarxi;
e) sotish va ma’muriy-boshqaruv xarajatlari;
z) ishlab chiqarishdan kutilayotgan foyda yoki zarar.
Bosh byudjet korxonaning rahbarlari uchun muhim bo‘lib, rejalashtirilgan
hisobot davrida ular oldida turgan maqsad va vazifalarni
aniq belgilash hamda
ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, daromadlar va
xarajatlarning shakllanish
jarayoni, hisob-kitob va to‘lovlar holatini doimiy ravishda kuzatib borishga imkon
beradi.
Bosh byudjetni tuzish investitsiya qilingan mablag‘lardan foydalanish
samaradorligini ta’minlashda korxona mulkdorlari uchun ham zarur hisoblanadi.
Korxonaning
bosh
byudjeti
operatsion,
investitsiya
va
moliyaviy
byudjetlardan tashkil topadi.
Operatsion byudjetning asosiy maqsadi moliyaviy mablag‘larning
taxminiy
manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilab berishdir.
Sotish xarajatlari byudjeti strategik rejalashtirish asosida xaridorlar
imkoniyati va mahsulotlar hajmini e’tiborga olib vertikal hamda gorizontal tartibda
tuziladi.
Investitsiya byudjeti korxonaning byudjet davridagi kapital xarajatlari va uzoq
muddatli moliyaviy qo‘yilmalari rejasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: