B safarov, T. Raxmanov



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/134
tarix10.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#139444
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   134
fd5afb65e672618ed0bd391a84ede2ad BUXGALTERIYA HISOBI

Degressiv xarajatlar – 
o‘zgaruvchan xarajatlarning bir turi, ya’ni 
xarajatlarning o‘sish darajasi subekt ishbilarmonlik faolligining o‘sishidan ortda 
qoladi.
Direkt - kosting (Direct–Costing-System) – 
bevosita xarajatlarni ishlab 
chiqargan mahsulot yoki buyumlar bo‘yicha umumlashtiradigan boshqaruv 
hisobining tizimi. Mahsulot-buyumning to‘liq bo‘lmagan tannarxini kalkulatsiya 
qilish usuli bo‘lib ushbu usulni qo‘llaganda mahsulotning tannarxiga faqat 
o‘zgaruvchan xarajatlar qo‘shiladi. Natijada bilvosita xarajatlar esa hisobot 
davrining moliyaviy natijalari (xarajatlarning jamlamasi)ga olib boriladi. 
Diskontlangan qiymat – 
joriy qiymat va diskontlash koeffitsentini qo‘llash 
orqali aniqlangan pul mablag‘larining kelgusidagi tushumi miqdorini hisoblash. 
Diskontlangan xarajatlar – 
joriy vaqtdagi diskontlash koeffitsenti orqali 
aniqlangan kapital quyilmalar bo‘yicha taxmin qilinadigan xarajatlar. 
Zararsizlik nuqtasi (tenglik nuqtasi) – 
xo‘jalik yurituvchi subektning nol 
darajadagi moliyaviy natijaga erishishini aks ettiradigan ishbilarmonlik faoliyati. 
Ushbu holatda sarflangan jami xarajatlar olingan daromadlar bilan qoplanib hech 
qanday foyda ham olinmaydi, zarar ham ko‘rilmaydi. 
Zararsizlikning tahlili –
subekt faoliyatining zararsizlik nuqtasini aniqlashga 
yordam beruvchi qisqa muddat ichida olinadigan daromad, xarajatlar va 
foydalarning o‘zaro qaramligiga asoslangan tahlil. 


373 
Zahiralarni asrash uchun sarflangan xarajatlar –
tovar moddiy zaxiralarni 
sotib olish va ularni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar. 
 
 
Zaxiralarni baholash – 
tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor 
mahsulot va TMZ tannarxini hisoblash. 

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin