Zaxiralarga bo‘lgan xarajatlar – tovar moddiy zaxiralarni sotib olish,
saqlash va ularning tabiiy kamayishi bilan bog‘liq xarajat, sarf va zararlarning
yig‘indisi.
Zaxira sig‘imisiz xarajatlar – tijorat, sotish va ma’muriy boshqaruv
xarajatlari. Ushbu xarajatlar TMZ bevosita ta’sir qilmaydi va ishlab chiqarish
tannarxini kalkulatsiya qilishda qatnashmaydi ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish
tannarxiga qo‘shilmaydi.
Iqtisodiy samara – ushbu natijalarga erishish uchun ishlab chi-qarishdagi
natijalar va xarajatlarning taqqoslanishi.
Inkroment xarajatlar va daromadlar – qo‘shimcha mahsulot guruhini
ishlab chiqarish holatlarida ruyobga chiqadigan qo‘shimcha xarajatlar va
daromadlar .
Ishbilarmonlik faoliyatining segmenti – subektning ayrim faoliyat turi,
mahsulot turi bo‘limi, bozor manzili va hokazo.
Ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish usuli – ishlab chiqarilgan mahsulot yoki uning bir
birligi tannarxini aniqlashni ta’minlaydigan sarflangan xarajatlarni hujjatlashtirish
va aks ettirish usullarining yig‘indisi. Xarajat obektlari bo‘yicha – jarayonlar,
ishlov berish va buyurtma usullariga, xarajatlarni hisobga olishning to‘liqligi
bo‘yicha – to‘liq va to‘liq bo‘lmagan tannarxni kalkulatsya qilish va tezkorligi
bo‘yicha – haqiqiy.
Kapitallashtirish darajasi – aktivlardan foydalanish natijasida kutilayotgan
hajmining aktivlar qiymatiga bog‘liqlik darajasini o‘rnatadigan koeffitsent.
Kassaning umumlashtirilgan smetasi – budjetlashtirish tizimidagi ishlab
chiqarish muomalalariga to‘g‘ri keladigan ma’lum vaqtda kassadagi naqd pullarni
hisoblash.
374
Keltirilgan (diskontlangan) sof qiymat – boshlang‘ich investitsiya
xarajatlari summasiga kamaytirilgan, diskontlangan qiymat.