69
1 - misol. «Kassa» moddasi korxonalarning naqd pullarini aks ettiradi. Faraz
qilaylik, kassada 2000 so‘m bor. Xo‘jalik mablag‘lari balansning aktivida
ko‘rsatilganligi bois, schyotlarda ularning qoldiqlarini debetga yozish tartibi qabul
qilingan. Demak, 2000 so‘m qoldiqni «Kassa» schyotining debetiga yozish kerak.
SHuningdek, shunday operatsiyalar sodir bo‘lganki, ularning natijasida kassaga
korxonvalarda birinchi operatsiya bo‘yicha 500 000 so‘m, uchinchi operatsiya
bo‘iicha 300 000 so‘m kelib tushgan; kassada ikkinchi operatsiya bo‘yicha 600
000 so‘m va to‘rtinchi jarayon yuzasidan 280 000 so‘m chiqib ketgan (sarflangan).
Pullarning kelib tushishi (ko‘payishi)ni «Kassa» schyotining debetiga, ularning
chiqib ketishi (kamayishi)ni uning qarama-qarshi tomoniga - kreditiga yozish
kerak. Bu, kassadagi mablag‘lar harakatining yakunlarini hisoblab chiqishda naqd
pullarni kelib tushishini qoldiqqa qo‘shish, chiqib ketishini esa ayirish uchun
kerak.
SHunday qilib, 500 000 va 300 000 so‘m «Kassa» schyotining debetiga, 600
000 va 280 000 so‘m uning kreditiga yoziladi.
Naqd pullar harakatini debeti va krediti bo‘yicha oborotlar summasi hisoblab
chiqarilgandan keyin qoldiqni aniqlaymiz. U 22 000 so‘mga teng bo‘ladi 2 000
+800 000-780 000).
To‘rtta operatsiya yozilgandan keyin
Dostları ilə paylaş: