75
Ikki schyotga ta’sir etadigan schyotlar korrespondensiyasi oddiy, uch va undan
ko‘proq schyotlarga ta’sir etadiganlari esa murakkab schyotlar korrespondensiyasi
deb nomlanadi.
SHuni
ham nazarda tutish kerakki, xar qanday buxgalteriya yozuvi bir nechta
oddiy yozuvlardan iborat bo‘ladi. Masalan mol etkazib beruvchilardan olingan
1 200 000 so‘mlik materiallarni ikki oddiy o‘tkazmaga ajratish mumkin:
I.
D-t - «Xom ashyo va materiallar» schyoti
K-t- «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»
schyoti
- 700 000 so‘m
II.
D-t - «YOqilg‘i»
schyoti
K-t- «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»
schyoti- 500 000 so‘m
Murakkab yozuvlarning oddiylarga ajratilishi mumkinligini, bir schyotning o‘ziga
ta’sir etadigan bir necha operatsiyalar birga birlashtirilishi
bilan tushuntiriladi
(bizning misolda «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar» - passiv).
SHunday qilib, xo‘jalik operatsiyalarini ikki yoqlama yozuv usuli bilan aks ettirish,
albatta, ikki schyotga ta’sir etadi. Bunda bir schyot debetlanadi, ikkinchisi esa
kreditlanadi. O‘zaro korrespondensiyalanuvchi schyotlarning debeti va kreditiga har
bir operatsiya bo‘yicha bir xildagi summalar yoziladi.
Murakkab yozuv
qilinayotganda, bir schyot bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta schyotlar bo‘yicha
ko‘rsatilgan summalarning jami shu schyotda hisobga olingan umumiy summaga teng
bo‘lishi kerak.
SHunday qilib, ikki yoqlama yozuv ikki o‘zaro bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik
operatsiyalarini aks ettiruvchi sifatida mantiqiy toifa (kategoriya)dir. Ular xo‘jalik
operatsiyalarining o‘z mohiyatidan kelib chiqadi va shuning uchun u barcha
mamlakatlar amaliyotida mavjuddir.
Amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarining iqtisodiy mazmuni ustidan ikki
yoqlama yozuv yordamida nazorat o‘rnatiladi. Bunda schyotlar korrespondensiyasidan
foydalaniladi. Ikki
yoqlama yozuvning ahamiyatini, uning ana shu nazoratida
76
ko‘ramiz, ya’ni ma’lum bir davrdagi barcha schyotlarning debet oborotlari barcha
schyotlarning kredit oborotlariga teng bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: