176
qog‘ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aksioner jamiyatining faoliyati
davomida harakatda bo‘ladi.
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aksioner
jamiyatlarining aksiyalarini ro‘yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga
binoan
23
, hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak: aksioner
jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog‘ozning nomi – «aksiya»,
uning turi, tartib raqami,
chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan
aksiyalarning miqdori, ro‘yxatga oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning
kodi, dividendlarni to‘lash muddati, aksioner jamiyati boshqaruvining raisi va bosh
buxgalterining imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga bo‘lgan ustav kapitalining
hajmi.
Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan pul
milliy va xorijiy valyutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa
aktivlarni qo‘shish yo‘li bilan to‘lanishi mumkin.
SHaxsini belgilash usuliga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan
aksiyalarga bo‘linadi. Ismi yozilgan aksiyalarda mulkdorning maxsus daftarida
ro‘yxatga olinadi. Bu o‘z navbatida kimda qancha va
qanday aksiyalar borligini
aniqlash imkoniyatini beradi. Ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarda mulkdorning
ismi ko‘rsatilmaydi, natijada jamiyat o‘zining paychilari to‘g‘risida axborotga ega
bo‘lmaydi. Muomala nuqtai nazaridan ko‘rsatuvchiga berilgan aksiya afzalroqdir.
Aksiya egalariga berilgan huquqlar hajmiga qarab aksiyalar oddiy va
imtiyozliga bo‘linadi. Oddiy aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda
qatnashish, hisobot davri tugaganda aksionerlar majlisi tomonidan aniqlanadigan
miqdorda dividend olish va jamiyat faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash
huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda
qatnashish huquqini
bermaydi, lekin korxona o‘z faoliyatini foyda bilan yakunlamaganda ham birinchi
23
O‘zR VM 1994 yil 8 iyundagi 285–sonli qarorining 1 ilovasi; 2015 yil 23 sentyabrdagi 274– sonli O‘zR VM
qarori bilan kiritilgan o‘zgarishlar.
177
navbatda qat’iy belgilangan miqdorda dividend olish huquqini beradi. Bunday
hollarda korxona rezerv fondidagi mablag‘lardan foydalanadi.
Imtiyozli aksiyalarni chiqarish aksioner jamiyatiga o‘z mablag‘larini jalb
qilish yo‘li bilan ustav kapitalini ko‘paytirish imkoniyatini beradi.
Obligatsiya
– uni saqlovchilarga qat’iy belgilangan foiz bilan birga nominal
qiymatini to‘lash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozdir.
Obligatsiyani tasarruf etuvchi obligatsiya chiqargan aksioner jamiyati yoki
korxonaning, davlat yoki mahalliy hukumatning kreditori bo‘lib hisoblanadi.
SHaxsini belgilash usuli va boshqa xususiyatlariga qarab ismi yozilgan va
ko‘rsatuvchiga berilgan, foizli va foizsiz, erkin muomalada bo‘ladigan va muomala
doirasi cheklangan obligatsiyalarga bo‘linadi. Obligatsiyalarni
har qanday mulk
shakliga ega bo‘lgan korxona chiqarishi mumkin. Ularni sotishdan olingan pul
faqat korxonani rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin.
Ichki davlat obligatsiyalari va mahalliy zayomlar bank muassasalari orqali
tarqatiladi; ularni sotishdan olingan mablag‘lar tegishli Respublika yoki mahalliy
budjetga o‘tkaziladi. Bular faqat ko‘rsatuvchiga berilgan obligatsiyalardir.
Obligatsiyalar bo‘yicha foizlar ularning harakat muddati ichida davriy berib
borilishi yoki obligatsiyaning harakat muddati tugagandan keyin bir yo‘la berilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: