B safarov, T. Raxmanov


 Mehnatga haq to‘lashning shakllari va tizimlari hamda ularni



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/134
tarix10.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#139444
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   134
fd5afb65e672618ed0bd391a84ede2ad BUXGALTERIYA HISOBI

8.2. Mehnatga haq to‘lashning shakllari va tizimlari hamda ularni 
hujjatlashtirish 
Mehnatga haq to‘lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini 
bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash 
zarur. Demak, korxonada mehnatga haq to‘lashni tashkil etish bir-biriga bog‘liq 
bo‘lgan uchta elementlar bilan aniqlanadi: tarif tizimi, mehnatni normalashtirish va 
mehnatga haq to‘lash shakllari. Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi, 
sarflangan mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga olinadi, ish haqini 
hisoblash tartibi esa mehnatga haq to‘lash shakllari bilan aniqlanadi. 
Ishchilar mehnatiga haq to‘lashda tarif setkasi asos bo‘lib hisoblanadi. Tarif 
setkasi ishlovchilarning malakasi, mehnatga haq to‘lash shakli va mazkur sohaning 
xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi. Tarif tizimiga 
quydagilar kiritiladi: 
- bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilovchi 
tarif stavkasi; 
- haq to‘lashda ish va ishchilarning (malakasi) turli razradlari orasidagi 
munosabatlarini ko‘rsatuvchi tarif setkasi; 
- tarif-malakaviy ma’lumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish 
va ishchining razradi aniqlanadi. 
Oddiy ishlar 1-razradli ishchining tarif stavkasi bilan to‘lanadi. Mehnat 
malakasi darajasiga, ya’ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffitsentiga, qarab 
qolgan razradlarning tarif stavkalari bu razraddan ortiq bo‘ladi. Tarif razradi har 
bir ishlab chiqarish operatsiyasiga, har bir ish turiga tayinlanadi, shuning uchun ish 
bajarish normalarini hisobga olgan holda, ishbay ish haqini hisoblab topishda tarif 
stavkasidan foydalaniladi. 
Mehnatga haq to‘lash shakli, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar, rag‘batlantirish 
to‘lovlari, kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi 


219 
tomonidan qabul qilinadigan jamoa shartnomasi bilan belgilanadi. Davlatning tarif 
stavkalari va okladlari korxonada ishchilarning malakasiga, kasbiga, ular 
tomonidan bajariladigan ishlar sharoitining murakkabligiga qarab baza sifatida 
foydalanilishi mumkin. 
2010 
yil 

yanvardan 
boshlab 
byudjetdan 
moliyalashtiriladigan 
muassasasalar, tashkilotlar va korxonalarning xodimlari mehnatiga haq to‘lash 
O‘zR VMning 2009 yil 21 iyuldagi 206-sonli qarori bilan tasdiqlangan YAgona 
tarif setkasi (YATS)ga asosan amalga oshiriladi. U o‘z ichiga 22 tarif razryadini 
oladi va tarif koeffitsentlari orqali turli xil razryaddagi ish va ishchilar (malaka) 
o‘rtasidagi mehnatga haq to‘lash nisbatini namoyon etadi (8.1 -jadvalga qarang). 

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin