B safarov, T. Raxmanov



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/134
tarix10.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#139444
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   134
fd5afb65e672618ed0bd391a84ede2ad BUXGALTERIYA HISOBI

ishbay-progressiv
shaklida 
hisoblash. 
Ishchilar mehnatiga haq to‘lashning ishbay-progressiv shaklida, o‘rnatilgan 
boshlang‘ich meyor (negiz)lar chegarasida to‘g‘ri ishbay narxlarida, bu me’yordan 
ortiqchasi - oshirilgan narxlarda amalga oshiriladi. Ishbay baholarning oshishi, har 
bir holatda maxsus shkala bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, boshlang‘ich meyorni 1% 
dan 10 % gacha ortig‘i bilan bajarganda ishbay baho 30% ga oshadi, 10 dan 30% 
gacha - 50% ga oshadi va hokazo. Bu tizim bo‘yicha qo‘shimcha haqlar har xil 
usullar bilan belgilanadi. Quyidagi usullar nisbatan universal bo‘lib hisoblanadi: 
- ish haqining, butun bajarilgan ish hajmi uchun to‘g‘ri baholarda hisoblangan 
qismini aniqlash; 
- olingan kattalik ishlab chiqarish me’yorini oshirib bajarish foiziga va ishbay 
narxning oshish koeffitsientiga (koeffitsient amaldagi progressiv to‘lov 
shkalalaridan olinadi) ko‘paytiriladi. 
Misol: Asosiy ishlab chiqarish ishchisi bir oyda 300 dona mahsulot 
tayyorladi. Bir dona mahsulot uchun ishbay baho: 250 donagacha - 5250 so‘mni, 
250 dan 300 donagacha - 5700 so‘mni, 300 dan 330 donagacha - 5850 so‘mni 
tashkil etadi. 
Ushbu holatda ish haqini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
belgilangan meyor doirasida tayyorlangan mahsulot uchun ish haqi miqdori 
aniqlanadi: 250 dona x 5250 so‘m = 1312500 so‘m; 
belgilangan me’yordan oshirib tayyorlangan mahsulot uchun ish haqi miqdori 
aniqlanadi: 50 dona x 5700 so‘m = 285000 so‘m; 


225 
ishlab chiqarilgan mahsulot uchun ish haqining umumiy summasi aniqlanadi: 
1312500 + 285000 = 1597500 so‘m. 
Xodimga ish haqini, mehnatga haq to‘lashning 
bilvosita
shaklida hisoblash. 
Ayrim ishlar turi bo‘yicha eng kam ish haqi miqdorlari Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlanadi. CHunonchi, Vazirlar Mahkamasining 08.01.2007 y.dagi 
8-son qarori bilan: 
- fan, adabiyot va san’at asarlari nashr etilganligi uchun mualliflik haqining 
eng kam stavkalari; 
- ommaviy ijro etish uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik adabiy 
asarlar yaratish bo‘yicha buyurtmalarni bajarganlik uchun, haykaltaroshlik asarlari, 
tasviriy san’at asarlari yaratganlik, badiiy loyihalashtirish va konstruktsiyalash 
uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari, shuningdek ushbu haq Davlat 
byudjeti mablag‘lari hisobiga to‘langanda uning eng yuqori stavkalari; 
- dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun 
haq to‘lashning eng kam stavkalari hamda ushbu haq Davlat byudjeti mablag‘lari 
hisobidan to‘langanda uning eng yuqori stavkalari; 
- O‘zbekiston Milliy axborot agentligi kanallari orqali, televidenie va radioda 
beriladigan materiallar uchun haq to‘lashning eng kam stavkalari; 
- kinofilmlar uchun adabiy stsenariylar, original musiqa va qo‘shiqlar 
matnlarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari; 
- kinofilmlar uchun maslahatlar berish bo‘yicha mutaxassislar mehnatiga haq 
to‘lashning eng kam stavkalari; 
- kinofilmlar postanovkasi uchun ularning badiiy darajasiga ko‘ra suratga 
olish guruhlarining ijodiy xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam 
stavkalari tasdiqlandi va 2007 yilning 1 fevralidan amalga kiritildi. 
Mualliflik haqini va boshqa haq to‘lash turlarini belgilangan eng kam 
miqdorlardan kam to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi (yuqoridagi qarorning 2-bandi). 
Mehnatga haq to‘lashning bilvosita shakli, odatda, yordamchi ishlarni 
bajaruvchi ishchilar mehnatiga haq to‘lash uchun qo‘llaniladi: texnologik 
uskunalarni sozlovchilar, ta’mirlovchi chilangarlar, ustalar va boshqa yordamchi 


226 
ishchilar yordamchilari, faoliyat natijalari asosiy ishchilar ishlab chiqarish 
unumdorligiga ta’sir etuvchilar. 
Bir turdagi xodimlarning ish haqisi boshqa turdagi xodimlarning ish haqiga 
nisbatan foiz hisobida ifodalangan mehnatga haq to‘lash shakli, bilvosita ishbay 
deb nomlanadi. 
Misol: YOrdamchi ishlar bilan band bo‘lgan xodimga asosiy ishlab chiqarish 
xodimlariga hisoblangan ish haqining 8 foizi hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarish 
xodimlarining oylik ish haqi 2 000 000 so‘mni tashkil etdi. 
Mehnatga haq to‘lashning bilvosita shakli, odatda, yordamchi ishlarni 
bajaruvchi ishchilar mehnatiga haq to‘lash uchun qo‘llaniladi: texnologik 
uskunalarni sozlovchilar, ta’mirlovchi chilangarlar, ustalar va boshqa yordamchi 
ishchilar yordamchilari, faoliyat natijalari asosiy ishchilar ishlab chiqarish 
unumdorligiga ta’sir etuvchilar. 
Qo‘rib chiqilayotgan oyda asosiy ishlab chiqarish xodimlari ish haqi 2 000 
000 so‘mni tashkil etgan ekan, demak yordamchi ishlar bilan band bo‘lgan 
xodimga 160 000 so‘m miqdorida ish haqi hisoblanadi (2 000 000 x 8%). 
Xodimga ish haqini, mehnatga haq to‘lashning akkord shaklida hisoblash. 
Mehnatga haq to‘lashning akkord shakli, butun ish hajmi (yig‘indisi) uchun 
ish haqi miqdorini belgilaydi va akkord topshiriqlarini bajarish muddatlarini 
qisqartirganlik uchun mukofotlashni o‘z ichiga oladi. Bunda ishlarning umumiy 
qiymati, ishlab chiqarish me’yoriy vaqtlari va baholari asosida aniqlanadi. 
Brigadaga butun asosiy va yordamchi ishlar yig‘indisi nazarda tutilgan akkord 
topshirig‘i topshiriladi. Topshiriqda ish boshlanishi va tugash vaqti, shuningdek ish 
haqi va mukofotlar qiymati ish sifati etiborga olingan holda ko‘rsatiladi. 
Muddatidan ilgari bajarilgan hollarda, mukofot miqdori oldindan ma’lum bo‘ladi. 
Akkord tizimi ishlab chiqarish davri uzoq muddat davom etadigan ishlarda va 
qurilishga ixtisoslashgan, avtotransport tashkilotlarida qo‘llaniladi. 
Mehnatga 
vaqtbay
shaklida haq to‘langanda ish haqi hisoblash bo‘yicha asos 
qilib ishchining sarflagan vaqti va tarif stavkasi olinadi. 
Vaqtbay ish haqi shakli ikki tizimdan iborat: mehnatga haq to‘lashning oddiy 


227 
vaqtbay tizimi va vaqtbay-mukofot tizimi. Oddiy vaqtbay tizimida ish haqi 
bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog‘liq. Vaqtbay-mukofot tizimida oddiy 
vaqtbay tizimi bo‘yicha hisoblangan ish haqiga qo‘shimcha qilib bajarilgan ishning 
sifati, material, yoqilg‘ilarning, tejalishi bekor turishlarning qisqarishi, mashina va 
agregatlarning to‘xtovsiz ishlashi va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab mukofot 
hisoblanadi. 
Misol: Buxgalter - kassirga maosh oyiga 800 ming so‘m miqdorida 
belgilangan bo‘lib, u oydagi barcha ish kunlari ishlab berish sharti bilan to‘liq 
to‘lanadi. Iyun oyida xodim tomonidan 23 ish kuni, iyulda - 24 ish kunidan 10 ish 
kuni to‘liq ishlab berildi. 
Ishlab berilgan kunlar sonini aniqlash uchun korxonada mehnat vaqti hisobi 
tabeli T-13 shakl yuritilishi kerak. Tabel, uni yuritish topshirilgan shaxs tomonidan 
bir nusxada tuzilib, korxona buxgalteriyasiga oyda ikki marotaba - oyning birinchi 
yarmiga (bo‘nak) to‘lov summalariga tuzatish kiritish uchun va oylik ish haqini 
hisoblash uchun beriladi. Agar korxonada mehnatga haq to‘lash oyda bir marotaba 
amalga oshirilayotgan bo‘lsa, u holda tabel ham korxona buxgalteriyasiga oyda bir 
marotaba yakuniy hisob uchun beriladi. 
Iyun oyida buxgalter barcha ish kunlarini ishlab bergan ekan, demak unga 
lavozim maoshi to‘liq to‘lanadi, ya’ni 780 ming so‘m. 
Buxgalterga iyul oyi uchun ish haqi, faqatgina u tomonidan haqiqatda ishlab 
berilgan 10 kun uchun hisoblanadi. 
Ushbu summa mehnatga haq to‘lashning kunlik stavkasini uning haqiqatda 
ishlagan ish kuniga ko‘paytirib topiladi (10). 
Iyul oyida 24 ish kuni bo‘lib, shunga muvofiq kunlik mehnatga haq to‘lash 
stavkasi 32500 so‘mni (780 000 so‘m/24 kun) tashkil etadi. SHulardan kelib 
chiqqan holda iyul oyiga hisoblangan mehnat haqi miqdori 325 000 so‘mni tashkil 
etadi (780 000/ 24 x 10).
Misol: Reklama bo‘yicha menejerga lavozim maoshi 950000 so‘m qilib 
belgilangan. 2017 yil fevral oyida u 15 ish kuni ishladi. 


228 
Mehnatga haq to‘lashning oddiy vaqtbay shaklida haqiqatda ishlab berilgan 
kunlarga to‘lov amalga oshiriladi. Fevral oyida 20 ish kuni bo‘lib, ulardan 15 kuni 
reklama bo‘yicha menejer tomonidan ishlab berilgan. 
Uning ish haqini hisoblash uchun, oldin, bir ish kuni uchun to‘lanadigan ish 
haqi miqdorini aniqlash zarur. Maoshi 950000 so‘m bo‘lgan holatda, fevral oyidagi 
kunlik ish haqi 47500 so‘mga (950000 / 20) teng bo‘ladi. SHunday ekan, fevral oyi 
uchun menejerning ish haqi 47500 x 15 = 712500 so‘mga teng bo‘ladi.
Misol: Vaqtbay ishchi 2017 yil fevral oyida 135 soat ishladi. Tarif stavkasi 
6250 so‘mni tashkil etadi. 
Mehnatga haq to‘lashning soatbay shaklida xodimning ish haqi, uning tarif 
stavkasini ishlab berilgan soatlar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi. 
Ushbu holatda, xodimning oylik ish haqi 135 x 6250 = 843750 so‘mni tashkil 
etadi.
Misol: Mehnatga haq to‘lashning mukofotli vaqtbay shaklida asosiy ishlab 
chiqarish xodimlariga ish haqi hisoblash. 
Tikuvchi oy davomida 24 smena ishlab berdi. Olti soatlik ish kuniga tarif 
stavkasi - 62500 so‘mni tashkil etadi. Bolalar buyumlarini tikish rejasini 
bajarganlik uchun ish haqining 12% miqdorida, rejani oshirib bajargan har bir foiz 
uchun ish haqidan 0,7% miqdorida mukofot to‘lanadi. Oylik reja 105%ga 
bajarilgan. 
Tarif stavkasi (maoshi) bo‘yicha ish haqidan tashqari qo‘shimcha ravishda, 
ma’lum miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga erishgani uchun xodimlarga mukofot 
to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash tizimi, mehnatga haq to‘lashning mukofotli 
vaqtbay shakli deb ataladi. 
Rejani bajarganlik va oshirib bajarganlik uchun mukofot to‘lash to‘g‘risidagi 
Nizom korxonaning mehnatga haq to‘lash, mukofotlash haqidagi ichki meyoriy 
hujjatlarida mustahkamlangan bo‘lishi shart, masalan, xodimlarni mukofotlash 
to‘g‘risidagi nizomda, jamoa shartnomasida. Mukofot ishlab chiqarish hisobi 
bo‘yicha birlamchi hujjatlar ma’lumotlari asosida to‘lanadi. 


229 
SHunday qilib, ushbu oy uchun tikuvchining umumiy ish haqi tarif stavkasi 
bo‘yicha ish haqi summasi, bolalar kiyimini tikish rejasini bajarganlik uchun 
mukofot va rejani oshirib bajarganligi uchun mukofot summalariga teng bo‘ladi. 
Bir smena uchun tarif stavkasi 62500 so‘m bo‘lganda, tikuvchining ishlab 
bergan 24 smenasi uchun ish haqi 1500000 so‘mni (24 x 62500) tashkil etadi. 
Rejani bajarganlik uchun mukofot - ish haqidan 12% miqdorida, ya’ni 180 
000 so‘m (1500000 x 12%). 
Tikuvchi oylik rejani 105% ga bajardi, shunday ekan, unga mukofotlash 
to‘g‘risidagi nizomga muvofiq rejani oshirib bajarganligi uchun har bir oshirib 
barjarilgan foiz uchun ish haqidan 0,7% miqdorida mukofot to‘lanishi lozim. 
Mukofot 52500 so‘mni (1500000 x 0,7% x 5) tashkil etadi. 
Umumiy ish haqi 1732500 so‘mni (1500000+180000+52500) tashkil etadi. 
Mehnatni tashkil qilish shakliga qarab ishbay va vaqtbay shakllardagi 
mehnatga haq to‘lashlar yakka va umumiy bo‘lishi mumkin. Ish jarayonida 
kasblarni birga qo‘shib olib borish, ijrochilarning birini ikkinchisiga bog‘liqlik 
zarurati bo‘lsa, mehnatga haq to‘lash umumiy bo‘lishi mumkin.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin