B safarov, T. Raxmanov


 Egri vato‘g‘ri xarajatlar tarkibi hamda ularning hisobi



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/134
tarix10.12.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#139444
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134
fd5afb65e672618ed0bd391a84ede2ad BUXGALTERIYA HISOBI

9.2. Egri vato‘g‘ri xarajatlar tarkibi hamda ularning hisobi. 
9.3. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari. 
9.4. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari va uni hisobdan chiqarish hisobi. 
9.5. YOrdamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning 
hisobini tashkil qilish. 
9.6. Xizmat ko‘rsatish va davr xarajatlari hisobi. 
9.1. Xarajatlar to‘g‘risida tushuncha va ular hisobini tashkil qilishning 
xuquqiy-me’yoriy asoslari. Xarajatlarni guruhlanishi. 
Iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash 
hsharoitida 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligini 
oshirishda 
xarajatlar 
alohida 
o‘rin tutadi. Xarajatlar 
mahsulotlarni ishlab chiqarish, tovarlar sotish, ishlar bajarish va xizmatlar 
ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflarning puldagi ifodasidir. Xarajat – bu 
moddiy resurslarni sotib olishga qilingan sarflar bo‘lib‚ daromadlar va xarajatlar 
konsepsiyasiga ko‘ra‚ shu davrning o‘zida daromad keltirishi kerak. 
Xarajatlarga milliy standartlarda quyidagicha ta’rif beriladi: «
Xarajatlar

aktivlarning qisqarishi yoki sarflanishi natijasida iqtisodiy resurslarning 
kamayishi, shuningdek daromadlarni olishga oid xo‘jalik sub’ektining odatiy 
faoliyati natijasida majburiyatlarning paydo bo‘lishidir»
30
Xarajatlarini hisobga olishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 
- iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul qilish 
uchun sub’ekt ma’muriyatini zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash; 
30
1-son BHMS Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. 


248 
- chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni 
kuzatish va nazorat o‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va 
kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish; 
- ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni baholash va moliyaviy natijalarni
hisoblash uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash; 
- sub’ekt tarkibiy bo‘linmalari ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy 
natijalarini aniqlash va baholash; 
- uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish texnologiyalarining 
qoplanishi, bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha rentabellik 
darajasi, ularga qo‘yilgan kapitallarning samaradorligi va faoliyati bo‘yicha 
boshqaruv hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish.
 
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyasiya moddalari bo‘yicha 
ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari 
bo‘yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda 
mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va 
sotish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z vaqtida, to‘laligicha va haqqoniy aniqlash, shu 
bilan birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash hamda korxona 
resurslari va pul mablag‘larining ishlatilishi ustidan nazoratni o‘rnatishdir.

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin