2. E s t e t i k l i g i. Badiiy til emotsional tildir. To`g`ri, tilning estetik, hissiy, ekspressiv xususiyatlari ma’lum darajada boshqa uslublarga xosdir. Biroq bu xususiyat badiiy tilda to`laroq namoyon bo`ladi. San’atkor til vositalsida ma’noni kuchaytiradi va chuqurlashtiradi. Bunda u tilning fonetik, morfologik, stilistik va leksik vositalaridan ham foydalanadi. San’atkor qo`lida tovushlar ham obraz yaratish vositasiga aylanadi. 3. K o n k r e t l i g i ( aniqligi va tiniqligi). Badiiy til o`zining konkretligi bilan ham ajralib turadi. San’atkor ishlatgan so`z ko`zda tutgan ma’noni aniq ifoda etishi kerak. Badiiy matndagi so`zning ko`p ma’noliligi obraz mohiyatini ochishga putur etkazadi. Badiiy tilda har bir so`z aniq ma’noli, konkret harakat-holatni ifoda etishi, muayyan g`oyaviy-badiiy funktsiyani bajarishi kerak.

4. Grammatik qoidalardan chekinish. Badiiy tilda grammatik qoidalardan chekinishga ham yo`l qo`yilishi mumkin. Ayniqsa, she’riyatda so`zlarning talaffuz etilishi, bo`g`inlar, gap qurilishi o`ziga xos bo`lib, alohida badiiy-estetik ahamiyat kasb etadi. Ayrim hollarda grammatik, stilistik xatoliklar ham obraz yaratish vositasiga aylanadi. 5. I n d i v i d u a l l i g i (o`ziga xosligi). Har bir san’atkor tili o`zining individualligi bilan ham farq qiladi. Badiiy asar tilida muallif Shaxsi kuchli namoyon bo`ladi. Har bir muallif tomonidan til vositalari, ularni qo`llash usullari ham o`ziga xos bo`ladi. Bunda muallifning dunyoqarashi, asarining mavzusi, janri, uslubi, san’atkorning eruditsiyasi, tarbiya va bilim darajasi katta ahamiyatga molikdir. Har bir san’atkor tili ham xalq tilining an’analariga bo`ysunadi. Biroq har bir san’atkor xalq tiliga o`ziga xos mahorat bilan yondaShadi, uni rivojlantiradi. Daho san’atkorlar til taraqqiyotiga katta ta’sir ko`rsatadilar. SHuning uchun ham til tarixini yirik yozuvchilarsiz, ularning ijodisiz tasavvur etib bo`lmaydi.