Badiiy ijodiyot


Bolalarni to’gri talaffuzga o’zgartirishning asosiy vazifalari



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə3/4
tarix26.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#135768
1   2   3   4
O\'QUV USLIBIY QO\'LLANMA

Bolalarni to’gri talaffuzga o’zgartirishning asosiy vazifalari.

Tilni amalda o’zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (tovush – bo’g’in- ibora
–matn) tinglab ajratib olish va ularni to’g’ri talaffuz qilishning nazarda tutadi, shuning
uchun maktabgacha yoshdagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi
ishlar muntazam ravishda olib borilishi lozim. Oxang, tembr, pauza, urg’ulashning turli
xillari tovush ifodaliligining muhim vositalari xisob.
Bolalar bilimlarini kengaytirishiga yo’naltirilgan,
ishtirok etishga mo’ljallangan interfaol usullar:

Aqliy hujum. Qisqa hikoya.
Savol-Javob.
Tetiklashtiruvchi mashqlar.
Kerakli jihozlar;
“Quvnoq tilcha haqida” ertagi bilan ishlashni mo’ljallash.
Mashg’ulotning borishi.
To’garak rahbari: Bolalar, qani ayting-chi, “Biz nima orqali
Gapiramiz?” (og’zimiz bilan). To’gri , og’zimiz orqali. Og’zimiz uychaga o’xshaydi. Bu
uychada nima yashaydi? To’g’ri til. Til haqida ertak eshitganmisiz? Qani eslab
ko’ringchi. Til uychada yashaydi. U yashaydigan uychaning eshigi bor-a? Uning
uychasida bitta eshikcha emas, balki ikkita eshikcha bor edi. Birinchi eshigi- lablar,
ikkinchi eshigi – tishlar. Bu uyning shifti ham bor edi. Bu nima deb atalar e di? To’gri ,
Tanglay. Biz gapirmaganimizda uychaning ikkala eshikcahasi yopiq bo’ladi va tilcha
ko’rinmaydi. Hammangiz og’zingizni yoping va bir-biringizni og’zingizga qarang. Tilcha
qorong’ida o’tiraverib zerikib, ko’chaga chiqib sayr qilib kelmoqchi bo’ladi. Avval
til uchini chiqarib, xavo qanday ekanligini bilib olmoqchi bo’ladi. Kelinglar,
hammamiz shunday qilamiz ( to’garak rahbari bolalarni bu harakatni qanday
bajarayotganligini tekshirib chiqadi). Mana qanday tilcha, xammangiz bir-biringizga
qaranglar. Birdan qattiq shamol esdi, tilcha burishdi. Ingichka bo’lib oldi, so’ngra
buttunlay uychasiga yashirinib, uxlash uchun karavatchasiga cho’zildi. (bolalarni
tekshirish). Uyqudan uyg’ongan tilcha mashq qilmoqchi bo’ldi, yuqoriga ko’tarila
boshladi. (yuqoridagi tishlar orqasiga), so’ngra pastga tushadi (pastki tishlar
orqasiga) (to’garak rahbari xar bir bolani tekshiradi). Tilcha avval mashqni sekin-
sekin bajaradi, so’ngra tez-tez sakray boshladi. U sakraganda shiftga yetay-yetay
deydi, sakrab shiftni til uchi bilan silab qo’ydi. Tilcha mashq qilib bo’lgach, yana
ko’chaga chiqmoqchi bo’ldi. Ko’chaga chiqib zinapoyaga o’tirdi (tilning keng
oldingi qirrasini pastki labga qo’yish, bolalar bu xolatni bajarayotganlarida pastki
lablarini qiyshaytirmasinlar, pastki tishlarga tekkizmasinlar). Bir o’zi o’tiraverib
zerikdi, o’ynash uchun ko’chaga xech kim yo’q edi. Bolalar yo’qmmikin , deb
tilcha avval o’ng tomonga , so’ngra chap tomonga qaradi. Xech bir bola yo’q edi.
Bolalarni qidirib o’yinning atrofida yugura boshladi (til og’iz atrofida aylanma
xarakat qiladi.). Birga o’ynash uchun sherik topdi, sevinganidan sakradi, va tili
bilan cho’lpillatdi (tilni tanglayga yopishtirib, uchi bilan cho’lpillatadi (bolalar
tekshiriladi).

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin