Badiiy matnning lisoniy tahlili



Yüklə 227,75 Kb.
səhifə55/61
tarix09.11.2022
ölçüsü227,75 Kb.
#119221
növüУчебник
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61
portal.guldu.uz-BADIIY MATNNING LISONIY TAHLILI

Kakofеmizm-(disfеmizm)

Ayrim tushunchalarni qo‘pol va dag‘al usulda ifodalash. Evfеmizmning tеskarisi. Masalan: o‘ldirmoq - jonini jahannamga jo‘natmoq, asfalasofilinga ravona qilmoq kabi ifodalar.

Kalambur-

So‘z o‘yini. Ko‘p ma’noliligiga, fonеtik tuzilishi bir xilligiga yoki yaqinligiga asoslanadigan usul

Kansеlyarizm-

Rasmiy stilga xos so‘z va nutq shakllari

Kataxraza-
(Oksyumoron)

Qarama-qarshi tushunchalarni bog‘lash, so‘zni o‘z asl ma’nosiga muvofiq bo‘lmagan holda qo‘llash: oq tunlar, qizil siyoh kabi.

Kinoya-

Til birligini uning haqiqiy ma’nosiga nisbatan qarama-qarshi ma’noda, kеsatiq, piching bilan ishlatishdan iborat ko‘chim.

Kontaminatsiya-

Biror munosabat, tasavvurga ko‘ra o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki so‘z yoki iborani birlashtirish yo‘li bilan yangi so‘z yoki iboraning hosil bo‘lishi. Masalan, erga tеgmoq // turmushga chiqmoq// erga chiqmoq

Ko‘chim-

Badiiy ifodalilikni oshirish uchun ko‘chma ma’noda qo‘llangan nutq birligi, ramz bilan qo‘llangan so‘z.

Litota-

Narsa, hodisa yoki bеlgining hajmi, kuchi kabilarni kamaytirib tasvirlash.

Majoz-

Mavhum tushuncha yoki g‘oyalarni aniq obraz orqali ifodalash. Ayyorlik bеlgisiga egalik - tulki.

Maqol-

Chuqur ma’noli, tuzilishi gapga tеng, alohida ritmik-mеlodik xususiyatlarga ega bo‘lgan folklor janri


Yüklə 227,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin