Badiiy so’z qudrati


CHO'LPON Shu ojiz holimga shoirmanmi men? Cho'lpon. 1



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə18/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70
56 7-ADABIYOT

CHO'LPON
Shu ojiz holimga shoirmanmi men?
Cho'lpon.
1. Ona tilim, Sen ruhimning qanoti,
Abut turk nafasi, Oltoy chechagi.
Xun davridan omon keldi G'iroting,
Qutlug' Enasoyning ezgu ertagi.
O'rxun bo'ylarida toshga aylanding,
Ko'klarga sanchilding, Turon bo'lding sen.
Mangulik safarga qachon shaylanding?
Qachon bu alamga - kuchga to'lding sen?
Porloq osmoningda quzg'unlar uchdi.
E voh, yog'iylaring soldi yag'moni.
Yog'iylaring jigar-qoningni ichdi.
Jigar-qon jarangi tutdi jahonni.
Onasen. Kechirding. Qonidan kechding,
Biroq kechirmading aslo yolg'onni.
2. Dunyo oq emasdir, yo'q, qora bardosh.
Kuyib, yodimizdan kechganlar aytsin.
So'zlarida zahar, ko'zlarida tosh,
Elidan, tilidan kechganlar aytsin.
Tunlar bosib kelar dunyo hasrati.
Kunlar gizli tug'yon, bosib kelar she'r.
Nechuk qismat erur, shoir qismati?!
Tushlarimni buzar hazrat Alisher.
Yillar bahorimni uchirdi chalqib,
Muzlarga ko'chirdi o'tluq yozimni.
Axtardim muhitdan xas kabi qalqib ­
Men o'z Yulduzimni, o'z Quyoshimni...
Yulduz - sen, quyosh - sen, sen, ona xalqim,
Sen uchun sindirdim sinmas sozimni.
1 Abut turk - turklar otasi. Nuh payg'ambarning kenja o'g'li Yofasning laqabi. 2 Yag'mo - to's-to'polon, talon-taroj.
3. O, shoir qismati, yarqiroq, gulgun,
Zavqlarga to'lar u, bir so'zni izlar.
Dunyoda hech bir zot bilmas, ne uchun
Ayricha kular-u, ayricha bo'zlar.
Yo'lsizlik yo'ldoshi toleyi nigun
Hech qachon to'yarmi axir yovuzlar.
Bu - xalq dushmani deb tutsalar bir kun,
Baribir, u xalqning nomidan so'zlar.
Boshida qora qish, oppoq bahorlar,
Yuragi yarim-u butun iymoni,
Talotum olamni shivirlab chorlar.
Tani omonatdir, naqd erur joni.
Ko'krak qafasida lovullab porlar
Buyuk muhabbatning qonli nishoni.
YOMG’IR YOG’AR
Yomg'ir yog'ar, shig'alab yog'ar,
Tomchilar tomchilar sochimga,
Yomg'ir yog'ar, shig'alab yog'ar,
Ham qayg'umga, ham quvonchimga.
Yomg'ir yog'ar, shig'alab yog'ar,
Men unga ochaman bag'rimni,
Yomg'ir yog'ar, shig'alab yog'ar,
Asta unutaman yomg'irni.
Yomg'ir yog'ar, shig'alab yog'ar,
Oxir meni asir etar ul.
Yomg'ir yog'ar, shig'alab yog'ar,
Yog'a boshlar qog'ozga ko'ngil.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin