Badiiy so’z qudrati



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə21/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70
56 7-ADABIYOT

KO'RDIM: SHUKUR BURHON...
Ko'rdim: Shukur Burhon «Hamza»dan chiqib,
asta piyodalab ketdi bir kuni.
Bir yon gavjum ko'cha, bir yon rastalar,
Olomon...
Ko'pchilik bilmadi uni.
Repetitsiya o'tgan. Mana, u borar,
charchoq, tund...
Parvosiz harakat aro.
Hozirgina ulug' shoh Edip edi,
endi fuqarodan battar fuqaro.
Ustoz! Zamonlarning do'nish makrini
ko'chada grimsiz ko'rsatishmi bu?!
Kecha yig'lab sizga talpingan jonlar
bugun tanimasdan o'tarlar, yohu!
Tirsaklar, qorinlar, ko'krak, yelkalar
sizni turtib-surtib shoshar o'zicha.
Tomosha bo'lganin sezmaslar, yorab,
shunday buyuk aktyor yuzi-ko'zicha.
Kaltabin «ilmkash» bu salt yurishni
«Daho xalq ichra» deb jo'shishi mumkin.
Ko'rmaski, dahoga yo'l bermas hech kim,
Bazo'r bormoqda u, qisilib, munkib.
Xalq emish, kabobpaz, ana, «Keling» der,
ko'zidek qizarib sixda chandiri.
Lunjqizil somsapaz piyoz qoradi
uyatdan qizarib, chatnab tandiri.
Xalqmi shu, birovning haqini gizlab,
besh-o’nni yulishni poylab turganlar?
Xalqmi shu, nuroniy siymolar qolib,
soxta sumbatlarni siylab turganlar?
Xalqmi shu, xayol-u orzularini
o'zidan balandroq tiklolmaganlar?
1 Hozirgi o'zbek Milliy teatri o'sha vaqtda Hamza nomida bo'lgan. 2 Do'nish - evrilish, o'zgarish.
Xalqmi shu, xalqining nomidan so'zlab.
mingdan bir va'dasin oqlolmaganlar?
Xalq ulkim, o'zining peshonasida
yulduzlar borini bilsa, quvonsa!
Xalq ulkim, g'ururi bo'lsa o'zida,
asilga ishonsa, soxtadan tonsa!
Bu she'rni ko'rsangiz, balki koyirsiz:
«Odamni qo'y-da, deb, holi-joniga...»
Bildim, siz piyoda, tinch yetmoqchisiz
Huv mag'rur haykallar xiyoboniga!
Ungacha ancha yo'l bor-da, ustozim,
Bu ur-surda yurmang salang, bo'sh bo'lib!
Grim bilan chiqing, guldirab chiqing,
hech bo'lmasa o'sha Yalangto'sh bo'lib!
1 Toshkent shahrining Navoiy ko'chasidagi shoirlar xiyoboni ko'zda tutiladi. 2 Yalangto'sh - «Osiyo ustida bo'ron» filmida Sh. Burhonov yaratgan kurashchan qahramon.
QO'SHIQ
(Miriyga o'xshatma)
Nechun bu kuz so'lg'undir,
Ko'zing yoshga to'lg'indir?
Na bo'lganin aytmasang,
Bilmadim, ne bo'lg'umdir!
Sen unda dog' bo'lding,
Men bunda dog' qoldim.
Nadin titrar siynalar,
Nadin achchiq ginalar?
Yo'limizga yomonlar
Sochdi sovuq ninalar.
Sen unda dog' bo'lding
Men bunda dog' qoldim.
Ey, husnda birinchim,
Ey, tishlari dur-injum,
Yolg'iz sening o'zingsan
Bu dunyoda ilinjim.
Sen unda dog' bo'lding,
Men bunda dog' qoldim.
Men bahor istayurman,
Seni zor istayurman.
Bir qarorga kel endi,
Men qaror istayurman.
Sen unda dog' bo'lding,
Men bunda dog' qoldim.

* * *
Qaysi yil ko'klamda Jayhun bo'yida


Idrok etib tursam atrof-olamni,
Oq bulut ichidan chiqdi vazminlab,
Bir to'p horg'in turna ko'zlab vohamni.
Navbahorning sodiq bu elchilari.
Oydin umid ramzi.
Qutlug' bir tug'yon, - ­
Kelarlar muqaddas buzilmas safda,
O'zgargan bo'lsa ham ne davr-u davron.
Balki avval jahon - olis zamondan
Ular ko'kka uchgan qanotli xabar;
Balki bulturgilar, balki boshqasi,
­Xullas, pastladilar...
Joy izlab magar...
Lekin Xorazmda bu dam yer tanqis:
Yigirmanchi asr - temir barona
Yashil to'qaylarning ochgan ildizin,
Jayhundan ham qolgan faqat afsona...
Qani kumush ko'llar, duldulli qirlar,
Hatto Uvays tog'i bezovta, ado?
Oq qumlar qayerda - yer ibtidosi,
Davo giyohlarga boy qadim dunyo?!
Nahot tabiatning o'zidek ko'hna,
Boringki, yovvoyi, qo'rqinch burchagi
«Avval shunday edi...» deyishga yoxud
Qolmasa yerning o'z ulushi kabi.
Bir paytlar mozor yo vaqf yerlarga
Hech kim tegolmasdi -
O'lganlar xasmi.
Yer o'zi shaxd, sur'at farzandi, lekin
Unga farzand bizning bobolar rasmi...
Ana! Zil aylana chizib turnalar
Pastlarlar!..
To'kilar tuproqqa parlar...
Yiqilmang!!
Topurman ko'zim tubidan
Siz uchun safoli muqaddas yerlar...
Turnalar!
Kelinglar, yelkamga qo'ning!
Qo'llarimga qo'ning,
Boshim,
Ko'ksimga...
Ne tog'lardan oshgan ho'l qanotingiz
Tars-tars urilsinlar yuzim-ko'zimga.
Qo' ning!
Hadik olmang!
Ko'ksim zarblari
Erka belanchakdir najot pallasi.
Yangi manzillarga ruh bersin sizga
Xorazmning ko'hna, hazin allasi.
O'zbeklar uy qursa, har farzandiga
Albatta qoldirar atab bir chetin.
Ey, siz, kelajakning bunyodkorlari,
Turnalarga ozroq joy tashlab keting!

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin