Badiiy so’z qudrati



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə25/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70
56 7-ADABIYOT

RUBOIYLAR
* * *
Loyimni o'zing qorgan esang, men na qilay?
Shaklimni o'zing chizgan esang, men na qilay?
Har yaxshi-yomonki men etarmen, yo rab,
Manglayga o'zing yozgan esang, men na qilay?
* * *
Bir qo'lda tutib Mus'haf-u bir qo'lda-chi jom,
Gah mardi halolmiz-u gah mardi harom.
Bizdirmiz o'sha gunbazi niliy tagida
Na kofiri mutlaq, na musulmoni tamom.
* * *
Xayyom, gunohga bo'yla motam na kerak?
Chekmak bu alamlar senga har dam na kerak?
Gar bo'lmasa hech gunoh, ma'zur nimadir?
Ma'zurki nasib etsa, senga g'am na kerak?
* * *
G'am behuda chekmagil, mudom shod yasha,
Bedod yo'lida aylama bedod, yasha.
Ko'rgilki, jahonning oxiri yo'qlikdir,
Yo'qlik g'amini o'ylama, ozod yasha.
* * *
Ey charx, dilimni bo'yla g'amnok etding,
Ko'ksimni alam tig'i bila chok etding.
Bag'rimga shamol ufursa, otash etding,
Og'zimga chu suv oldim, uni xok etding.
* * *
Ul yorki, dilim ko'yida ko'p zor o'lmish,
Ko'rgilki, o'zi g'amga giriftor o'lmish.
Men ishqida dardimga tilarman darmon,
Ko'rgil, o'sha darmon o'zi bemor emish.
1 Mus'haf – “Qur'oni karim». 2 Tamom - komil, yetuk. 3 Ma'zur - uzr, kechirim, tavba. 4 Bedod - adolatsizlik, jabr.
* * *
Ahil bo'lsa olov ichra ham inson,
Ahil kishilarga olov ham oson.
Noahil kishilar suhbatidan qoch,
Noahil suhbati yomondan yomon.
* * *
Ul mayki, sharobi joviydoniydir, ich,
Sarmoyayi ishq, ayshi jahoniydir, ich.
Yondirguvchi otash ul va darding oqizib,
Ketguvchi ziloli zindagoniydir, ich.
* * *
Paymona kabi bir kun to'lsam, ne ajab,
Boshimga ajal yetishsa, o'lsam, ne ajab.
May ko'zasini qo'shib ko'mingiz zinhor,
Ul bo'yi sharob ila tirilsam, ne ajab.
* * *
Do'stlar uyushib ko'ngilni obod aylang,
Diydor ko'rishib, bir-biringiz shod aylang.
Soqiy to'latib ilkiga olganda qadah,
Bir dam meni bechorani ham yod aylang.
1 Sharobi jovidoniy – abadiylik sharobi. 2 Sarmoyayi ishq – ishq manbayi. 3 Ziloli zindagoniy – tiriklik bulog’i.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin