Badiiy so’z qudrati



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə35/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
56 7-ADABIYOT

XAYR ENDI, RA'NO!
Xotin-qizlar jinsidan irodasi kuchli, hatto erlardan ham jasurroq shaxslarni ko'p uchratamiz. Shuning bilan birga, ularni, naqadar kuchli irodaga molik bo'lmasinlar, yana hissi­yotlarga mag'lub ko'ramiz. Masalan: hikoyamiz qahramoni Ra'noning jasorati, xonga qarshi isyoni, hatto ma'yus qolgan Anvarni yo'lga solishi - o'z zamonasi uchungina emas, biz­ning hozirgi asrimiz uchun ham loyiqi tahsin va Ra'no yosh­lik qizlarimizga ibratdir. Lekin irodasi kuchli shu Ra'no hozir yana hissiyoti qo'lida mag'lub edi. Bu kecha Anvar og'asi bilan kengashib, shu kunlar miyo­nasida Toshkand ketishini o'ziga jazm qildi, Ra'noga ham Qo'qon bilan vidolashish og'ir sezilmadi. Ammo, masala qat'iy hal qilingach, Ra'noda bir tarafdan qo'rqinch, ikkinchi taraf­dan qiziq yana bir jasorat tug'ildi: kampir bilan birgalashib ota mahallasiga borar emish; o'zi birovning yo'lagida turib, kam­pir orqali onasini aytdirib chiqar emish!
1 Ket - boraqol.
Tuni bilan shuni o'ylam chiqqan Ra'no, ertalabdan beri Anvarni xafa qilar, o’z so’zida isror etar edi. Kichkina hujraning sandalida qarshlma-qarshi o’ltiruvchi Anvar va Ra’no bir-birisidan o'pkalik qiyofatda edilar.
- Hissiyotga qattiq berilibsan, Ra’no... Har qadamingda seni bir falokat kutadir, menga qolsa ayamga ham ishonib bo'lmas.
- Paranji ichida borgan Ra'noni tanish uchun hech kimda karomat yo'q; ayamga ishonib bo'lmasin?
- Sen qochgan, ayangning obro'sini to'kkan qizsan...
- Hech-hech... Ayamning ko'nglini men yaxshi bilaman, ayam siz o'ylagan xotinlardan emas hech!
- Yaxshi, yo'lda ham seni hech kim tanimasin, kampir ham ayangni aldab olib chiqsin, ayangning o'ziga ham ishonaylik; yana har holda mening uchun shu qasdingdan kechsang nima bo'ladir, Ra'no. Biz Toshkentga borib yetgan kunimizoq, sog'ligimizni va uzrimizni aytib, xat yozarmiz-ku, jonim!
Ra'no javob berish o'rniga birdan yig'ladi, ancha vaqt ko'zyosh to'kib turdi.
- Balki men... ayam bilan abadiy ko'rishmasman!
- Hay, Ra'no, Ra'no, - dedi Anvar.- Xudoyor yuz yil yashaydi, biz Toshkentda o'lamiz, deb o'ylaysanmi? Xayr, ko'p bo'lsa Xudoyor yana besh yil yashasin, vaholanki, uning zulmi shu yo'sin davom etganda, biz chamalagan bu fursat ham ko'p; zero, zulm naqadar kuchaysa, uning umri shuncha qisqa bo'lishi tajribalar bilan sobitdir. Agar shungacha ham sabring yetmasa, boshqa chorasi topilar, Ra'no, masalan, ayangni Toshkentga chaqirarmiz, yoki biroz eskitgandan so'ng Qo'qonga o'zimiz ham kelsak bo'ladi. Ra'no javobsiz yana ko'z yoshini to'ka berdi, bu holdan siqilgan Anvar, Ra'noga biroz qarab turdi:
- Xo'p, yig'lama. Hali bir-ikki kunsiz yo'lga chiqolmas­miz; bu kun kechasi akam kelsa, erta bozorga chiqib yo'l hozirligini ko'rsa, har holda birisi kun kechqurun jo'nashimiz ham aniq emas. Binobarin, sen oshiqmasang ham bo'ladi. Undan so'ng, sening o'ylagan yo'ling juda qaltis, bu to'g'rida boshqacharoq tadbir toparmiz...
Ra'no indamadi, bir entikib orom havosini yutdi va ro'moli bilan ko'z yoshisini quritdi. Anvar o'pkalik iljayib,
1 Isror - qat'iylik, o'jarlik.
Ra'noni yandi. Ular shu holda ekan, hujra devori, ko'cha tarafdin, uch-to'rt qayta gurs-gurs urildi. Ikkisining ham quloqlari dikkayib bir-birisiga savol nazari yubordilar...
- Begona kishi emas, - dedi birozdan keyin Anvar. ­Men Safar aka bilan kunduzi devor urishni shart qilgan edim... Sen chiqib kampirga ayt, eshikni ochsin.
Ra'no hujradan chiqdi. Biror daqiqadan keyin hovli sahni­ga bir necha oyoqlar kirdi. Bemahal yo'qlashdan Anvarning ko'ngli g'ash tortib, keluvchini Safar aka bo'lar deb o'yladi. Hujra eshigi ochilib, ichkariga biri orqasidan biri - Qobilboy bilan Safarboy kirdilar. Anvar yana anglashilmovchilik ichida qoldi, Safar akaning tinchsiz-hayajonli ko'zi Anvarning ilgari­dan ko'rib qo'ygan bir necha ehtimollarini xotirlatib, ularga joy ko'rsatdi.
- Vaqtsiz yo'qlashlaringiz sababsiz bo'lmas, - dedi tovushini sekinroq chiqarib Anvar. - Bizdan xabar topganlar­mi?
Safar hamrohiga qarab, ikki qo'lini qovushtirib yenglari ichiga oldi.
- Yo'q...
- Sultonalini qamaganlarmi? - deb yana so'radi Anvar. - Qamaganlardir!
Safar va Qobil bir-birlariga qarashdilar.
- Shunday, mirzam, shunday... Bizlar juda hayron bo'lib qoldik-da.
Anvarda qonsizlanish va kiprik ostlarida harakat ko'rildi. - Zarari yo'q, qutqaramiz... Qachon qamaganlar?
- Kecha kechqurun... Boya bizning uyga Sultonalining xotini kelgan edi, men shundan eshitdim. Uning ustiga akan­giz borib qoldi...
- Siz kimdan eshitdingiz, aka?
Jarchi xabarini va bu to'g'rida o'rtoqlari bilan bergan qarorni Qobilboy so'zladi. Anvar og'asining so'zini jiddiy eshitib, bir necha vaqt o'ylab o'tirdi.
- Siz va o'rtoqlaringizning hamiyatlaringizga rahmat... Lekin bu yo'l bilan Sultonalini qutqarish qiyinroq, balki mumkin ham bo'lmas, deb o'ylayman!
- Agar biz uning qamalgan joyini bilsak, nima uchun mumkin bo'lmasin, Anvar? O'rtoqlarim yuraksiz yigitlar emas, bu yog'idan xotirjam bo'ling!
- Rahmat! Albatta bu jasoratni yuraksiz kishilar qilolmas. Mening bu jasoratga umidsiz qarashim sababi shuning uchunki, bunday shartlik va nozik habslar aksar o'rdaning o'zidagi ovoqqa qamalguvchi edi.
- O'rdaga kirish qiyinmi?
Anvar bosh chayqadi.
- Hech mumkin emas, tun bo'yi ellik nafar yigit o'rda qo'rg'oni ostidan aylanib turadi.
Qobilboy ma'yus Safar bo'zchiga qaradi. Safar bo'zchi zo'r berib mo'ylovini tishlab, uzar edi.
- Zindonga qamagan bo'lsalar, ebi bor ekan-da, taqsir.
- Ebi... Zindonga qamashlari ehtimoldan uzoq, Safar aka.
Yana bir necha fursat sukutda qoldilar. Qobilboy har on to'ppisini qayirib, boshini qashir edi. Anvar sandal ko'rpasida­gi bir ipni uzib olmoqchi bo'lgandek qo'lini siltar edi.
- Zindondan xabar oldirishimiz kerak ekan-da, Anvar? - Xabar olinsa... bo'ladi.
Qobilboy Anvardan shu javobni olib, Safar bo'zchiga yuz o'girdi:
- Mirzoning uyiga bir kishi yuborsak-da, uning xotini eriga taom keltirgan bo'lib zindonga borsa... Shu qanday bo'lar ekan, Safar aka?
- Ma'qul, uka, ma'qul.
- Sizga-chi, Anvar?
1 Habslar - qamaluvchilar, mahbuslar. 2 Ovoq - avaxta, maxsus qamoq.
Anvar «to'g'ri» ishorasini berdi.
- Boyagi andishamizni ham aytib o'taylik, - dedi Qobilboy.
- Biz yo'lda bir to'g'ri mulohaza qilib keldik, Anvar. So'zning rosti shuki... Bu uydan hozir ketsangiz ma'qul. Harchi odam bolasi-da. Haligidek, joni ko'zga ko'rinib, iqror bo'lib qo'ysa...
Anvar bosh chayqab kulimsiradi.
- Sultonali bunday odam emas, bundan xotirjam, - dedi Anvar qanoat bilan va biroz o'ylab turdi... - Ammo Sultonalining xotini to'g'risida, biroz xavfliroq; xotin kishi erimni qutqaraman, deb nodonlik qilsa, ish rasvo...
Safar bo'zchi boya Sultonalining xotini kelganda, Qobilboyning niyatini eshitib xotirjam bo'lganini so'zladi.
- Juda yaxshi qilingan, rahmat... Hali uning uyiga kishi yuborsangiz yana uqtirish, xotirjam qilish kerak; shunday ishontirilsinki, erta peshingacha erining ozod bo'lishiga shub­hasi qolmasin, hatto uni bu yo'sin aldasa ham bo'ladi. Erta bilangacha qutqarilsa xo'b, qutqarilmasa, Anvarning o'zi borib qutqarar emish; agar sen shungacha sabr qilmasang, eringning yana jazoga tortilishiga sabab bo'lasan, deyilsin!
- Xo'p, mirzam, xo'p!
- Sizga yana bir xizmat, Safar aka, - dedi Anvar. Safar
hozirlik ishorasini qilib, engashib oldi. - Xizmat shuki, sing­lingiz men bilan birga turmasa, Siz olib ketsangiz...

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin