Badiiy so’z qudrati



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə38/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
56 7-ADABIYOT

HOLBUKI TUN
Shag'irlaydi betinim daryo,
Shag'irlaydi vahm to'lgan jar.
Shag'irlaydi qorong'i dunyo,
Shag'irlaydi vodiy, daralar.
Shag'irlaydi... Bermaydi uyqu,
Xayollarim bo'lar parishon.
Bir izlanish boshlanar menda,
Tushunchamga yana kirar jon.
Holbuki tun - bunda, odatda,
Butun borliq uxlarday sokin.
Butun yer osmonga o'ranib
Olar kabi kunduzidan tin...
Soyga tushdim, ko'kka chiqdi oy,
Nur yog'ildi oq bulutlarga.
Nurga to'ldi dara, to'ldi soy,
Nur yog'ildi qorong'i jarga.
Ko'zlarimda yonar uchqunlar,
Zilol suvga oy edi sirdosh.
Yaltirardi, doim tovlanar
Oy nuriga cho'miluvchi tosh.
Ko'zim tikdim parqu bulutlar
Ko'char edi zilol va toza.
Lochin kabi samolyot uchar,
Uchar edi solib ovoza.
Tikilganda ko'zim qog'ozga,
Qo'llarimda titrardi qalam.
Qurshamishdi uni hayajon,
Bir intilish, bir orzu bu dam.
Shag'irlardi osmon va havo,
Shag'irlardi butun koinot.
Shag'irlardi betinim daryo,
Shag'irlardi daryoda hayot...
Holbuki tun...
G'AZAL
Na bo'lg'ay bir nafas men ham yanog'ing uzra xol bo'lsam,
Labing yaprog'idan tomgan ki go'yo qatra bol bo'lsam.
Butog'ingga qo'nib bulbul kabi xonish qilib tunlar,
O'pib g'unchangni ochmoqlikka tong chog'i shamol bo'lsam.
Bo'yingni tarqatib olamni qilsam masti mustag'riq,
O'zimning san'atimga so'ng o'zim hayratda lol bo'lsam.
Agar bog'ingda gul bo'lmoq meningchun noravo bo'lsa,
Ki ming bar roziman qasringga hattokim duvol bo'lsam.
Boshim hech chiqmasa mayli malomat birla bo'htondan,
Raqiblar rashkiga ko'krak keray, mayli, qamol bo'lsam.
Kezib sahro-yu vodiylar yetishsam bir visolingga,
Fido jonimni qildim yo'lingga, mayli, uvol bo'lsam.
1 Bo'yingni - isingni, hidingni. 2 Masti mustag'riq - mastlikka g'arq, g'irt mast. 3 Qamol - qamal.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin