Badiiy so’z qudrati


MAXMUR (XVIII asrning oxirgi choragi - 1844)



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə46/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70
56 7-ADABIYOT

MAXMUR
(XVIII asrning oxirgi choragi - 1844)
Shoir Qo'qonda tavallud topgan. Tug'ilgan yili noma'lum. Uning ismi Mahmud bo'lib, «Maxmur» (xumori, mast ma'nosida) adabiy taxallusidir. Tarixda talay shoir, olim hamda davlat arboblarining katta shaxs bo'lib yetishishlarida oila muhiti va ta'siri hal qiluvchi ahamiyat kasb etganiga ko'p guvoh bo'lganmiz. Agar oilada madaniyat, ilm-ma'rifat, adabiyotga oshnolik shakllangan bo'lsa, bunday go'shadan yuksak fazilatlarga ega shaxslar yetishib chiqishi tabiiy. Maxmurning ham oilaviy muhitini ziyolilar davrasi deyish mumkin edi. Otasi Shermuhammad Akmal Qo'qon atrofidagi Boytuman qishlog'idan bo'lib, xonlik poytaxtiga kelib qolgan iste'dodli kishi edi. Qo'qondagi
Madrasayi Mirda mudarrislik qilgan, o'zbekva tojik tillaridagi she'rlaridan ikki devon tartib qilgan shoir ham edi. Onasi Hapalak qishlog'idan bo'lib, zamonasining ko'zga koringan fozillaridan biri Turdali xattotning qizi bo'lgan. Maxmur otasi ishlagan Madrasayi Mirda tahsil oladi. Oilaviy muhit ta'sirida adabiyotga ixlos qo'ydi. O'qish davomi­da fors tilini ham mukammal egallab, ikki tilda yuksak iste'dod bilan she'rlar yoza boshlaydi. Shu tariqa adabiy davralar­da shoir sifatida e'tirof qilina boshlaydi. Shoirning hayoti og'ir moddiy muhtojlikda kechgan. Xoti­ni va uch farzandidan iborat oilasini bazo'r tebratardi. Buning ustiga achchiq tilligi, tap tortmasligi bois saroy a'yonlari, ayrim mansabdor shaxslarga yoqmagan, ular bilan o'zaro kelisha olmagan. Shuning uchun ham Qo'qon adabiy muhiti haqida tazkira yozgan Fazliy Namangoniy o'z asarida Maxmur haqi­da salbiy fikrlar bildirgan edi. Shoir tirikchilik vajidan ma'lum muddat Amir Umarxon saroyida sipohilik ham qilgan. Lekin bu ishi uning moddiy ahvolini o'zgartirmadi. Farzandlariga non va kiyim topib berolmay qiynaladi. Hatto bir yil uysiz qolib, kasallangan xotini vafot etadi. Uysiz, qo'shidan, ya'ni umr yo'ldoshidan ayrilgan, ilgida no'shi - yemoq-ichmog'i tayin bo'lmagan shoir bir nechta xasbi hol she'rlar bitadi. Mana ularning biri:
Kechalari yotgani na qo'shim bor,
Kunduzi ichgani na no'shim bor.
Bir hovuch na uyimda g'allam bor,
Ki ikki gaz na boshimda sallam bor.
Boshimga gaz desam, ki sallam yo'q,
Salla desam, uyimda g'allam yo'q.
Poytaxtda omadi yurishmagan shoir xon xizmatidan bo'shab, ona qishlog'i Hapalakka ketadi va o'sha yerda 1844-­yilda vafot etadi. Maxmurning bizgacha 3417 misradan iborat 69 she'ri yetib kelgan. Bu shoir ijodining bir qismigina ekanligi shubhasiz. Janriga ko'ra muxammas, g'azal, masnaviy, qit'alardan tashkil topgan merosining asosiy qismi tanqidiy, hajviy yo'nalishda. She'rlarni o'qir ekanmiz, Qo'qon xonligidagi joy nomlari, shoirga zamondosh bo'lgan, u bilan muloqotda bo'lgan shaxs­lar va ularga bog'liq voqealar qalamga olinganiga guvoh bo'lamiz. Bu asarlarda o'zi kabi oddiy xalq vakillarining xonavayron bo'lishiga sababchi zulmkorlar, o'z ishiga noloyiq kimsalar hajv ostiga olinadi. «Munojot», «Ta'rifi viloyati Qurama», «Qozi Muhammad Rajab Avj», «Hoji Niyoz», «Hakim Turobiy hazor xalta», «Qozi Xo'ja sakbon», «Karimqul mehtar», «Takabbur» kabi hajviyalarida jamiyatdagi tengsizlik, adolat­sizlik fosh etiladi, nobop odamlarning kirdikorlari shafqatsiz tanqid qilinadi. Ba'zi she'rlari xitob, murojaat tarzida yozilgan bo'lsa bir talay she'rlarida hajv qilinayotgan shaxsning tilidan uning' o'zi fosh etiladi. Shoir she'rlari o'zining hayotiyligi,
favqulodda jur'at va jasorat bilan yozilganligi jihatidan diqqatga sazovordir.
HAPALAK
(Maxmur maxdum aloqador bo'lgan Hapalak qishlog'i sifatida)
Ey jahondori zafar, kavkabayi davri falak,
Go'sh qil, qissayi qishlog'i xarobi Hapalak.
Turfa qishlog'i g'azabkardaki, parrandalari,
Tovug'i ignachi-yu, o'rdag-u g'ozi - kapalak.
Boru yo'q uylarini banda bayon gar qilsam,
Bir katak, ikki kapa, uch olachuk, to'rt katalak.
Dema uy, balki zaminkandur agar kirsa kishi,
Har taraf betiga urgaylar aning ko'rshapalak.
Xalqini ko'rsang agar o'lasi-yu, qoqu xarob,
Ochlikdin egilib qomati misli kamalak.
Ajirig' tomirini o'g'irida mayda tuyub,
Qaynatib kunda ichar, otini derlar sumalak.
Gar tahorat qilsa qavmi suv topolmay nochor,
Betini qumla yuvub, ketiga surgay guvalak.
Ey falakqadru adolatshiyami mulki malak
Marhamat chog'ida rahm ayla ba holi Hapalak.
Kecha go'yo eshitib shuhrati tillo pulini,
Hapalak qo'rqusidan uchti misoli kapalak.
Himmating yo'lida bir kecha karomat qilg'il,
Kapalak boz qo'nub, joyiga bo'lgay Hapalak.
1 Jahondori zafar - jahonda go'liblik qiluvchi. 2 Kavkabayi davri falak - hozirgi davrning hashamati, dabdabasi. 3 Go'sh qil - quloq sol, eshit. 4 Turfa qishlog'i g'azabkardaki – xudoning g'azabiga yo'liqqan g'alati qishloqki. 5 Banda - men, kamina. 6 Zaminkan - yerto'la. 7 O'g'ir - keli. 8 Falakqadr - qadri osmonda baland. 9 Adolatshiyami mulki malak - maloyiklar mamlaka­tining adolatli taroziboni, ya'ni Alloh. 10 Ba holi - holiga. 11 Tillo pull - soliq nomi. 12 Boz qo'nub - yana qo'nib, qaytib.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin