Badiiy so’z qudrati



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə67/70
tarix03.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#126290
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
56 7-ADABIYOT

BINAFSHA
Binafsha senmisan, binafsha senmi,
Ko'chada aqchaga sotilgan.
Binafsha menmanmi, binafsha menmi,
Sevgingga, qayg'ungga tutilgan?
Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay,
Bir erkin kulmasdan uzilding?
Binafsha, nimaga hidlaring sochilmay,
Yerlarga egilding, cho'zilding?
Binafsha,
Ayt menga,
Kimlardir ularkim,
Ignani bag'ringga sanchalar?
Binafsha,
Bir so'yla,
U qanday qo'llarkim,
Uzalar, hidlaylar, yanchalar?
Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor,
Nimaga uzoqroq kulmaysan?
Binafsha, shunchalar tortguvchi tusing bor,
Ko'nglimga isriqlik to'kmaysan?
Binafsha, yig'lama, binafsha, kel beri,
Qayg'ungni qayg'umga qo'shgil.
Binafsha, sen uchun ko'kragim erk yeri,
Bu yerdan ko'klarga uchgil.
Binafsha, go'zalim, qayg'ulim, kelmaysan,
Qayg'ung zo'r, qayg'umni bilmaysan,
Menga bir kulmaysan.
KO'NGIL
Ko'ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla do'stlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?
Haqorat dilni og'ritmas,
Tubanlik mangu ketmasmi?
Kishanlar parchalanmasmi?
Qilichlar endi sinmasmi?
Tiriksan, o'lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsen.
Kishan kiyma,
Bo'yin egma,
Ki sen ham hur tug'ulg'onsen!
KO'CHIM HAQIDA
Badiiy ijod talabiga ko'ra ayrim so'zlar tashiydigan ma'no boshqa so'zlarga ko'chirilishini anglamay turib, badiiy asarlarni tushunish, undan ta'sirlanish, lazzatlanish va tahlillash mumkin emas. Ko'chim eng ko'p ishlatiladigan badiiy vosita­lar jamidir. Nutqni ta'sirchan qilish maqsadida nutqda: «oltin kuz», «o't yurak», «olov qalb», «tosh bag'ir» kabi iboralar ishlatiladi. Holbuki, har qanday odam ham kuzning oltin emasligini, yurakning alangalanmasligini, jigarning toshdan bo'lmasligini yaxshi biladi. Ammo yuqoridagi iboralar yordamida ifodalan­gan ma'no boshqa so'zlar orqali ifodalansa, gap cho'zilib keta­di va ta'sirchanligi yo'qaladi. Cho'lponning «Buzilgan o'lkaga» she'rida «Tog' egasi: sor, burgutlar qayerda?» - degan misra bor. Undagi «sor, burgut» so'zlari o'z ma'nosida emasligi sezilib turibdi. Yoki «Binafsha» she'ridagi binafsha timsoli qanday ma'no ta­shiyotgani to'g'risida o'ylab ko'raylik. She'rda shoirning ichki kechinmalari bahoriy ko'katga qaratilganmi, xo'rlangan qizgami yoki haqoratlangan yurtgami? Agar so'z ma'nolari­ning ko'chishini anglamasak, she'rning joziba kuchi yo'qqa chiqaveradi. Chunki anglanmagan go'zallik go'zallik bo'la olmaydi. Yozuvchilar biror so'zga xos ma'noni boshqasiga yuklar ekanlar, xayollariga kelganday, tavakkaliga ish tutavermaydilar. Bunda narsalar o'rtasida yoki narsa bilan hodisa o'rtasida yo ichki, yo tashqi, yo mazmun o'xshashligi, aloqadorligi bo'lishi shartdir. Bu jihatdan ko'chimlar o'xshatishga yaqin turadi. Lekin asosiy farq shundaki, o'xshatishda o'xshagan buyum ham, o'xshatilgan narsa ham ifodalangan bo'ladi. Ko'chimda esa ba'zan o'xshagan narsa, ba'zan o'xshatilgan narsa ifodalanib, ikkinchi qismdagi ma'no birinchisiga ko'chirilgan bo'ladi. Ko'chim qudratli tasvir vositasi bo’lib, u kitobxonning tasavvur olamini kengaytiradi, tasvirlanayotgan tuyg'ularni bevosita his qilishga, badiiy asar qahramonlar holatini tuyish­ga yordam beradi. Shunday qilib, ko'chim so'zni ko'chma ma'noda qo'llash yoki narsa-hodisaga xos sifatlarni qaysidir jihati bilan shularga o'xshaydigan boshqa narsa-hodisalarga ko'chirish san'atidir.
Adabiyotshunoslik ilmida ko'chimning majoz, istiora, ramz, timsol singari ko'rinishlari bo'ladi.
Majoz adabiy asarda o'quvchiga noaniqroq bo'lgan tushunchani ko'pchilikka ma'lum bo'lgan narsalarga xos belgi­lar bilan ifodalashdir. Gulxaniyning «Tuya bilan bo'taloq», «Maymun bilan najjor», «Toshbaqa bilan chayon» asarlarida insonlarga, ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos xususiyatlarning hayvon obrazlariga ko'chirilishi majozning yorqin namuna­sidir. Ramz ham ko'chimning keng tarqalgan turlaridan biridir. O'quvchi anglashi murakkabroq bo'lgan mavhum ahloqiy sifat­ning shu sifatlarga ko'proq ega bo'lgan narsa va jonivorlar orqali ifodalanishiga ramz deyiladi. Ramz adabiyotshunoslik fanida timsol yoki simvol atamalari bilan ham yuritiladi. O'zbek adabiyotida may - hayot ramzi, gul - ma'shuqa ramzi, burgut - mag'rurlik ramzi, chumoli - mehnatsevarlik, tirishqoqlik ramzi va hok. tarzida qadimdan qo'llanib keladi. Ko'chimning ko'p ishlatiladigan ko'rinishlaridan biri istio­radir. Istiorada biror narsa-hodisaga xos xususiyatlarni boshqa bir narsa-hodisaga ko'chirish orqali badiiy ma'no ifodalanadi. Lekin bu ko'chirishda tashqi o'xshashlik asosiy o'rin tutmay­di. Balki o'xshatilayotgan va o'xshayotgan narsa-hodisalar orasidagi ichki mantiqiy bog'lanishga, yaqinlikka, vazifalarda­gi umumiylikka tayaniladi. Istiorani qisqargan ko'rinishdagi o'xshatish deyish mumkin. Cho'lponning «Binafsha» she'rida «Binafsha, sen uchun ko'kragim erk yeri, Bu yerdan ko'klarga uchgil» tarzida ifo­dalangan misralar bor. Unda «vatan» tushunchasi «ko'kragim» so'zi bilan, «ozod yurt» tushunchasi «erk yeri» so'zi bilan ifoda etilgan.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin